Kirish Kanstruksiya haqida ma’lumot




Download 57.57 Kb.
bet1/8
Sana12.12.2023
Hajmi57.57 Kb.
#117352
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sobirjonov B
yuzi, Реферат по химии на тему Применение галогенов в промышленности , Ikkinchi tartibli sirtlar sfera. Ellipsoid. Giperboloidlar. Konu, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), Noinersial sanoq tizimlaridagi inersiya kuchlari, Mirjamolova Diyora Mirsodiq qizi, Mavzu Mashina detallarining umumiy tasnifi. Mashinalar ishonchl (1), Sanoat robotlarining sinflanishi Reja, RDB Frezalash stanoklari, Мустақил иш мавзу Optik tolali tizimlar-fayllar.org, Mavzu koinot nurlari. Koinot nurlarining manbalari energiyasi v-fayllar.org, Ikkinchi tartibli sirtlar-fayllar.org, 5- mavzu. Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari Reja (1), Mavzu To’lqin o’tkazgichlar, 1es met


Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………2

Kanstruksiya haqida ma’lumot………………………………………………….4


Payvandlash materiali haqida ma’lumot………………………………………..7


Payvandlash usulini tanlash……………………………………………………15


Payvandlash jixozini tanlash…………………………………………………..20


Kanstruksiya hisobi……………………………………………………………22


Payvandlash rejimlari…………………………………………………………25


Texnika xavfsizlik qoidalari…………………………………………………..29


Xulosa…………………………………………………………………………32


Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..34


KIRISH



1882-yilda muhandisi N.N. Benardos erimaydigan ko‘mir elektrod bilan elektryoyli payvandlash usulini ixtiro qildi. O‘zining ixtirosiga N.N. Benardos «Elektrogefest» nomini berdi. 1886-yilda u «Elektr tok ta’siri yordamida metallami biriktirish va ajratish usullari» ga rus patentini oldi. N.N. Benardos yoyli payvandlash texnologiyasini va payvand birikmalar turlarini ixtiro qildi (uchma- uch, ustma-ust va b.), bular hozirgi kunda ham ishlatilmoqda; qalin metallami payvandlashda u payvand birikmani yonboshlab joylashtirish usulini qo‘llagan. Yupqa tunuka listlami payvandlashda esa, payvand birikmani payvandlashga tayyorlash uchun list chekasi bo'rtini bukib tayyorlagan. Payvandlash sifatini oshirish uchun ular flyus ishlatar edi: po’latlani payvandlashda esa kvarsli qum, marmar ishlatilar edi, misni payvandlashda esa bura va nashatir qo‘llanilar edi.
1888 - 1890-yillarda muhandisi N.G. Slavyanov eriydigan metall elektrod bilan yoyli payvandlashni taklif etdi. XX asr boshlaridan beri elektr yoyli payvandlash usuli metallami biriktirishda yetakchi sanoat usuli bo‘lib kelmoqda.
Bosim bilan kontakli uchma-uch payvandlashni London qirollik jamiyatining a’zosi, Peterburg fanlar akademiyasining faxriy a’zosi ingliz fizigi E. Tompson birinchi boTib, 1877-yilda amalda qo‘lladi. Birmuncha keyinroq, N.N. Benardos tomonidan, hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan mis elektrodlar bilan nuqtali va rolikli kontaktli payvandlash us'ulini ishlab chiqidi. 1903-yilda eritib kontaktli uchma-uch payvandlash ishlab chiqildi.
1885 - yilda fransuz olimi Anri Lui Le Shatele atsetilenni kislorodda yondirib, harorati 3000°C dan yuqori alanga hosil qildi. Bir necha yildan keyin uning yurtdoshlari muhandislardan Edmon Fushe va Shari Pikar harorati 3100°C gacha boTgan alanga beradigan atsetilen - kislorod gorelkasining konstruksiyasini taklif etdilar (bu konstruksiyalar hozirgi davrgacha deyarli o‘zgarmadi). Gaz alangasida payvandlash ana shunday boshlandi. 1906-yildan boshlab uni Rossiyada qoTlay boshladilar. Dastlab bu yangi usulni avtogen payvandlash deb atadilar, yunoncha «avtos» — o‘zi, va «genes» - hosil bo‘Imoq so‘zlaridan olingan.
Elektr yoy yordamida payvandlash, mexanizatsiyasi, avtomatizatsiyasi jarayonlari sohasida asosiy xizmatlar ukrainalik olim akademik E. О. Patonga tegishli. Ikkinchi jahon urushi davrida flyus ostida avtomatik payvandlash mudofaa zavodlarida tank va artilleriya qurollarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega edi.
Sanoatning jadal rivojlanishi va texnikaning hamma sohalaridagi metallami payvandlashda: elektron nur, lazer, yuqori haroratli plazma, ultratovush va boshqa yangi effektiv payvandlash usullari qo‘llanilmoqda.
Hozirgi davrda texnikaning rivojlanish tendensiyasi shuni ko‘rsatmoqdaki, vatanimizda mavjud payvandlash texnika va texnologiyalar bilan cheklanib qolmasdan, balki soha bo‘yicha rivojlangan davlatlar jumladan AQSH, Angliya va Yevropa davlatlarida payvandlash yo‘nalishi bo‘yicha erishilgan yutuqlar bilan tanishib tahlil qilish imkon qadar joriy etish talab etiladi. Jumladan R.Edvard Bohard tomonidan AQSHda chop etilgan “Welding: Principles and Practces” kitobida payvandlash jarayonlarining avtomatlashtirilgan usullarini ilgari surgan.
Kanstruksiya hqida ma’lumot
Gazlarni qisishga va aralashtirishga ixtisoslangan mashinalarni gaz purkovchi
yoki kompressor mashinalar deb ataladi. Keyinchalik bu mashinalarni, “kompressor
mashinalar” yoki soda qilib, kompressorlar deb yuritamiz.
Кompressorlarni xususiyatlariga qarab quyidagi klassifikatsiyalarga ajratamiz:
- qisiluvchi muhit turiga qarab: havo kompressorlari, azotli, etilenli, ko’mir
vodorodli gazlar uchun, kislorodga, freonga, uglekislotali gazlar uchun kompressorlar.
- silindr soniga qarab (porshenli uchun) bir tsilindrli, ko’p tsilindrli:
- so’ruvchi gaz bosimiga qarab:
- so’ruvchi quvuridagi me’yoriy bosim atmosfera bosimiga teng;
- siquvgacha bosim atmosfera bosimidan katta;
- uzatgich turiga qarab;
- mexanik yuritmali transmissiya vallari, o’qi va boshqalar;
- elektr uzatgichli o’zgaruvchi tokka asoslangan;
- bug’ kuchiga asoslangan uzatkichli bug’ mashinasidan, bug’ turbinasidan;
- gaz turbinasidan foydalangan yuritgich;
- ichki yonish dvigatelidan olingan yuritgich;
- gazmotorli, «gaz dvigatelli kompressor» yagona nomga ega;
- siqishning bosqichlar soniga qarab: birbosqichli, ko’pbosqichli;
- kompressor o’rnatilgan joyga qarab;
- statsionar – qimirlamas asosga mahkamlangan;
- transportli (ko’chib yuruvchi) – o’zining asosiga ega bo’lib, ko’chuvchi
(aviatsiyada, kemalarda va b.q.) yoki maxsus aravalarda olib yuriluvchi (qurilish
tashkilotlarda, shaxtalarda va h.k.)
- sovutilishi bo’yicha:
- sovutilmaydigan:
- suv yordamida maxsus o’rov ichidagi sovutish va vaqti-vaqti bilan (bosqichma
bosqich) sovutiladigan;
- havo yordamida sovutilish;
- bosim o’zgarishiga qarab:
- vakuum kompressorlar atmosfera bosimdan kichik bo’lgan maydondan gazni
so’rish bilan va atmosfera bosimi yoki undan ortiq bosimli maydonga haydovchi;
- ventilyatorlar, haydash bosimi 0,01 MPa gacha gaz puflovchi (havo puflovchi),
haydash bosimi 0,01 do 0,35 MPa;
- kompressorlar, haydash bosimi 0,35 MPa dan ortiq;
O’z navbatida bosim berish qobiliyatiga qarab, kompressorlar quyidagi xillarga bo’linadi;
- past bosimli kompressorlar 0,35-1 MPa oralig’ida;
- yuqori bosimli kompressorlar 1-10 MPa;
- o’ta kuchli bosimli kompressorlar, bosimi 10-100 MPa dan ortiq;
1. Tsilindrlar soniga qarab: bir tsilindrli, ikki tsilindrli va uch tsilindrli;
2. Tsilindrlar joylashuviga qarab: gorizontal, vertikal, W-shaklida,
V- shaklida;
3. Qism bosqich soniga qarab: bir bosqichli va ikki bosqichli;
4. Uzatgich rusumiga qarab: elektrodvigatelda uzatish, dizeldan uzatish.

Download 57.57 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 57.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish Kanstruksiya haqida ma’lumot

Download 57.57 Kb.