|
Maple dasturi va uning imkoniyatlari Maple muhitining vositalar va shriftlar paneli. Muloqot tartibida Maple 11 bilan ishlash asosi
|
bet | 1/8 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 119,38 Kb. | | #120090 |
Bog'liq Mapledan LaTeX ga export qilish
Reja:
Maple dasturi va uning imkoniyatlari
Maple muhitining vositalar va shriftlar paneli.
Muloqot tartibida Maple 11 bilan ishlash asosi.
Maple muhitida ifodalar qiymatini hisoblash.
Maple muhitida ifodalarni ayniy almashtirish.
Maple muhitida funksiyalar va ular bilan ishlash.
Maple 2021 dasturi va uning imkoniyatlari
Maple 2021 da LaTex ga export qilish usullari
Maple dasturi va uning imkoniyatlari
Kompyuter matematikasi sohasi bo`yicha dunyodagi lider bu Waterloo Maple Inc (Kanada) kompaniyasi bo`lib hisoblanadi. Bu kompaniyaning ishlab chiqaradigan mahsuloti Maple matematik dasturi bo`lib hisoblanadi. Maple muhiti 1980-yilda Waterloo Maple Inc (Kanada) firmasi tomonidan yaratilgan. Bugungi kunda uning quyidagi versiyalari mavjud: Maple 5, Maple 6, Maple 7 va hokazo. Maple – matematik oynali dasturi qisqa vaqt ichida keng qamrovli hisoblashlarni bajarish imkoniyatiga ega. 1984-yildan boshlab Waterloo Maple Inc kompaniyasi Maple dasturlarini sotuvga chiqara boshlagan. Maple dasturida ishlash qulay bo`lib, asosan mexanika, muhandislik masalalari, matematik masalalar, geometrik fazolar va grafiklar bilan ishlashga mo`ljallangan 4000 dan ortiq bo`yruqlar mavjud. Mathcad 2000 dasturida esa atigi 300 ta buyruqlar bor. Maple dasturlashsiz katta hajmdagi masalalarni yechish imkoniyatiga ega. Faqat masalalarni yechish algoritmini yozish va uni bir necha bo`laklarga bo`lish kerak. Bundan tashqari yechish algoritmlari funksiya va sistema buyruqlari ko`rinishida hal qilingan minglab masalalar mavjud. Maple matematik va injener-texnik hisoblashlarni o`tkazishga mo`ljallangan dasturlashning integrallashgan tizimi hisoblanadi. U formula, son, matn va grafika bilan ishlash uchun keng imkoniyatli tizimdir.
Paket foydalanish uchun ancha qulaydir. Uning interfeysi shunchalik qulay qilinganki, undan foydalanuvchi dastur varag`i bilan xuddi qog`oz varag`i singari ishlaydi. Unga sonlar, formulalar, matematik ifodalar va hokozalarni yozadi.
Maple tizimi matn muharriri, kuchli hisoblash va grafik prosessoriga ega. Matn muharriri matnlarni kiritish va muharrirlash uchun ishlatiladi. Matnlar izohlardan iborat bo`lib, unga kiritilgan matematik ifodalar bajarilmaydi. Matn so`zlar, matematik ifoda va formulalar, maxsus belgilar va hokozalardan iborat bo`lishi mumkin. Maplening asosiy xususiyati matematikada umumiy qabul qilingan belgilarning ishlatilishidadir. Hisoblash prosessori keng imkoniyatga ega. U murakkab matematik formulalar bo`yicha hisoblashlarni bajaradi. Ko`plab matematik funksiyalarga ega bo`lish bilan birga, qatorlar, yig`indi, ko`paytma, hosila va aniq integrallarni hisoblash, kompleks sonlar bilan ishlash, hamda chiziqli va chiziqli bo`lmagan tenglamalarni yechish, vektor va matritsalar ustida amallar bajarish imkoniyatini yaratadi.
Maple dasturining oynasi barcha amaliy dasturlarning oynasi kabidir.
Maplening ishchi maydoni 3 qismga bo`linadi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Maple dasturi va uning imkoniyatlari Maple muhitining vositalar va shriftlar paneli. Muloqot tartibida Maple 11 bilan ishlash asosi
|