Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «tuproqshunoslik va geografiya»




Download 1.34 Mb.
bet36/38
Sana26.06.2021
Hajmi1.34 Mb.
#15179
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
DAVRA SUHBATI TEXNOLOGIYASI
Muayyan fanning o‘qituvchisi talabalar bilimi, aqliy yetukligi, mustaqil fikrlay olish darajasi va uning mutaxassis yoki nomutaxassisligini hisobga olgan holda darsni tashkil etadi.

Har qanday fan o‘qituvchisinig asosiy maqsadi – talabaning yuqori, mustahkam, zamonaviy bilim olishiga, kelajakda uni qo‘llay olishi, kelgusi zamon rivojlanishi bilan hamohang g‘oyalar, ilmiy yondoshuvlarni beraoladigan mutaxassis bo‘lishiga erishishdir. Rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan dars jarayonlarini tahlil etadigan bo‘lsak auditoriyada o‘qituvchining ma’ruza o‘qishidan talabaning mustaqil bilim olishiga intilishadi, hhamda ma’ruzalarni ham davra suxbati, munozara kabi ko‘rinishida olib borishga intilishadi. Mazkur metod ham talabalarning o‘zaro biror muammoli mavzu yuzasidan o‘zaro fikrlashishlari orqali mavzuni egallashlari, darsda o‘z fikrlarini mustaqil, erkin, o‘zaro raqobatbardosh talablar asosida bayon etishlaridan iboratdir. Shuning uchun ham davra suhbati darslarini tashkil etishga o‘qituvchi talabalar bilan birgalikda tayyorgarlik ko‘radi. “Davra suhbati” shaklida olib boriladigan darslarda o‘qituvchi tashkilotchi bo‘ladi va o‘qituvchi mavzuni tanlaydi, uning rejasi va savollarini tuzib, talabalarga bir necha kun oldin tarqatadi. Talabalar mustaqil tayyorgarlik ko‘radilar, bundan asosiy maqsad, mavzuga oid bilimlarni atroflicha o‘rgatishdan iborat bo‘lib, ular mavzu bo‘yicha bir necha kun avval mustaqil tayyorgarlik ko‘radilar, darslik qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qiydilar, kutubxona, o‘quv zali va internet, axborot texnologiyalaridan foydalanib, ma’lumotlar to‘playdilar. Savollarga javob topadilar, har bir talaba suhbatga yakka holda o‘z iqtidori bilan tayyorgarlik ko‘radilar. “Davra suhbati” auditoriyada talabalar orasida uyushtiriladi. Suhbatni o‘qituvchi yoki iqtidorli talabalardan biri boshqaradi, talabalarga fikr-mulohazalarini bildirishlariga va o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan savollarni beradilar va sharoitga qarab baholanadilar. Ushbu davra suhbatida har bir talaba o‘z bilimini, shaxsiy qarashlari va fikrlarini erkin ifoda etadilar. Bunday darslar talabalarga jamoa bo‘lib tayyorgarlik ko‘rishlariga, mavzu bo‘yicha bilim cho‘qqilarini birgalikda o‘qib-o‘rganish va zabt etishlariga, o‘z fikrlarini erkin ifodalashlarilariga sharoit yaratadi va shuning uchun xizmat qiladi.





Download 1.34 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Download 1.34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «tuproqshunoslik va geografiya»

Download 1.34 Mb.