Termiz davlat universiteti




Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/45
Sana30.01.2023
Hajmi1.46 Mb.
#40221
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
2iqtisodiy xavfsizlik
Sonni kasrini toping, LcVJb5VVH5jKoS2M-49, a0XqCP7LkvMiISuYw09micep853GqwWGFB62FNYu 2, bed66118ac597e1d9235b7cd898c7b5e @mustaqilishlar Kon elektromexanika, 7-sinf jurnali, 770763 (1), Qishloq xojaligi mashinalari va chorvachilik fermalarining mashina detallarini tamirlash jihozlari, file, PASPORT[1]


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 
Iqtisodiyot fakulteti 
 
Iqtisodiyot kafedrasi 
«IQTISODIY XAVFSIZLIK» 
 
fanidan 
 
MA’RUZA MATNLARI TO’PLAMI
 
 
Bakalavriatning 5230100-«Iqtisodiyot» ta’lim yo’nalishi uchun 
T e r m i z - 2014



 
KIRISH 
 
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiy-
iqtisodiy qarorlar qabul qilishda orientir bo’lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning 
namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiy 
xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi 
yuzaga keladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning «O’zbekiston XXI asr 
bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» 
asarining muqaddimasida “xavfsizlik”, “barqarorlik” va “sobitqadam rivojlanish” 
kabi tushunchalar do’stlik va hamkorlikning ramzi ekanligi va “aynan ana shu 
tushunchalar har bir mamlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi 
uchun mustahkam poydevor”
1
yaratishi alohida ta’kidlab o’tilgan. SHuning uchun 
ham O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davomida xavfsizlikni, barcha 
sohalarda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasida izchil siyosat olib bordi.
Inson hayot faoliyatining barcha sohalarida unga u yoki bu darajada ta’sir 
ko’rsatadigan xavf-xatarlar mavjud bo’lib, shu faoliyatni amalga oshirishda, yaqin va 
uzoqni ko’zlab, maqsadlar qo’yishda ularni hisobga olish kerak bo’ladi. Aks holda 
ushbu xavf-xatarlar real tahdidga aylanib, jamiyatdagi barqarorlikka putur yetkazishi 
mumkin. 
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishlarini belgilashda, ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ularning oqibatlarini xavfsizlik nuqtai- 
nazaridan tahlil qilmasdan va baholamasdan turib biror bir yo’nalishga ustuvorlik 
berish 
davlat 
va 
jamiyatning 
hayot 
faoliyatini 
ta’minlovchi 
tizimlarning 
parokandaligiga olib kelishi mumkin. 
Mintaqaviy va lokal urushlar, texnogen xarakterga ega bo’lgan halokatlar
dunyoning bir mamlakatida boshlanib, tezlik bilan boshqa mamlakatlarga ham 
tarqalayotgan inqirozlar, terroristik aktlar ham milliy, ham xalqaro darajalarda 
xavfsizlikni ta’minlashning zaruriyatini cheksiz oshirmoqda. 
AQSH ipotekali kreditlash tizimida ro’y berib, keyinchalik dunyoning boshqa 
mamlakatlariga tarqalib, global xarakter kasb etgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz 
jahonning hech bir davlati xavf-xatarlardan kafolatlanmaganligini namoyon qildi. 
O’zbekiston ham
Download 1.46 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish