Tafakkurga mo’ljallangan topshiriqlar




Download 0.51 Mb.
bet12/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
2. Tafakkurga mo’ljallangan topshiriqlarni ta’limga tatbiq etishda o’quvchilar ijodiy faoliyat ko’rsatadi.

8-topshiriq: Agar kitob 50 varaq bo’lsa, uning sahifalari qancha bo’ladi?

9-topshiriq (teskari masala): Sahifasi 100 bet bo’lgan kitob necha varaqdan iborat?

Bu topshiriqlar 2-sinf uchun 100 ichida sonlar ustida arifmetik amallar bajarishni o’rganishga mo’ljallab tuzilgan. Ularni bir varaqning ikki – old va orqa tomonlarini fahmlagan o’quvchigina bajara oladi. Kitobning varaqlari miqdori aytilgan bo’lsa, sahifalar miqdorini, kitobning sahifalar miqdori aytilgan bo’lsa, varaqlar miqdorini topish 2-sinf o’quvchisi uchun ijodiy topshiriq vazifasini bajaradi. Hotiraga mo’ljallab tuzilgan o’quv topshiriqlari o’rganilgan (shuningdek, o’rganilayotgan) bo’limlarni yanada takomillashtirish, tafakkurga mo’ljallab tuzilgan o’quv topshiriqlar o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun hizmat qiladi.

Ijodiy topshiriqlar rang-barang bo’lib, ular o’quvchilar tafakkurini mo’ljalga olib tuzilganligi, o’quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilganligi bilan o’quv topshiriqlarining esga tushirish yo’li bilan bajariladigan turlaridan farq qiladi.

Ijodiy topshiriqlar sirasiga ijodiy mashq, ijodiy mustaqil ish, turli tashkiliy o’yinlarni ijro etish kabilar kiradi. Agar ijodiy mashq vositasida o’rganilgan bilimlar yangi o’quv holatlariga tatbiq qilinsa, ijodiy mustaqil faktlardan yangi hulosalar chiqarish bilan yangicha faoliyat usullarini egallash bilan ajralib turadi.




Download 0.51 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tafakkurga mo’ljallangan topshiriqlar

Download 0.51 Mb.