• Bosim ostida payvandlashning mohiyati
  • Energetika va mashinasozlik




    Download 345,88 Kb.
    bet1/7
    Sana27.07.2024
    Hajmi345,88 Kb.
    #268757
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    bosim ref. 1


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
    OLMALIQ FILIALI

    “ENERGETIKA VA MASHINASOZLIK” Fakulteti


    “TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLAR” Kafedrasi

    ___________________________________________________________________” fanidan




    MUSTAQIL ISH




    Bajardi:_______________guruh talabasi______________________________

    Tekshirdi________________________________________________________

    Olmaliq 2023


    Bosim ostida payvandlashning mohiyati
    Bosim ostida payvandlashga tanavorlaming biriktiriladigan yuzalarini tashqi kuch qo‘yish hisobiga birgalikda plastik deformatsiyalash yo‘li bilan erishiladi. Bunda biriktirish joyidagi material, qoidaga ko‘ra, plastikligini oshirish maqsadida qizdiriladi. Deformatsiyalash jarayonida notekisliklar eziladi, oksid pardalari yemiriladi, natijada toza yuzalarning tegish kontakti kattalashadi. Atomlararo bog‘lanishlaming yuzaga kelishi detallaming mustahkam birlashishiga olib keladi. Materiallami payvandlash deb, ular atomlarining o ‘zaro ta’sirlashish kuchlari hisobiga biriktirish jarayoniga aytiladi. Ma’lumki, metall detallarning sirtqi atomlari to‘yinmagan erkin bog‘larga ega bo‘ladi, bu bog‘lar atomlararo kuchlaming ta’sir qiluvchi masofada yaqinlashgan turli atomlar yoki molekulalami qamrab oladi. Agar ikkita metall detallaming yuzalari atomlararo kuchlaming metall ichida turadigan masofada yaqinlashtirilsa, ular (yuzalar) tegish yuzasida birlashib yaxlit bir narsaga aylanadi, uning mustahkamligi yaxlit metallning mustahkamligi bilan barobar bo‘ladi. Birikish jarayoni energiya sarflanmasdan va juda tez, deyarli bir zumda o‘z-o‘zidan yuz beradi.
    Oddiy metallar xona haroratida nafaqat bir-biriga oddiy tekkizilganda, hatto katta kuch bilan bosilganda ham o‘zaro birkmaydi. Qattiq metallarning birikishiga, eng avvalo, ularning qattiqligi xalaqit beradi, ular yaqinlashtirilganda rosmana tegish (kontakt), ularga qanchalik yaxshi ishlov berilgan bo‘lmasin, faqat bir necha nuqtada sodir bo’ladi. Birikish jarayoniga metallar sirtidagi iflosliklar - oksidlar, yog‘ pardalari va bosqalar, shuningdek gazlar molekulalarining singigan qatlamlari kuchli ta’sir qiladi.


    Download 345,88 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 345,88 Kb.