• TOSH O’YMAKORLIGIDA ISHLATILADIGAN MATERIALLAR
  • Nyu-Yorkda
  • Olmaota
  • TOSH O’YMAKORLIGIDA ISHLATILADIGAN ASBOBLAR
  • SUYAK O’YMAKORLIGI
  • DASTGOHLARDA AMALIY BAJARILADIGAN ISHLARGA KO`RSATMALAR
  • O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev, A. A. Kushakov




    Download 0.83 Mb.
    bet11/13
    Sana25.03.2017
    Hajmi0.83 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

    O`YMA TURLARI

    O’ymakorlikda o’ymalar o’zining xarakteriga ko’ra olti turga bo’linadi: chiziqli, zanjira, yassi, chuqur, panjarasimon va hajmli o’ymalar.



    Chiziqli o’yma — eng qadimgi va eng oddiy o’yma turi hisoblanadi. Chiziqli o’yma buyumga o’tkir asbob bilan tirnash asosida chiziladi. Chuqurroq chiziq gravyurani eslatadi, shuning uchun ham ustalar uni gravyura deb ataydilar. Yog`och o’ymakorligida naqshlarni yoki biror tasvirni mebel, quticha, qalamdon va boshqa narsalarni bezashda qo’llaniladi. Tosh o’ymakorligida kichik narsalarni naqsh va biror tasvir bilan bezashda juda keng foydalaniladi. Ganchkorlikda chizma pardoz deb yuritiladi. Suyak o’ymakorligida va kandakorlikda chiziqli o’yma juda ko’p qo’llaniladi.

    Zanjira o’yma — qadimdan ishlatilib kelinayotgan o’yma turi, Bu zaminsiz o’yma hisoblanadi. Tosh, yog’och, metall o’ymakorligida zanjira o’yma turi keng ishlatiladi. Tosh o’ymakorligida namoyon, lagan va boshqa narsalarni chetiga zanjira o`yma ishlatiladi. Ganch o’ymakorligida eshik, namoyon, deraza, izora va. boshqalarning chetiga ko’pincha zanjira o’yma bajariladi. Zanjira sodda bo’lsada jozibali ko’rinishga ega. Geometrik shakllar o’yilganda soya, yorug’ va yarim soyalar o’ziga xos nafis ko’rinishga ega bo’lib, kishida ajoyib taassurot

    Yassi o’yma — eng ko’p qo’llaniladigan o’yma turidir. Bu o’yma taxminan 1—1,5 sm chuqurlikda bo’lib, uning relyefiga har xil pardoz beriladi. Tosh, yog’och, mis va boshqa o’ymakorlikda yassi o’yma juda kam qo’llaniladi.

    Chuqur o’yma — naqsh yoki biror tasvir juda chuqur o’yiladi. O’yma xuddi hajmli ko’rinish berib, zamini qoramtir, relyef esa oq bo’lib kontrast ko’rinishga ega bo’ladi. Tosh o’ymakorligida binolar o’yma pannolar bilan bezatiladi. Masalan, Toshkentdagi A. Navoiy nomli opera va balet katta teatri binosida ajoyib chuqur tosh o’ymakorligi namunalari bor.

    Panjarasimon o’yma — juda qadimdan rivojlanib kelayotgan o’yma turlaridan biri. Bu boshqa o’yma turlaridan farq qilib o’yilayotgan ganch taxtani ikkinchi tomonidan teshib o’yib o’ziga xos pardoz turi beriladi. Panjarasimon o’yma qadimdan qo’llanilib uni Varaxsha (VIII) binolarida, Shoxi Zinda kompleksidagi (XIX asr), Mir Arab, Abdulloxon (XVI asr) Go’ri Amir maqbarasidagi o’yma marmardan ishlangan geometrik panjara va boshqalar misol bo’la oladi.

    Hajmli o’yma — haykalsimon, ya’ni hajmli o’yilgan biror narsa. Hajmli o’yma qadimdan ishlatilib kelinayotgan o’yma turlaridan biri bo’lib, tosh, suyak, yog’och va boshqa materillardan o’yib ishlangan hajmli narsadir. Buxoro yaqinidagi Sitorai Mohi Xosadagi ikki sher haykali marmardan o’yib ishlangan hajmli o’ymadir. Toshdan ishlangan har xil estalik sovg’a buyumlari, ko’za, lagan va boshqalar ham hajmli o’ymaga kiradi.

    TOSH O’YMAKORLIGIDA ISHLATILADIGAN MATERIALLAR

    Tosh — tosh o’ymakor ustalarning asosiy ish materialidir. U mustahkam, uzoqqa chidaydigan va chiroyli bo’lishi kerak. Toshdan qurilgan narsalar bir qancha asrlar davomida yashamoqda. Uni qayta ishlash va undan biror narsa yasash qiyin, kishidan sabrtoqat talab qiladi (96-97-rasmlar).Arxeologik topilmalar va arxitektura yodgorliklarini bezashda qadimdan ishlatilib kelinayotganligining dalilidir. Tosh o’ymakorligida ishlatiladigan toshlar o’rni, maqsadi hamda vazifasiga qarab yumshoq, o’rtacha qattiqlikdagi va qattik. bo’ladi. Yumshoq toshlarga — gipstosh, talkoxlorit, ohaktosh va boshqalar; o’rtacha qattiqlikdagi tosh­larga— oniks, porfir, ohakli marmar va qattiq toshlarga esa — lazurit, amazon toshi, agat (xalsedon), malaxit, jadent, nefrit, yashma va boshqalar kiradi. Bu materiallardan qozon, ko’za, laganlar yasalib unga ajoyib o’yma naqshlar bilan jilo berilgan.

    Marmar — tog’ jinsi bo’lib ohaktoshning alohida nafis turidir. Marmar yo’l-yo’l, pushti, sariq, zich, yarim shaffof, yaltiroq ham bo’ladi. Marmar qadimdan qimmatbaho hamda nafis tosh hisoblanib Zakavkazyeda hamda Eronda marmardan zebu-ziynat buyumlari ishlangan.
    Eron Islom Respublikasi (fors. جمهوری اسلامی ایران - Jomhuri ye Eslāmi ye Irān), qisqacha Eron (fors. ایران - Irān) - Gʻarbiy Osiyodagi mamlakat. Poytaxti - Tehron shahri. Maydoni 1 648, 95 km², aholisi soni 79 115 000 kishi (2016).
    O’rta Osiyoda marmar qadimdan ishlatilib kelinayotgan qimmatbaho material bo’lib, qurilishlarda keng ishlatilgan. Samarqanddagi Amir Temir maqbarasining ichki devorlari, qabr toshlari o’yma naqsh marmardan ishlangan. Marmardan turli zebziynat buyumlari, taqinchoqlar yasaladi. Marmardan har xil panjara, lagan, sovg’a buyumlari, poyustunlar, namoyonlar ajoyib marmardan o’yib naqshlar bilan jilolangan.

    G’ozg’on marmari dunyoga mashhur marmarlardan biri hisoblanadi. Uning rangi nafis va xilma-xildir. G’azg’on marmari to’q kulrang, qizg’ish, tutun rang, och qizg’ish, ko’kimtir, ba’zan oq ham bo’ladi. Uning rangi taram-taram bo’lib biridan ikkinchisiga asta-sekin o’tadi. Rasmlari turli-tuman 20 yil xizmat qiladi. G’ozg’on marmari chinnisimon, muzlashga bardoshli nafis qizg’ish rangda, ayniqsa uning dengiz manzaralarini eslatadigan tabiiy turlari o’ziga xos go’zaldir. G’ozg’on marmari qadimdan ma’lum bo’lib, Buxoroda, Samarqanddagi masjid hamda binolarni bezashda ishlatilib kelingan. Ayniqsa, naqshlar o’yib ishlangan marmar o’ziga xos tabiiy go’zal ko’rinishi bilan kishini hayratga soladi. Fransiyada o’tkazilgan butun dunyo ko’rgazmasida G’ozg’on rangdor marmari birinchi o’rinni olgan. Undan Moskvadagi metro stansiyalari, Yaroslavl hamda Qozon vokzallari, Ostan­kino televizion minorasining ichki qismi,Bokudagi 26 komissar xotirasiga o’rnatilgan monumentlar va juda ko’p joylarni bezashda keng foydalanilgan. 1939—1940 yillarda Parij va Nyu-Yorkda o’tkazilgan butun dunyo ko’rgazmasidagi Sovet Ittifoqi paviloni va boshqa ko’pgina binolar G’ozg’on marmari bilan bezatilgan.
    New York (talaffuzi: Nyu York) - AQShning eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida.
    Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi, SSSR, Sovet Ittifoqi - sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922-91 yillarda mavjud boʻlgan musta bid davlat. SSSR ni tashkil etish toʻgʻrisida deb atalgan Shartnoma (1922)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohishirodasiga zid ravishda Rossiya (RSFSR), Ukraina (USSR), Belorussiya (BSSR), Zakavkazye respublikalari [ZSFSR; 1936 yildan ittifokdosh respublikalar - Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston SSR), Gurjiston (Gurjiston CCP)J, keyinchalik - 1925 y. Oʻzbekiston (Oʻzbekiston SSR), Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929 y. Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936 y. Qozogʻiston (Qozogʻiston SSR), Qirgʻiziston (Qirgʻiziston SSR), 1940 y. Moldaviya (Moldaviya SSR), Latviya (Latviya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) kiritilgan.
    Bundan tashqari Moskva, Leningrad, Kiyev, Boku, Olmaota, Novosibirsk va boshqa shaharlardagi chet davlatlardan Chexoslovakiya, Fransiya, Yaponiya, Mongoliya, Italiya kabilarga eksport qilinmoqda.
    Olmota (qoz. Алматы́) (1921-yilgacha Verniy; oʻrta asrlarda Almatu) - Qozog'istonning eng katta shahri. 1929 - 1998 yillarda mamlakat poytaxti. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni, 2 aeroport bor. Orqa Ili Olatovi tizmasining shimoliy yon bagʻri etaklarida, 650– 950 m balandlikda,Tyan-Shan togʻining shimolida, Qozogʻiston Respublikasining janubiy-sharqida joylashgan.
    Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) - Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim.sharqdan jan.gʻarbga qariyb 9.13ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu.
    Mongoliya (Mongol Uls) yoki Moʻgʻuliston - Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakat. Maydoni 1565 ming km². Aholisi 2, 893 ming kishi (2013). Poytaxti - Ulan-Bator shahri Maʼmuriy jihatdan 18 aymoq (viloyat)ga, aymoklar somon (tuman)larga boʻlinadi.


    Yashma — yarim yumshoq tosh turiga kirib, juda chiroyli har xil rangli, rasmli, juda zich bo’ladi. Qip-qizil yoki ochiq yashil ranglisi ham bo’ladi. Uning rasmlari to’lqinsimon, to’g’ri, dog’lar holida va bir tekis bo’yalgan bo’lmaydi. Murakkab rasmli va murakkab rangli chashma xuddi chalmani eslatadi. Fantastik rasm va naqshlar ko’rinishiga ega bo’lib, o’ziga xos har xil ishlangan rasmlarni eslatadi.

    Malaxit — oynadan birmuncha yumshoq, tabiatda kurtaksimon holda uchrab, uni kesganda qiziqarli oval shaklidagi, lentasimon, to’q yashil yuzalarni qora kontur chiziqli bo’lib, ajoyib tasvirni beradi. To’q yashil, ochiq yashil va havorang malaxitlar ham bo’ladi. Malaxitdan zargarlikda va tosh o’ymakorligida juda keng foydalaniladi. Uni qayta ishlash juda qiyin bo’lishiga qaramasdan arxitektura bezagida keng qo’llaniladi.

    Nefrit — juda qattiq tosh. Qadimda bu toshni oltin bahosida hisoblaganlar. U asosan kulrang, yashil ba’zan sutsimon, sariq, qizil va qora ranglilari ham uchraydi. Xitoyda nefritdan har xil cholg’u asboblari va har xil taqinchoqlar tayyorlashda keng foydalanishgan.
    Xitoy, Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha 中華人民共和國 - 中华人民共和国 - Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó), XXR - Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng kup va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri.
    Nefritdan arxitektura bezagida va tosh o’ymakorligida har xil o’yma laganlar, ko’zalar har xil namoyonlar va boshqa narsalar ishlanadi. Temurning Go’ri Amir maqbarasida ajoyib naqshlarni o’yib toshlar ishlangan. Temurning qabri ustidagi to’q yashil rangli nefrit diqqatni o’ziga jalb etadi. Ulug’bek 1425 yilda mo’g’ullar ustidan g’alaba qozonganidan so’ng o’ljalar ichida katta ikki bo’lak nefrit toshi ham bo’ladi. Bu nefritni yaxshilab ishlab, bir-biriga ulab Temur qabri ustiga qo’yadilar.

    Gipstosh — uni ba’zan angidrid deb ham yuritadilar, chunki angidrid qattiqroq bo’lib, manzarali ko’rinishga ega emas. Gipstosh yarim yaltiroqsimon har xil dog’li, xuddi ilon terisiga o’xshashroq bo’ladi. Uning yumshoqroq turi ishlatiladi.Undan tosh o’ymakorligida har xil yodgorliklar, haykallar, o’yma naqshli namoyon, lagan, ko’za va boshqa narsalar yasaladi. Arxitekturada keng foydalaniladi.

    Agat — xalsedon qattiq tosh turiga kirib, o’zining rang-barangligi va juda chiroyli ko’rinishi bilan ajralib turadi. Uning rangi sutsimon, och havorang, kulrang, tillarang, pushti va boshqa ranglarda bo’ladi. U yaltiroqsimon xususiyatga ega bo’lib, undan kichik zargarlik buyumlari, kichik sovg’a buyumlari, ajoyib 96-rasm. Tosh o’ymakorligida ishlatiladigan naqsh elementlar. 97-rasm. Marmardan o’yib ishlangan o’simliksimon namoyon. Muqimiy nomli muzikali drama va komediya teatri binosi san’ati noyob san’at turi bo’lib, yangi zamon nafasi bilan yangicha jilo hamda go’zallik kasb etishi shubhasizdir. Hozir o’lmas san’at sirlari ishonchli, talantli qo’llarda.

    TOSH O’YMAKORLIGIDA ISHLATILADIGAN ASBOBLAR

    Tosh o’ymakorligida yog’och o’ymakorligidagiga o’xshash asboblar ishlatiladi. Ustalar, katta bolg’a, kichik bolg’a, zubila, qalam iskanalar, arra, pichoq, parma va boshqalarni ishlatadilar. Bu asboblar azaldan temirchi ustalarga buyurtma berib tayyorlatilgan. Hozir ham mahsus temirchi ustalarga buyurtma berib tayyorlatish mumkin. Agarda bunday temirchi ustalarni topishga qiynalsangiz, o’zingiz o’quv xonada yasab olishingiz mumkin. Bu asboblar po’latdan yasaladi. Tayyor asbobni albatta toblatish kerak. Asbobni ishchi qismini to’q qizil yoki qizil rang holatida qizarib o’sha zahoti xona haroratiga mos bo’lgan suvga botirish kerak. Sariq yoki pushti ranggacha qizdirib bo’lmaydi. Chunki qizdirishni oddiy yog’och olovida kizdirgan ma’qul. Agar toshli olov bo’lsa toblashni ishdan chiqaradi, xulosa qilib aytganda, tosh o’ymakorligi san’ati gullab-yashnamoqda, qo’li gul ustalarimiz Rahim Obidov, A. Boltayev, S. Xudoyberganov, X. Rahimov, B. Davlatov, A. Bekjonov, K. Polvonov, 3. Abdulov, K. Ro’zmetov, Jalol Jo’rayev. Rahim Obidov, Abdurahmon Turdiyev, Baqo Kamolov, Bobonazar Jabborov, Abdulla Hayitov, Salimjon Hamidov va boshqalar yaratgan asarlari xalqqa xizmat qilmoqda, Tosh o’ymakorlik 98-rasm. Pichoq., xanjar va boshqalarning dastalari suyakdan ishlanib bezatilgan. XIX asr. a’zosi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Ortiq Fayzullayevdir.O’ymakor kundan-kunga yashnayotgan Toshkentda qurilayotgan eng yirik ma’muriy binolarning deyarli barchasida o’z ijodi bilan qatnashgan, desak xato qilmaymiz. U «Toshkent» va «O’zbekiston» mehmonxonalari, san’at saroyi va «Moviy gumbaz» choyxona yuksak mahoratli Ortiq Fayzullayev P. Benkov nomli jumhuriyat rassomchilik bilim yurtida o’qituvchilik qilib yurgan vaqtida o’z san’atining sirlarini yoshlarga sitqidildan o’rgatdi. Ortiq Fayzullayevning ijodi 50-yillarning ikkinchi yarmida P. Benkov nomidagi Badiiy maktabni bitirish arafasida boshlangan. 1957 yili u O’zbekiston yoshlari festivali munosabati bilan ochilgan ko’rgazmada qatnashdi. Ortiq Fayzullayev faqat yog’och o’ymakorligi bilangina shug’ullanmay, o’zbek o’ymakorlari orasida birinchi bo’lib suyak o’ymakorligini ham chuqur o’rgandi. U Moskva, Kiyev muzeylari va fabrikalariga borib, suyak o’ymakorligini o’rganib keldi. Suyak o’ymakorligida, deydi Ortiq Fayzullayev,—»Mamont tishi», «Morj tishi», «fil suyagi», «mol suyagi» va shoxlari, otning suyagi va boshqa hayvon suyaklari ishlatiladi.Suyak o’ymakorligida parma, arracha, egov hamda o’ziga xos mukammal mexanik asboblar ishlatiladi. Suyak o’ymakorligi texnologiyasi quyida-gilardan iboratdir. Zarur materialga mos keladigan suyak turi va bo’lagi tanlanadi. Suyakning ortiqcha bo’laklarini arralab olib tashlanadi. G’adir-budir joylari egovda tekislanadi. Suyakka qalam bilan gul chiziladi va o’sha chiziq bo’yicha naqsh ishlanadi hamda yo’ng’ir tosh bilan jilo beriladi. Ish so’ngida tayyor bo’lgan buyumni bo’r va spirt bilan yaxshilab artib chiqiladi. Ijodkor yuqorida aytib o’tilgan texnologiya bo’yicha ajoyib asarlar yaratdi. Keyinroq san’atning bu turida yaratgan asarlari bilan xalq xo’jaligi yutuqlari ko’rgazmasida qatnashdi. Ko’rgazmaga «Cho’pon», «Lazgi o’yini», «Yakkama-yakka», «Kurant», «Navoiy haykali» asarlari taqdim etildi. «Paxta o’yini» deb nomlangan asarda raqs tushib turgan qizning nozik harakatlari san’atkorona tasvirlangan (99,-100, 101-rasmlar). Uning atrofiga paxta va turli naqshlar ishlanganligi raqqosa raqsining muzmunini chuqurlashtiradi, paxta va gullarga boy farovon O’zbekistonning ramziy obrazi namoyon bo’ladi, «Cho’pon» deb atalgan suyak o’ymakorligi ham ta’sirli chiqqan. Qo’zilar keng dalada o’tlashib yurishibdi. Uzoqdan baland tog’lar ko’rinadi, cho’pon o’z bolasini allalayotgan onadek nayda yoqimli kuy chalmoqda. San’atkor suyakni shu qadar ehtiros va mohirlik bilan ishlaganki, uni tomosha qilgan kishiga cho’pon nayining ovozi, qo’y-qo’zilarning ma’rashi eshitilgandek tuyuladi. Mazkur asarlar uchun Ortiq Fayzullayev ko’rgazmaning kumush medali va diplom bilan taqdirlandi.
    Medal (frans. medaille, lot. metallum - metall) - biror voqea, arbob yoki joy sharafiga chiqariladigan, odatda 2 tomoniga tasvir tushirilgan va (yoki) yozuvi boʻlgan, koʻpincha, doyra, tuxumsimon yoki koʻpburchakli shakldagi, har xil oʻlchovli metall nishon.
    Ortiq Fayzullayev hozirgi vaqtda suyak o’ymakorligining jumhuriyatimizdagi yagona ustalaridan. U xalq san’atining qaysi turiga murojaat qilmasin, doimo yangilikka intiladi, bu janrni ham shaklan, ham muzmunan boyitadi. San’atkor ijodiga xos bu fazilat uning Toshkentdagi «Sovg’a» fabrikasida bosh rassom bo’lib ishlab yurgan kezlarida ayniqsa kamol topdi. U yaratgan o’nlab sovg’a buyumlar turli konkurslarda katta muvaffaqiyat qozondi. Bu sovg’a buyumlariga ishlangan anvoyi bezaklar tekis va qabariq sirtlarga xos kompozisiya tufayli go’yo naqshlar jonlanib harakatga kelganday tuyuladi. Kezi kelganda, shuni aytish kerakki, jumhuriyatimiz turistlar o’lkasi. Shunday ekan, milliy naqshlar 100-rasm. «Kungaboqar» va «Lazgi o’yini» nomli qalamdon. Suyakdan o’yib ishlangan. O. Fayzullayev.bilan bezatilgan kichik hajmdagi har xil sovg’a buyumlari ishlab chiqarishni ko’paytirish lozim. Chunki, ko’pgina sovg’a buyumlarini faqat ko’rgazmalarda va muzeylarda ko’rish mumkin, xolos. Aksincha, bundam yodgorlik buyumlariga ega bo’lishni har bir xonadon sohibi jon dili-dan istashi shubhasiz. Ortiq Fayzullayevning nozik didi, qalb ko’ri, chidam va matonati tufayli maydonga kelgan san’at durdonalari, madaniyat koshonalari, istirohat maskanlarining husniga husn qo’shmoqda, qadimiy xalq san’ati bizning davrimizda ham obro’ va e’tibor qozonishi mumkinligini isbotlamoqda. San’atkor yaratgan original va nafis asarlar faqatgina jumhuriyat va mamlakatimiz muzeylaridagina emas, balki Yaponiya, Germaniya, Polsha, Tursiya, Finlandiya kabi chet ellardagi 101-rasm.
    Finlandiya (fincha Suomi, shvedcha Finland), Finlandiya Respublikasi (fincha Suomen Tasavalta, shvedcha Republiken Finland) - Shim. Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 337 ming km². Aholisi 5,414 mln.
    O’simliksimon naqsh panjara qalamdon va «yakkama-yakka olishuv» nomli o’yma kompozisiya.xalqaro ko’rgazmalarda namoyish qilingan. O’yma-kor O’zbekiston, Butunittifoq jahon kitob ko’rgazmalarini badiiy bezashda qatnashdi. O. Fayzullayev hozirgacha hammasi bo’lib 100 ga yaqin jumhuriyat Butunittifoq va xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etganligi uning tinmay izlanayotganligidan dalolat berib turibdi.

    SUYAK O’YMAKORLIGI

    O’zbekiston xalq amaliy bezak san’ati ichida suyak o’ymakorligi ham san’atning boshqa turlari kabi tez suratlar bilan rivojlanmoqda. Suyak o’ymakorligi O’zbekistoida san’atning eng yosh turidir. Suyak o’ymakorligi Hindiston, Yoqutiston, Afrika, Xitoy umuman sharq mamlakatlarida yuksak darajada rivojlangan.

    Afrika - kattaligi va aholi soni boʻyicha dunyoning ikkinchi qitʼasi.

    Suyak o’ymakorligi juda qadimiy san’at, buni har xil arxeologik topilmalar (suyakni kesib, yo’nib naqsh hamda tasvir tushirilgan buyumlar va haykalchalar) tasdiqlaydi, shimolda bu san’at ayniqsa xolmogorsk, Tobolsk va chukotkada keng rivojlangan va mashhur edi. O’rta Osiyoda suyak o’ymakorligi geografik sharoiti tufayli rivojlanmagan. Ammo xalq amaliy san’atining boshqa turlarida (pichoqchilikda) qo’llanilgan (98-rasm). Bular oddiy suyaklardan (qoramolning, echkining shoxlaridan) ishlangan.

    O’zbekistonda suyak o’ymakorligi 1959 yili kirib keldi. O’zbekistonda yagona yog’och o’ymakor va suyak o’ymakor usta Ortiq Fayzullayevdir.O’ymakor kundan-kunga yashnayotgan Toshkentda qurilayotgan eng yirik ma’muriy binolarning deyarli barchasida o’z ijodi bilan qatnashgan, desak xato qilmaymiz. U «Toshkent» va «O’zbekiston» mehmonxonalari, san’at saroyi va «Moviy gumbaz» choyxona kafesini bezatishda ishtirok etgan.

    Asarlari el tahsiniga sazovor bo’lgan, yuksak mahoratli Ortiq Fayzullayev P. Benkov nomli jumhuriyat rassomchilik bilim yurtida o’qituvchilik qilib yurgan vaqtida o’z san’atining sirlarini yoshlarga sitqidildan o’rgatdi. Ortik Fayzullayevning ijodi 50-yillarning ikkinchi yarmida P. Benkov nomidagi Badiiy maktabni bitirish arafasida boshlangan. 1957 yili u O’zbekiston yoshlari festivali munosabati bilan ochilgan ko’rgazmada qatnashdi.

    Ortiq Fayzullayev faqat yog’och o’ymakorligi bilangina shug’ullanmay, o’zbek o’ymakorlari orasida birinchi bo’lib suyak o’ymakorligini ham chuqur o’rgandi. U Moskva, Kiyev muzeylari va fabrikalariga borib, suyak o’ymakorligini o’rganib keldi. Suyak o’ymakorligida,— deydi Ortiq Fayzullayev,—«Mamont tishi», «Morj tishi», «fil suyagi», «mol suyagi» va shoxlari, otning suyagi va boshk,a hayvon suyaklari ishlatiladi.

    Suyak o’ymakorligida parma, arracha, egov hamda o’ziga xos mukammal mexanik asboblar ishlatiladi. Suyak o’ymakorligi texnologiyasi quyidagilardan iboratdir.

    Zarur materialga mos keladigan suyak turi va bo’lagi tanlanadi. Suyakning ortiqcha bo’laklarini arralab olib tashlanadi. g’adir-budir joylari egovda tekislanadi. Suyakka qalam bilan gul chiziladi va o’sha chiziq bo’yicha naqsh ishlanadi hamda yo’ng’ir tosh bilan jilo beriladi. Ish so’nggida tayyor bo’lgan buyumni bo’r va spirt bilan yaxshilab artib chiqiladi. Ijodkor yusorida aytib o’tilgan texnologiya bo’yicha ajoyib asarlar yaratdi. Keyinroq san’atning bu turida yaratgan asarlari bilan O`zbekiston xalq xo’jaligi yutuqlari ko’rgazmasida qatnashdi. Ko’rgazmaga «Cho’pon», «Lazgi o’yini», «Yakkama-yakka», «Kurant», «Navoiy haykali» asarlari taqdim etildi. «Paxta o’yini» deb nomlangan asarda raqs tushib turgan qizning nozik harakatlari san’atkorona tasvirlangan (99- 100- 101-rasmlar). Uning atrofiga paxta va turli naqshlar ishlanganligi raqqosa raqsining muzmunini chuqurlashtiradi, paxta va gullarga boy farovon O`zbekistonning ramziy obrazi namoyon bo’ladi, «Cho’pon» deb atalgan suyak o’ymakorligi ham ta’sirli chiqqan. Qo’zilar keng dalada o’tlashib yurishibdi. Uzoqdan baland tog’lar ko’rinadi, cho’pon o’z bolasini allalayotgan onadek nayda yoqimli kuy chalmoqda.


    San’atkor suyakni shu qadar ehtiros va mohirlik bilan ishlaganki, uni tomosha qilgan kishiga cho’pon nayining ovozi, qo’y-qo’zilarning ma’rashi eshitilgandek tuyuladi. Mazkur asarlar uchun Ortiq Fayzullayev ko’rgazmaning kumush medali va diplom bilan taqdirlandi. Ortiq Fayzullayev hozirgi vaqtda suyak o’ymakorligining jumhuriyatimizdagi yagona ustalaridan. U xalq san’atining qaysi turiga murojaat qilmasin, doimo yangilikka intiladi, bu janrni ham shaklan, ham mazmunan boyitadi. San’atkor ijodiga xos bu fazilat uning Toshkentdagi «Sovg’a» fabrikasida bosh rassom bo’lib ishlab yurgan kezlarida ayniqsa kamol topdi. U yaratgan o’nlab sovg’a buyumlar turli konkurslarda katta muvaffaqiyat qozondi. Bu sovg’a buyumlariga ishlangan anvoyi bezaklar tekis va qabariq sirtlarga xos kompozisiya tufayli go’yo naqshlar jonlanib harakatga kelganday tuyuladi. Shunday ekan, milliy naqshlar bilan bezatilgan kichik hajmdagi har xil sovg’a buyumlari ishlab chiqarishni ko’paytirish lozim. Chunki, ko’pgina sovg’a buyumlarini faqat ko’rgazmalarda va muzeylarda ko’rish mumkin, xolos. Aksincha, bundan yodgorlik buyumlariga ega bo’lishni har bir xonadon sohibi jon dilidan istashi shubhasiz. Ortiq Fayzullayevning nozik didi, qalb ko’zi, chidam va matonati tufayli maydonga kelgan san’at durdonalari, madaniyat koshonalari, istirohat maskanlarining husniga husn qo’shmoqda, qadimiy xalq san’ati bizning davrimizda ham obro’ va e’tibor qozonishi mumkinligini isbotlamoqda.

    San’atkor yaratgan original va nafis asarlar faqatgina jumhuriyat va mamlakatimiz muzeylaridagina emas, balki Yaponiya, Germaniya, Polsha, Tursiya, Finlandiya kabi. chet ellardagi xalqaro ko’rgazmalarda namoyish qilingan. O’ymakor O’zbekiston, jahon kitob ko’rgazmalarini badiiy bezashda qatnashdi. O. Fayzullayev hozirgacha hammasi bo’lib 100 ga yaqin jumhuriyat xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etganligi uning tinmay izlanayotganligidan dalolat berib turibdi.



    DASTGOHLARDA AMALIY BAJARILADIGAN ISHLARGA KO`RSATMALAR

    O`quvchilarni mashq qildirishning amaliy ishlar topshiriqlari. Zagotovkani stanokka uch kulachokli o’z-o’zidan markazlanadigan patronga o’rnatib va qo’lda surib tashqi silindrik va tores sirtlariga ishlov bering.



    Mashqlardan maqsad:—uch kulachokli o’z-o’zidan markazlanadigan patronga mahkamlangan zagotovkani qo’lda uzatib yo’nishni o’rganish.

    Ish o’rniga kerakli jihozlari:—uch kulachokli o’z-o’zidan markazlanadigan patron; ish o’rnida zarur kalitlar, otvyortka, ostquyma va boshqalar; zagotovkalar, o’tuvchi, egilgan, o’ng xomaki keskich, hisoblash kattaligi 0,1mm ga teng shtangensirkul; o’lchash lnnenkasi, ishlanadigan detalning chizmasi.

    Tashkiliy ko’rsatmalar:—stanok shpindelining ulash dastasini o’rta vaziyatga qo’yish.«Prokat vallarni xomaki yo’nishga qoldiriladigan quymalar» jadvali va kesish tezligini tanlash uchun mo’ljallangan jadval normativlari bilan tanishish.

    1. Ish vaziyatida turish.

    2. Stanok shpindeliga uch kulachokli patronni o’rnatish

    3. Ish o’rniga chizmani, o’lchash va kesish asboblarini, moslamalarni, asboblarni va hokazolarni qo’yish.

    4. Zagotovka o’lchamlarining bajaraladigan ish chizmasiga mosligini tekshirish.

    5. Zagotovkaning diametri va uzunlngi chizmaga va dastlabki ishlash uchun qoldnriladigan qo’yimlar jadvaliga mosligini tekshirish.

    Misol. Diametri 35—40 mm va uzunlngi 20 mm li detallar uchun standart talabiga muvofiq xomaki va toza yo’nish uchun diametrga qoldiriladigan qo`yim kamida 5 mm bo’lishi kerak.

    Har xil detallarga ishlov bernshda mahsus qo’yimlarni aniqlash uchun «mahsus qo’yimlar jadvalidan» foydalaning.

    6. Zagotovkani o’z-o’zidan markazlanadigan uch kulachokli patronga o’rnatish, tekshirish va mahkamlash.

    Zagotovka patron kulachoklaridan keragidan ortiqcha chiqib qolib, yo’nish paytida titramasligi hamda keskich ta’sirida uzilib tushmasligi kerak, shuning uchun zagotovkani patron kulachoklaridan tayyorlanadigan detal diametridan ko`pi bilan 2,5— 3 kattalikda chiqarish tavsiya qilinadi.

    7. O`tuvchi keskichni keskich tutqichga o’rnatish va mahkamlash.

    Keskichni stanok markazlar o’qi bo’yicha keskich tutqichdan taxminan keskich dastasi balandligining 1 — 1,5 ulushiga chiqarib o’rnatiladi.

    8. Stanokning tezliklar qutisini shpindelning zarur aylanishlar chastotasiga sozlash.



    Download 0.83 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev, A. A. Kushakov

    Download 0.83 Mb.