• Yorug‘likning sochilish hodisasi va Tindal tajribasi …………………..….. 6
  • Fizika fakulteti




    Download 280.05 Kb.
    bet1/17
    Sana17.01.2024
    Hajmi280.05 Kb.
    #139256
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Lazer kurs ishi
    Танламалы шыгармалары 3 том И Юсупов (1)

    O’zbekiston respublikasi
    oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


    mirzo ulug’bek nomidagi
    O’zbekiston milliy universiteti
    FIZIKA FAKULTETI


    4-bosqich 1905-guruh talabasi
    Boqiyev Ulug’bekning
    Lazerlar fizikasi fanidan
    Yorug`likning sochilishi”
    mavzusida bajargan


    kurs ishi


    Qabul qildi: Vildanov R. Bajardi: Boqiyev U.


    Toshkent-2023
    MUNDARIJA
    I KIRISH: ……………………………………………………………………3
    II ASOSIY QISM …………………………………………………………...6
    1. Yorug‘likning sochilish hodisasi va Tindal tajribasi…………………..…..6

    2. Yorug‘likning molekulyar sochilishi……………………………….……..12

    3. Yorug‘likning kombinatsion sochilishi…………………….………….…..15



    II XULOSA………………………………………………………………………24
    Foydalanilgan adabiyotlar……………….....………….……………………….25


    I.KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi: Ta’limning isloh qilinishidan asosiy maqsadlardan biri, avvalo ta’limning samaradorligi, o‘qitishning va o‘qishning, tushinishning osonligi va bilimlarning yashovchanligi kabi muammolar va prinsiplar barcha ta’lim ob’ektlari uchun bir xilda imkoniyatli bo‘lishidadir.”Iqtidorli” va “iqtidori sustroq” o‘quvchilar shu vaqtgacha ta’limdagi ”diferensatsiya” tufayli turlicha bilimlar, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lib kelganlar. ”Iqtidorli” va “iqtidori sustroq” o‘quvchilarning farqlanishlarining bosh sababi esa fan asoslarining yetarli o‘zlashtirilmaganligi va olingan minimal bilimlar yoki ma’lumotlarning yashovchan emasligidadir. Ilg‘or pedagoglarning ish faoliyatida esa, ”iqtidorsiz” yoki “iqtidori sust” o‘quvchilar tushinchasi deyarli bo‘lmagan va sinf yoki guruxdagi o‘quvchilarning deyarli barchasi mashg‘ulotlardan ko‘zda tutilgan malaka va ko‘nikmalarni qoniqarli darajada egallaganlar.Bugungi kunga kelib ularni fanlarning asoslariga qiziqtirish masalasi afsuski unchalik samarali bo‘lmay qoldi.O‘quvchilar va talabalarning darsdan tashqari vaqtlarida informatsion vositalardan olayotgan ma’lumotlari ularning kundalik extiyojiga mosday tuyulib,ko‘proq televidenie,qo‘l telefonlari va internet saytlaridagi ma’lumotlarni olishga va o‘rganishga yo‘naltirilmoqda. Natijada ularning dars mashg‘ulotlariga va mavzulariga bo‘lgan qiziqishlari ta’lim ijrochilari talablariga doim ham javob bera olmayabdi. Bu kamchilliklarni bartaraf qilish borasidagi izlanishlar esa ta’limning zamonaviy va samarali metodlari,vositalari va texnologiyalarini yaratishni va qo‘llay bilishni talab etmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishi fizik ta’limda eng katta muammolardan biri hisoblangan yorug‘likning elektromagnit to‘lqin nazariyasi, ularga doir mavzularning mazmuni va o‘qitilishiga bag‘ishlangan. Yorug‘likning elektromagnit to‘lqin nazariyasi va ularga doir mavzularning mazmuni va o‘qitilishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ham pedagoglar oldida ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Bunday muammolardan birinchisi yorug‘likning elektromagnit to‘lqin nazariyasi, ularga doir mavzularni o‘qitishdagi izchillik va o‘zviylikning yetarli emasligidir. Quyiroqda biz bu masalalarga yanada batafsilroq to‘xtalamiz. Ammo bu masala bugungi kun talabi darajasida emasligi unga doir mavzularga bo‘lgan qiziqishlarni sustlashishiga olib kelmoqda. Kundalik turmushda va hayotda bachamiz elektromagnit to‘lqinlar muxitida yashaymiz, aloqa qilamiz,ma’lumotlar olamiz va ma’lumotlarni almashamiz. Oddiy uy oshxonasidan boshlab ish joyimizgacha,qo‘l telefonidan-tevizorgacha,oddiy tokarlik stanogidan murakkab robotlargacha, barchasi elektromagnit to‘lqinlar vositasida boshqarilishi bugungi kunda xech kimni ajablantirmaydi. Insonning har minulik hayotiy ehtiyojiga aylanib ulgurgan elektromagnit to‘lqinlarning xossalari va tabiatiga bo‘lgan qiziqishlar esa o‘quvchilarda judayam sustdir. Bunday qiziqishlarni xosil qilish va rivojlantirish uchun esa,avvalo o‘quvchiga ularning xayotda naqadar zarur ekanligini va ular to‘g‘risidagi bilimlarni o‘rganish kelajakda juda qo‘l kelishligini tushintira bilishimiz,ularning ongiga yetkaza bilishimiz zarur.Shundagina o‘quvchilarning extyojidan kelib chiqadigan qiziqishlari uyg‘onishi mumkin. O‘quvchilar ishlash prinsipini, ishlash mexanizmlarini umuman bilmasalarda qo‘l telefonlaridan siz bilan bizdan yaxshiroq foydalana oladilar. Ammo qanday qilib ishlashini izohlay bilmaydilar. Bu mexanizmlarda sodir bo‘layotgan jarayonlar elektromagnit to‘lqinlarning barcha hossalaridan foydalnishni bilganimiz uchun uning vositasida juda oson kechayotganini izoxlashdan boshlansa, o‘quvchilarning qiziqishlari anchagina faollashishi mumkin bo‘lar edi.
    Yorug‘likning elektromagnit to‘lqin nazariyasi va ularga doir mavzularning mazmuni, ko‘lami va ilmiylik darajasi o‘rta-maxsus ta’lim tizimida foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlarida izchil yoritilmaganligi uchun uni o‘qishda o‘quvchilar va o‘qitishda esa o‘qituvchilar katta qiyinchiliklarga duch keladilar.



    Download 280.05 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 280.05 Kb.