Buxoro davlat universiteti




Download 4.25 Mb.
bet19/63
Sana13.06.2021
Hajmi4.25 Mb.
#14998
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63
1.2.8-chizma LAMS dasturiy majmuasining umumiy ko‘rinishi.

Boshqa LMS tizimlari singari IMS(IMS Content Packaging, IMS QTI) va SCORM standartlarini qo`llab-quvvatlovchi tizimlardan yana biri bu Chamilodir. Tizim krossplatformali hisoblanib, barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. GPLv3 litsenziyasi asosida ish yuritadi. Bu tizimda kurslarni tashkillashtirishda sessiya nomli qo`shimcha moduli mavjud bo`lib, ma’lum kurslar yakuni bo`yicha lokal imtihon yaratish imkonini beradi. Shuningdek, hisobot bo`limi orqali esa kurslar, imtihonlar va foydalanuvchilarning holati bo`yicha hisobot yaratiladi. Chamilo tizimida modullarning imkoniyatlari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Xususan, hozirgi kunga kelib qolgan LMS tizimlarida mavjud modullarga qo`shimcha bo`lgan ochiq muloqot va videokonferensiya tashkil etish hamda taqdimot yaratish imkoniyatlari modullari ishlab chiqildi.



OLAT (Online Learning And Training) – tizimni ishlab chiqarish 1999-yil Syurix universitetida yaratila boshlangan, 2004-yildan boshlab dastur kodi ochiq kodlikka o`tdi. Hozirga kelib, tizimdan 50 000 ga yaqin foydalanuvchi va 50 ga yaqin tashkilot foydalanib kelmoqda. Boshqa LMS lar singari IMS (IMS Content Packaging, IMS QTI) va SCORM standartlarni qo`llab-quvvatlaydi. OLAT dasturiy majmuasida mavjud o`quv modullari quyida keltirilgan: Content managing, Forums, File discussions, Quizzes with different kinds of questions,Wikis, Blogs, Podcast, Surveys, Chat va boshqa modullari mavjud. Apache License 2.0 asosida foydalanish mumkin. OLAT tizimini ishlatish uchun talab etiladigan dasturiy majmualar: Java SDK, Tomcat Servlet Engine, ma’lumotlar omboridan MySQL yoki PostgreSQL. OLAT dasturiy majmuasida foydalanuvchilar (administrator, o`qituvchi, o`quvchi) rollaridan foydalanishlari mumkin.

Sakai – dunyoning ko`pgina ta’lim muassasalarida keng foydalanib kelinayotgan navbatdagi ochiq kodli GNU GPL litsenziyasi asosida erkin tarqatiluvchi dasturiy majmua hisoblanadi. Boshqa LMS tizimlaridan farqi shundaki, tizim to`liq JAVA tilida yozilgan. Shu sababli tizim kross-platformali hisoblanadi. Sakai dastur majmuasining o`zida ma’lumotlar ombori mavjud bo`lib, agar foydalanuvchilar soni kam bo`lsa, tizimning ichki ma’lumotlar omboridan foydalanish mumkin. Agar foydalanuvchilar soni ko`p bo`lsa, u holda MySQL yoki Oracle ma’lumotlar omborida ishlashi mumkin. Sakai dastur majmuasida ta’lim jarayonini boshqarish imkoniyatini beruvchi quyidagi umumiy modullar mavjud.

Announcements (E’lonlar) – tizim foydalanuvchilariga tegishli e’lonlarni yetkazish uchun xizmat qiladi.

Drop Box (Fayllar almashinuvi) – talabalar/o`qituvchilar va o`qituvchilar/talabalar o`rtasida (shaxsiy) hujjatlar almashinuvini ta’minlashga xizmat qiladi.

Email Archive (Elektron pochta arxivi) – bu modul orqali tizimdagi foydalanuvchilarning pochta xabarlari tizimning arxiv pochtasida saqlanadi.

Resources (Resurslar) – tizim ichidagi foydalanuvchilar o`zlarining o`quv resurslarini saqlashlari va ularni jamoaga e’lon qilish imkoniyati.

Chat Room – on-line ravishda tizim ichidagi foydalanuvchilar o`rtasida aloqani o`rnatish muhiti.

Forums – biror-bir mavzu bo`yicha diskussiya mavzularini ochish mumkin. On-line muloqotdagi chatdan farqli ravishda bu modul orqali off-line ravishda muammoli vaziyatlarni tahlil qilish mumkin.

Message Center (Xabarlar markazi) – tizim foydalanuvchilari o`rtasida ichki xabarlar almashish moduli.

News/RSS - RSS dinamik yangiliklarini o`zingizning kompyuteringizga eksport qilish imkoniyati.

Poll tool (So`rovlar o`tkazish) – tizim ichida har xil so`rovlar o`tkazish imkoniyati.

Presentation (Prezentatsiya) – bir vaqtning ichida bir nechta foydalanuvchilar uchun fayllarni taqdimot qilish imkoniyatini beruvchi modul.

Profile/Roster – tizimda mavjud foydalanuvchilarning shaxsiy profillari bilan ishlash moduli.

Repository Search – tizim ichidagi ma’lumotlarni qidirish moduli.

O`qituvchi uchun maxsus ishchi modullari (Teaching tools) quyidagilardan

tarkib topgan: Assignments, Grade book, Module Editor, QTI Authoring, QTI Assessment, Section Management, Syllabus. Tizim muhitida o`quvchi uchun ishchi modullari (Portfolio tools) quyidagilardan iborat: Forms, Evaluations, Glossary, Matrices, Layouts, Templates, Reports, Wizards, Search, Web Content, WebDAV, Wiki, Site Setup, MySakai, Widgets.

Ilias – bu tizim ham erkin va ochiq kodli masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi. Dasturiy majmua 1998 -yildan hozirgi vaqtgacha rivojlanib kelmoqda. Boshqa tizimlarda mavjud bo`lgan o`qitish modullari bu tizimda ham bor: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Student tracking, Calendar, Glossari, Wiki va boshqa modullari mavjud. Ushbu SCORM standartiga to`liq javob beradi. Tizimning boshqa tizimlarga nisbatan avfzal tomonlaridan biri elektron nazorat turlarining yaxshi yo`lga qo`yilganidadir. Quyida ko`rsatilgan elektron nazorat turlari: single choice, multiple choice, matching, fillin-the-blanks, hot spots, flash, java applet va boshqalarni o`z ichiga oladi. O`quvchilarning olgan natijalarini tahlil qilish va sertifikatlash imkoniyati ham mavjud.



Download 4.25 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Download 4.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti

Download 4.25 Mb.