• Sanoat korxonalarining asosiy fondlari
  • Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va




    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/19
    Sana11.05.2023
    Hajmi0.5 Mb.
    #58368
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    Наъмуна (1)
    1 2 3 4 5 6 7 8 9 10, Doc1 (2), расмий хат, Tranzistor -tranzistorli mantiq (ttm ) elem entlar keng tarqalga, 61 A Ibroximov , 2734 26.11.2015, 1, Reference-356201104877, Imkoniyati cheklangan o\'quvchilarga tarix darslarida interfaol metodlarini qo\'llash, 11111111111111111111111111, 11111111111111111111111111, 6T jsgC327x9Aj-7eYoClZUH4cf4S7Qr, MUSTAQIL ISH 2, Pentium Slayd


    SANOAT KORXONALARIDA ASOSIY ISHLAB 
    CHIQARISH FONDLARINING JISMONIY VA 
    MA’NAVIY ESKIRISHINI OLDINI OLISH 
    MUAMMOLARI 
    Reja:
    1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va 
    tuzilishi
    2. Asosiy fondlarni baholash
    3. Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi
    4. Asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari
    5. Ishlab chiqarish quvvatlari va ulardan foydalanishni yaxshilash 
    yo’llari


     
    1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi
    Mamlakatning qudrati, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining 
    moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to’laroq qondirish shu mamlakat resurslari, 
    ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi. 
    Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxona (firma)lari qanchalik 
    ko’p resurslarga ega bo’lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo’ladi. Agar u 
    ana shu resurslardan to’la-to’kis, oqilona foydalana olsa, albatta buyuk davlatga 
    aylanadi.
    Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o’rni bor. 
    Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko’rsatish va mahsulot ishlab 
    chiqarish mumkin emas. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida 
    mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok 
    etadi. Mehnat buyumlariga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim 
    tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, elektr quvvati, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va 
    h.k.lar kiradi. Mehnat vositalariga mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, 
    yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino 
    va inshootlar kiradi.
    Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi 
    ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida 
    qatnashish roliga ko’ra asosiy va Aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari 
    asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.
    Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida uzoq davr 
    bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok 
    etadigan hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o’z qiymatini tayyorlanayotgan 
    mahsulotga asta-sekin, o’tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi
    1
    . Ular ish 
    bajarishda, xizmat ko’rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar. 
    Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar. Mehnat 
    buyumlari va tayyor mahsulotlarni saqlash va ularni bir o’rindan ikkinchi o’ringa 
    1
    Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.132.


    tashish kabi ishlarni bajarish uchun xizmat qiladilar.
    Asosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko’ra ishlab chiqarishda 
    bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ishlab chiqarish jarayonida 
    qatnashadigan va qatnashmaydigan fondlarga ajratiladi.
    Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning maqsadi moddiy 
    boyliklar yaratishda ishtirok etishga qaratilgan bo’lsa, ishlab chiqarishda 
    qatnashmaydigan asosiy fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va madaniy 
    ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.
    Sanoatning asosiy fondlari mamlakat milliy boyligining muhim qismini 
    tashkil etib, bu ko’rsatkich mustaqillik yillarida yildan yilga oshib bormoqda. 
    1995-2015 yillar mobaynida sanoatning asosiy fondlari 576 marta o’sdi. 
    O’zbekiston Respublikasi sanoatining jami asosiy ishlab chiqarish fondlari 
    qiymatining dinamikasini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.
    9- jadval Sanoat korxonalarining asosiy fondlari

    Download 0.5 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va

    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish