• Fizika taraqqiyoti tarixi solnomasi (1900-2015)”. BITIRUV MALAKAVIY ISHI ““Ish ko’rildi va himoyaga Ilmiy rahbar :_______ f-m.f.n. B.E.Niyazxanova
  • Akademik litsey o’qituvchisi S.Doniyorov “____” __________2017 y. “_____” __________2017 y. “Himoya qilishga ruxsat berildi”
  • KIRISH………………………………………………………………… 3
  • "Axborotlashtirish"
  • Fizika tarixi” fani 5140200 – fizika ta`limi
  • Bitiruv malakaviy ish mavzuining dolzarbligi
  • Tadqiqot ob`ekti va predmeti
  • Ishning maqsadi va vazifalari
  • Olingan asosiy natijalar
  • Ishning hajmi va tuzilishi
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 0.51 Mb.
    bet1/14
    Sana22.11.2020
    Hajmi0.51 Mb.
    #12654
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

    TA’LIM VAZIRLIGI
    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

    Fizika –matematika fakulteti


    Fizika” kafedrasi
    5140200 - “Fizika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun

    Ramazonova Zarina Alisher qizining
    Fizika taraqqiyoti tarixi solnomasi (1900-2015)”.
    BITIRUV MALAKAVIY ISHI
    ““Ish ko’rildi va himoyaga Ilmiy rahbar:_______ f-m.f.n. B.E.Niyazxanova

    ruxsat berildi” “_____” ___________2017 y.

    Kafedra mudiri _____f-m.f.n. B.E.Niyazxanova Taqrizchi: ____Bux MTI qoshidagi 4- son

    Akademik litsey o’qituvchisi S.Doniyorov

    ____” __________2017 y. “_____” __________2017 y.


    Himoya qilishga ruxsat berildi”



    Fakultet dekani __________ prof. SH.M. Mirzayev

    “_______” ______________ 2017 y.

    Buxoro-2017y.
    MUNDARIJA

    KIRISH………………………………………………………………… 3

    I BOB. FIZIKA FANINING XX ASRDA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

    1.1. Nisbiylik nazariyasi………………………………......................……8

    1.2. Kvant fizikasining rivojlanishi ……..................…………………..12

    1.3. Atom va yadro fizikasining rivojlanishi.................……………….22

    1.4.YAdro energetikasi va elementar zarrachalar fizikasi rivoji ............



    Birinchi bobga dior xulosalar……………………………………… 26
    II BOB. FIZIKA FANINING RIVOJLANISH YO’NALISHLARI

    2.1. O’ta elektr o’tkazuvchanlik hodisasining fan va texnika

    rivojiga ta`siri ............................................................................. .29

    2.2. Lazer texnologiyalarining rivoji va qo’llanilish sohalar........... 38

    2.3. Astrofizikaning rivojlanish istiqbollari …………………………..47

    Ikkinchi bobga doir xulosalar…………………… .........................52



    III. YAKUNIY XULOSALAR … …………………………........54
    IY. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………57

    Y. ILOVALAR .....................................................................................61

    KIRISH

    Bugungi kunda bizning gullab yashnayotgan mustaqil Respublikamizda shaxsan yurtboshimiz tashabbusi va bevosita rahbarligida kompyuterlashtirish va axborotlashtirish shu qadar katta tezlik bilan amalga oshirilmoqdaki, inson uz faoliyatida bu qadar yuqori kutarinkilikni qabul kilishi shartligi davr takozasi bo’lib qolmoqda. Respublikamizda chiqarilgan qonun va farmonlar: O’zRning "Axborotlashtirish" to`g`risidagi qonuni, O’zRning "Ta`lim to`g`risida"gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»'ning maqsadi-yurtboshimiz so`zi bilan aytganda:"Biz iste`dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho`qqilarini zabt etishlari uchun qanot berishimiz kerak".

    XXI asr-intellekt, ma`naviyat va pedagogik texnologiyalar asri bo’lmoqda. SHuning uchun ham ilmiy-texnik taraqqiyot, shaxsning ma`naviy va intellektual rivojiga, aqliy-texnik faolligiga, mustaqillik darajalariga bevosita bog’liq bo’lmoqda. Bu esa maktabdayoq yosh avlodning ma`naviy-axloqiy va aqliy salohiyatini, texnik taffakurining rivojlanishiga alohida e`tibor qaratish, o’rta maxsus o’quv muassasalarda uni takomillashtirib, barcha fanlarni ilg’or pedagogik texnologiyalar yutuqlari asosida o’qitishni tashkil qilishni taqozo qilmoqda.

    Bilim strukturasiga qo’yiladigan zamonaviy talablardan biri: komp’yuter savodxonligining yuqori darajada bo’lishligi; o’z maqsadiga erishish uchun zarur bo’lgan dasturiy mahsulotlarni qo`llay bilishi, bilim berish, o’rgatish va didaktik nazorat etish dasturlarining funktsional imkoniyatlaridan foydalana olish bo’lib hisoblanadi.

    Ta`lim tizimidagi o’zgarishlar, fizika fanini o’qitish uslubiyoti va tarixi ham keskin o’zgarishiga olib kelmoqda, Pedagog fizikaviy jarayonlar va xodisalar mazmun – mohiyatini to’liq anglash, ularning mohiyatini talaba – o’quvchilarga tushuntirish va o’zlashtirishda dars jarayonida yangicha o’qitish texnologiyalari – mul’timedia majmuasi va virtual laboratoriyalardan samarali foydalanishi zamonaviy ta`limning asosiy talablaridan biriga aylandi.

    Fizika tarixi” fani 5140200 – fizika ta`limi yo`nalishi 2 kurs talabalarida fizika fanining paydo bo`lish va rivojlanish tarixini tabiatshunoslik tarixi va falsafasining tarkibiy qismi sifatida shakllantiradi. Fizika fani tarixini chuqur bilish va dars jarayonida talabalarning fizika fanlariga kasbiy qiziqishlarini shakllantira olish bugungi kunda fizika o`qituvchisi kasbiy tayyorgarlik darajasining muhim tarkibiy qismi va pedagogik mahorati ko`rsatkichiga aylandi.

    “Fizika tarixi” fani bo`yicha hozirda mavjud darsliklar, o`quv qo`llanmalari, monografiyalar, ilmiy-uslubiy maqolalar va o`quv-uslubiy ishlanmalar asosan rus, ingliz, nemis, ital’yan tillarida chop etilgan bo`lib, ular O`rta Osiyo va SHarq mamlakatlari allomalarining fizika fanlari rivojiga qo`shgan ilmiy-amaliy hissasini to`liq aks ettirmaydi va talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga imkon bermaydi.

    Vatanimiz hududida yashab, ijod etgan allomalarning ilmiy-ijodiy merosini o`rganish o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongiga milliy ғurur va mafkurani singdirishning kuchli vositasi bo`lib, undan ta`lim jarayonida foydalanish alohida ahamiyatga ega.

    Fizika tarixi fanining o`quv ma`lumotlar bazasi uning 2,5-2,8 ming yil davomida tadrijiy rivojlanishi jarayonini o`zida aks ettiruvchi keng qamrovli tarixiy va ilmiy –uslubiy materiallardan iborat bo`lib, ishchi dasturda ajratilgan dars soatlari (16 soat ma`ruza, 22 amaliy mash-ғulotlar, 42 soat mustaqil ta`lim) ularni to`liq hajmda yoritish uchun etarli emas. SHu sababli, qisqa vaqtda ko`p hajmdagi o`kuv materiallarini o`quvchiga mazmunan etkazish va o`zlashtirilishiga erishish zarurati dars jarayonida zamonaviy ta`lim va axborot texnologiyalarining didaktik imkoniyatlaridan maqsadli ravishda unumli foydalanishni taqozo etadi.

    Fizika tarixi fani bo`yicha bugungi kunda Respublikamizning bir qator OTM larida ma`ruzalar matni va reyting nazorat materiallari tayyorlangan bo`lsada, ular namunaviy o`quv dasturida ko`zda tutilgan o`quv materiallarini to`liq hajmda aks ettirmaydi, yangi ta`lim texnologiyalarini qo`llashga moslanmagan va o`z ilmiy-uslubiy ta`minotiga ega emas.

    SHu sababli, “Fizika tarixi” fanidan O`zbekiston Respublikasi DTS talablariga mos holda o`zbek tilida zamonaviy darslik va o`quv qo`llanmalarini zamonaviy ta`lim texnologiyalari talablariga moslab tayyorlash va talabalarga etkazish o`ta dolzarb vazifadir.

    Mazkur BMI universitetlarda fizika ta`lim yo`nalishi bo`yicha BD2 5140200-3.09 namunaviy o`quv dasturi (O`zR OO`MTV 14.03.2012 yil 107-buyruғi) asosida o`zbek tilida yangi pedagogik va axborot texnologiyalari didaktik imkoniyatlaridan foydalanishga moslab tayyorlangan.

    Fizika fani shakllanish va rivojlanish davri uzoq tarixiy muddatni o`ziga qamrab olganligi va tarixiy materiallar hajmining ko`pligi sababli BMI mantiqiy-tarixiy boғlangan XX va XXI asrni o`z ichiga olgan 2 qismga ajratildi:



    1 – kvant fiziksining paydo bo`lishi va rivojlanishi (XVII asr ikkinchi choragi – XX asr birinchi choragi);

    2 –zamonaviy fizika fanining vujudga kelish va rivojlanish davri XX asr ikkinchi choragidan hozirgi vaqtgacha davom etib kelmoqda.

    Ushbu BMIdan Respublikamiz universitetlaridagi fizika o`qitish uslubiyoti kafedralari o`qituvchilari, fizika ta`limi yo`nalishi 2 kurs talabalari, pedagogika institutlarining aniq fanlarni o`qitish meto-dikasi kafedrasi o`qituvchilari va bitiruvchi talabalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlar fizika o`qituvchilari foydalanishlari mumkin.

    Bugungi kunda o`quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko`rsatishlariga e`tibor kuchayganda muammoli o`qitishning ahamiyati kuchaydi. Muammoli ta`limni tashkil qilish yordamida o`quvchining tadqiqot, o`quv-biluv faoliyatini yo`lga qo`yish va shu asosda o`quv predmetidagi ma`lumotlarni, xulosalarni mustaqil tahlil qilish, yangi bilimlarni ijodiy mushohada qilish amalga oshiriladi. Bunda o`qituvchining faoliyati shundan iborat bo`ladiki, u eng murakab tushunchalarni tushuntira borib, zarur daqiqalarda izohli lug`atlardan foydalanib muammoni hal qiladi.

    Bugungi kunda tizimli faoliyat yondashuvi asosida o`quvchilarning mustaqil ishlash faoliyatini rivojlantirish va faollashtirish, hamda tushunish metodlari yordamida o`qitish texnologiyalari bir qator ilmiy tadqiqot ishlarida ishlab chiqilgan. Bu o`quvchilarga ma`lumotlar bilan intensiv ishlash metodlarini ko`p hajmdagi ma`lumotlarni tartiblashtirish, saqlash, taqdim etish va o`zlashtirishni o`rgatadi.



    Bitiruv malakaviy ish mavzuining dolzarbligi - fizika o’qituvchilariga dars jarayonida tarixiylik tamoyillarining didaktik salohiyatidan amaliy foydalanishni o’rgatish o’qitish samaradorligini oshirishning kuchli omilidir. Fizika fanlarini zamonaviy talablar asosida o’qitish va kasbiy qiziqishni kuchaytirish dars mazmunini tarixiy ma`lumotlar bilan boyitish, fizika fanining taraqqiyoti jamiyat rivojlanish jarayoni bilan uzviy bog’liqligini talabalarga etkazish va ular ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning muhim tarkibiy qismidir.

    Tadqiqot ob`ekti va predmeti - fizikadan ma`ruza, amaliy-seminar, laboratoriya tajribalari mashg’ulotlari samaradorligini oshirishda fizika fanlari-ning shakllanishi va taraqqiyotini qiziqarli tarixiy faktlar, mashhur fiziklarning hayoti va ilmiy faoliyati orqali yoritish jarayonidir.

    Ishning maqsadi va vazifalari: bo’lajak fizika o’qituvchilariga tarixiylik tamoyillari va ularning didaktik potentsialidan dars jarayonida qo’llashni o’rgatish.

    Tadqiqot usuli va uslubiyoti: mavzuga doir nashriy va tarixiy adabiyotlarni o’rganish, fizika o’kitishda tarixiy ma`lumotlarni dars jarayoniga kiritgan ilg’or o’qituvchilar ish tajribasini o’rganish, o’zaro kasbiy muloqot.

    Olingan asosiy natijalar: fizika fani eng tezkor rivojlangan 1900-2015 yillarda amalga oshirilgan nazariy tadqiqotlar va eksperimental natijalar orasidan bevosita dars jarayonining axborot ta`minotini to’ldiruvchi asosiy kashfiyotlar mazmuni solnoma tarzida yoritildi.

    BMIning ilmiy jihatdan yangiligi – fizika fanlarini o’qitish jarayonida dars mazmunini qiziqarli tarixiy ma`lumotlar bilan boyitish mashg’ulotlarning samaradorligini va talabalarning kasbiy qiziqishlarini oshirishi ko’rsatildi va 1900-2015 yillarda fizika taraqqiyotini belgilovchi asosiy kashfiyotlar solnomasi o’zbek tilida tayyorlandi va fanning asosiy rivojlanish bosqichlari bo’yicha joylashtirildi.

    Amaliy ahamiyati: fizika darslarining barcha shakllarida: nazariy, amaliy-seminar, laboratoriya tajribalari va mustaqil ta`lim jarayonida tarixiylik tamoyillariga tayanish o’qitish samaradorligini va talabalar kasbiy qiziqishlarinii oshirishi ko’rsatib berilishi muhim ahamiyatga ega.

    Ishning hajmi va tuzilishi: BMI kirish, 2 bob, hajmi 53 bet, bibliografiyada 16 adabiyot va 8 Internet axborot resurslari ro’yxati berilgan.


    I. FIZIKA FANINING XX ASRDA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

      1. Nisbiylik nazariyasi.

    19 asrda fizikaning rivojlanishidagi kashfiyotlar va fizikadan alohida tarmoqlarni ajralib, mustaqil fanlarga aylanishi bu yangiliklarni fizikaviy (mantiq) nuqtai nazardan tahlil qilishni taqozo qilar edi. Fiziklar yangi kashfiyotlar o’sha vaqtda mavjud bo’lgan fizikaviy tushunchalar va fizikaviy tasavvurlar orqali tushuntirilishi va izohlanishi mumkin deb o’ylar edilar. SHuningdek fizika va texnikada yangi inqilobiy davr bo’lganligini ham yaxshi sezar edilar, chunki har bir yangi kashfiyot texnika rivojlanishiga yangi yo’nalish berishini ham fiziklar yaxshi tasavvur qilar edilar. SHu davrda A. Puankare aytganidek shu vaqtgacha o’zgarmas (mutloq) deb hisoblangan “eng umumiy printsiplar" buzila boshlandi. Hamma fizikaviy hodisa va jarayonlarni mexaniqaviy manzarasini mumtoz fizika (N’yuton fizikasi) nuq tai nazaridan tushuntirib bo’lmaydigan hollar paydo bo’ldi, boshqacha qilib aytilganida, mumtoz fizika inqirozga uchradi.Eynshteynning yorug’lik kvantlari haqidagi fikrlari, Rezerford va Borning atom modeli jarayonlarni yoki kattaliklarni uzuq-uzuq (kvantlanib) o’zgarishlarini yaqqol qilib quydi va mumtoz fizikada “o’zgarmas", "uzluksiz” tushunchalari va Laplas dsterminizmi tushunchalari buzila boshlandi.

    XX asrda ham mexaniqaviy modellar fizikasi qoladimi yoki kontinium nazariyasi qoladimi yoki hozirgidan keskin farqli atomistika nazariyasi bo’ladimi? (Bol’tsman) degan savol fiziklarni qiziqtirar edi. SHu asr boshlaridan nazariy va eksperimental fizika shakllandi, ya`ni fizika ishi ikkiga taqsimlandi, ilmiy tekshirish muassasalari paydo bo’ldi. Bunday o’zgarishlar natijasida atom fizikasi vujudga keldi va N’yutonning fazo va vaqt haqidagi fikrlarini boshqacha bo’lishi mumkinligini isbotladi.


    Download 0.51 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0.51 Mb.