|
Mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi Fanning nomi: mikrobiologiya
|
bet | 1/10 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 3,39 Mb. | | #106550 |
Bog'liq 12 ma\'ruza - Mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi
- Fanning nomi: MIKROBIOLOGIYA
- Ma’ruzachi: dots. Mirzayeva S.
- 1.Mikroorganizmlardagi metabolizm (modda almashinuvi) ning o’ziga xos xususiyatlari. Oziqlanish usullari va hujayraga ozuqani kirishi.. 2.Mikroorganizmlarning oziqlanish tiplari. Avtotrof, geterotrof, xemotrof va litotrof oziqlanish tiplarining tavsiflari.
- 3.Mikroorganizmlardagi fotosintez va xemosintez. Saprofit va parazitlar. Katabolizm va biosintez.
- Katabolizm
- (dissimilyatsiya)
- Biosintez
- (assimilyatsiya)
- Xujayrada NK, oksil, polisaxаridlar kabi makro-molekulyar moddalarning xosil bo’lish jarayonidir. Bu jarayon energiya o’zlashti-rish bilan sodir bo’ladi. Energiya ATF shaklida o’zlashtiriladi
- Ozuqa moddalari uglevod-lar, yog’lar, oqsillar oksidlanishi natijasida parchalanishi va energiya ajralib chiqishi jarayon-laridir.
МИКРООРГАНИЗМЛАРНИНГ ОЗИҚЛАНИШИ - Mikroorganizmlarga ham boshqa tirik mavjudotlar singari oziqa moddalari zarur. Oziqa modda deb odatda tirik organizmga tushib yoki energiya manbai bo‘lib yoki hujayrani tarkibiy qismlarini qurish uchun ishlatiladigan moddalarga aytiladi. Oziqa moddalar esa hujayraga tashqi muhitdan keladi. Bakteriyalar hujayrasi ichiga oziqa moddalar kirishi va hayot faoliyatining oxirigi moddalarini tashqi muhitga ajralib chiqishi ularning butun tanasi orqali sodir bo‘ladi, shuning uchun bu protsess juda tez boradi. Moddalar almashinuvi ikki jarayondan iborat:
- I) tashqi muhitdan o‘sish uchun zarur bo‘lgan oziqa moddalarni qabul qilish va ulardan hujayraning yangi tarkibiy qismini sintezlash;
- 2) hayot faoliyatining oxirgi mahsulotlarini tashqi muhitga chiqarish.
-
- Mikroorganizmlarning oziqlanishi butun tanasi orqali osmotik yo’l bilan amalga oshadi. Osmos bu eritmalarda moddalarning yarim o’tkazgich membranadan diffuziya bo’lishi. Bunday membranadan moddalar xar xil tezlik bilan o’tadi, ba’zi moddalar jumladan kolloid moddalar o’ta olmaydilar. Mikroorganizmlarning o’sishi uchun suv juda zarur. Chunki oziqa moddalari suvda erigan holda bo’lib, ularni bakteriyalar olib, o’z hujayralarini tiklaydi va energiya oladi. Oziqa muhitlarida, mikroorganizm hujayrasini olishi uchun kerak bo’lgan hamma elementlar, mikroorganizm o’zlashtiradigan holatda bo’lishi kerak
- Mikroorganizmlarning oziqlanishi
|
| |