Reja: Gellar Gellarning peptizatsiyalanishi




Download 3.12 Mb.
bet1/11
Sana23.09.2023
Hajmi3.12 Mb.
#83797
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Gellar va uning xillari.Gellarning peptizatsiyalanishi referat
Karbon kislotal-WPS Office


MAVZU: Gellar va unig xillari. Gellarning peptizatsiyalanishi va eskirishi. Sinersiya va bo’kish. Elektroforez va elektroosmos. Ular asosida elektrokinetik potensialni aniqlash usullari.
Reja:

  1. Gellar

  2. Gellarning peptizatsiyalanishi

  3. Elektroforez

  4. Elektroosmos

Gellar (lot. gelo — qotyapman) — qattiq moddalarning baʼzi xossalarini namoyon qiluvchi dispers sistemalar bilan suyuq yoki gazsimon muhit. Kolloid zarrachalar yoki polimerlarning makromolekulalari orasida molekulalararo kuchlar taʼsiri tufayli ichki strukturalar hosil qilish natijasida oquvchanlik xossasini batamom yoʻqotgan sistema iviq yoki, boshqacha aytganda. gel deb ataladi. Gellar shakl saklash, mustahkamlik, plastiklik va boshqa xossalarga ega. Ulardagi bu xossalar turli tabiatli, molekulyararo kuchlar orqali oʻzaro bogʻlangan, dispers faza zarrachalaridan tashkil topgan struktura hosil qiluvchi turlarning mavjudligi sababli vujudga keladi. Gel hosil boʻlganida sistemadagi dispers faza va dispersnoy muhit miqdorlari orasidagi nisbat oʻzgarmay qoladi. Baʼzi gellarning tarkibida dispers faza juda oz miqdorda (1—2% gacha) boʻladi. Tarkibida suyuklik koʻp boʻlgan ana shunday gellar liogellar deb ataladi. Ular yuqori molekulyar modda eritmalarining ivishidan hosil boʻladi. Bular katoriga kisel, qatiq va boshqalar kiradi. Quruq holatda olingan, tarkibida suyuqlik oz boʻlgan yuqori polimer moddalar ham gellardir. Ular qatoriga duradgorlik yelimi, kraxmal, kauchuk va boshqalar kiradi. Tarkibida suyuqlik oz boʻlgan ana shunday quruq gellar kserogellar deb ataladi. Koʻpincha, koagulyatsiya yoki "tuzlanish" hodisalari natijasida ham gellar hosil boʻladi. Ular koagellar deyiladi. Suyuqlikka solinganda boʻkib oʻz hajmini oshiradigan kserogellar elastik gellar, bukilmaydiganlari esa moʻrt gellar deb ataladi. Jelatin, kauchuk elastik gellar, silikat kislota, temir (III)-gidroksid, ammoniy gidroksid gellar moʻrt gellardir.
Struktura hosil qilgan sistema (gel)ning struktura hosil qilmagan sistema (zol)ga izotermik aylanishi tiksotropiya deb ataladi. Tiksotropiya hodisasi katta amaliy ahamiyatga ega. Masalan, yerni burgʻilashda burgʻi loy, kvars va boshqa tog’ jinslari qavatidan oʻtadi. Suv quyib parmalansa, togʻ jinslari quyuq massaga aylanib burgʻilashni qiyinlashtiradi. Agar suv oʻrniga tiksotrop loy eritmasi (masalan, bentonit suspenziyasi) ishlatilsa, u tog’ jinsi bilan aralashib, tiksotrop sistema hosil qiladi va burgʻilash osonlashadi. Tiksotrop gellar vaqt oʻtishi bilan hajmini kuchaytirib, dispersion muhitni siqib chiqara boshlaydi. Gelning oʻz-oʻzicha ikki qavatga (suyuq eritma va zich gelga) ajralish jarayoni — sinerezis sanoat mollari va oziq-ovqat ishlab chiqarish texnologiyasida koʻp uchraydi. Gellar hosil boʻlishi togʻ-kon ishida, polimer materiallar, katalizatorlar va sorbentlar i. ch.da, farmatsevtika, atir-upa va oziq-ovqat sanoatida muhim ahamiyatga ega.
Ko’pgina YuMB, masalan, agaragar, jelatina eritmalari xamda ba’zi bir 
gidrofob kolloid eritmalar va boshqa ma’lum sharoitda fazalarga ajralmagan xolda iviqlanadi yoki jelatinalanadi. Bunda hosil bo’lgan maxsulot iviq yoki gel deyiladi. 
Iviqlar yoki gellarda dispers faza zarrachalari xuddi eritmalardagi kabi erkin 
xarakat qila olmasdan, o’zaro bog’langan xolda bo’ladi. Bunday o’zaro bog’langan
mitsellalar oralig’i dispers faza bilan to’lgan bo’ladi. Ular o’z oquvchanligini 
yo’qotadi. Kauchuk, tselluloid, elim, jelatina, to’qimachilik tolalari, non, 
marmelad, ba’zi minerallar (agat, opol) gellar jumlasidandir. Dispers muxitga qarab gellar quyidagicha nomlanadi: dispers muxit suv bo’lsa «gidrogel», spirt bo’lsa «alkogel», benzol bo’lsa «benzogel». Suyuqligi oz yoki butunlay quruq gellar kserogellar deyiladi. Masalan, elim, kraxmal, un, pechene, qurigan non. Juda oz miqdorda (12%) quruq modda saqlovchi iviqlar liogellar deyiladi. Masalan kisel, prostokvasha, sovun va sovunsimon moddalar shular jumlasidandir. 
Peptizatsiya deb, gidrofob kolloidlarning koagulyatsiya mahsu-loti bo’lgan cho’kmalarni malum elektrolit tasirida yana qaytadan kolloid eritma xoliga qaytishiga aytiladi. Masalan, koagulyatsiyalangan Fe(OH)3 zoliga FeCI3 ning suvdagi eritmasi tasir ettirilsa, qaytadan temir (III) - gidroksidning kolloid eritmasi hosil bo’ladi. Bu protsess koagulyatsiyaga teskari bo’lgani uchun dekoagulyatsiya ham deyiladi. Cho’kmalarni zolga aylantiruvchi moddalarga peptizatorlar deyiladi.
Sovunnning yuvish tasiri ham peptizatsiya bilan bog’liq. Bunda sovunning kolloid ionlari kir zarrachalari tomonidan adsorbiya-lanadi va bu zarrachalarni zaryadlab, ularni kolloid eritma holiga o’tkaziladi.Zol holiga kelgan kir esa, suv bilan chiqib ketadi.
Yuqori molekulyar birikmalarning, masalan, agar - agar, jelatina eritmalari hamda bazi bir gidrofob kolloid eritma-lar - temir (III) gidroksid va boshqalar malum sharoitda fazalarga ajralmagan xolda iviqlanishi yoki jelatinlanishi mumkin, bunda hosil bo’lgan maxsulot iviq yoki gel deyiladi.
Bunday o’zaro bog’langan mitsellalar oralig’i dispers faza bilan to’lgan bo’ladi. SHunday qilib iviqlar va gellar ichki strukturalar hosil bo’lganligi sababli o’z oquvchanligini yuqotgan kolloid sistemalardir.
Masalan, kauchuk, elim, jelatina, xamir, marmeladlardir.
Ko’p gellar va iviqlar mexanik tasirlar, aralashtirish, silkitish natijasida suyuq holga, yani zol holiga o’tadi. Bular tinch holatda qoldirilsa, malum vaqtdan keyin gel yoki iviqqa aylanadi.


Download 3.12 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 3.12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Gellar Gellarning peptizatsiyalanishi

Download 3.12 Mb.