• Etiologiyasi.
  • Patologik anatomiyasi
  • Diagnostikasi.
  • Maxsus tekshirish metodlari. Rentgenologik tekshirish­lar.
  • Darsliklar, qo‘llanmalarning ro‘yxati
  • II. Qo‘shimcha
  • Toshkent tibbiet akademiyasi fakultet va gospitali xirurgiya kafedrasi




    Download 140.18 Kb.
    bet2/2
    Sana25.03.2017
    Hajmi140.18 Kb.
    1   2

    Surunkali pankreatit

    Surunkali pankreatit mustaqil kasallik xisoblanmay, balki o‘tkir pankreatitning davomi va natijasi bo‘lgan faza xolati hisoblanadi, xolos.

    Klassifikatsiyasi: Surunkali pankreatitning xar hil klinik kechishi bilan farq qiladigan quyidagi formalari tafovut qilinadi (M. I. Kuzin va muallifdoshlari).

    1. Surunkali qaytalanadigan pankreatit.

    2. Surunkali og‘riqli pankreatit.

    3. Surunkali pankreatitning latent (og‘riqsiz) formasi.

    4. Soxta tumoroz pankreatit.

    5. Surunkali kalkulyoz pankreatit.

    6. Surunkali soxta kistali pankreatit.

    Etiologiyasi. Surunkali pankreatitning etiologik omillari qatoriga me'da osti bezi bilan anatomik va fiziologik jixatdan bog‘langan organlarning (o‘t pufagi, o‘t yo‘llari, jigar, me'da, o‘n ikki barmoq ichak) xar xil zararlanishlarini, alkogolizm, oriqlab ketish, turli dori-darmonlar va ximiyaviy omillar ta'siri, me'da osti bezi shikastlari, o‘tkir va surunkali infeksiyalar, intoksi­katsiya, bez yo‘li sistemasi, me'da osti bezidagi o‘zgarishlar (birlamchi o‘smalar)ni kiritish mumkin.

    Patogenezi. Surunkali pankreatitning o‘tkir pankreatit patogenezi bilan ko‘p o‘xshash tomonlari bor. Kasallik qaytalanishi jarayonga me'da osti bezining yangi-yangi bo‘limlari tortilishiga olib keladi, bu vaqti kelganda funksional parenximaning chandiqli biriktiruvchi to‘qima bilan almashinuviga sabab bo‘ladi, bez yo‘llarida va paravazal kletchatkadagi sklerotik o‘zgarishlarga olib keladi.



    Patologik anatomiyasi. O‘tkir va surunkali pankreatit me'da osti bezi atsinoz xujayralarining o‘z-o‘zini hazm qilishi, yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishi, jonsizlangan parenxima o‘rnida biriktiruvchi to‘qima o‘sib kalinlashishi, jarayon avj olganda esa organ sklerozi bilan o‘tadigan nekrozi bilan xarakterlanadi. Biriktiruvchi to‘qima jadal rivojlanishi natijasida bez zichlashadi va aksariyat xajmi o‘zgaradi. Mikroskopik tekshirishda to‘qima fibrozi bilan bir vaqtda uning yallig‘li infiltratsiyasi, lipomatoz, bez yo‘llari devorida yallig‘lanish o‘zgarishlari kuzatiladi. Ba'zan bez yo‘li bo‘shlig‘i obliteratsiyasi: bez to‘qimasiga tuzlar va kalsiy yig‘ilishi natijasida ko‘p sonli mayda kistalar topiladi.

    Klinikasi. Surunkali pankreatitning asosiy klinik belgilari og‘riq sindromi; me'da osti bezi tashqi sekreter yetishmovchiligi avj olishiga aloqador xazmning buzilishi; insulyar apparat funksiyasi buzilishining klinik simptomlari; biliar (o‘t) gipertenziyasi sindromi (mexanik sariqlik, xolangit, ikkilamchi xoletsistit); me'da osti bezi kistalari va oqmalari kabi pankreatit asorati simptomlari, segmentar portal gipertenziya, duodenal staz va boshqalar.

    qorinning yuqori yarmidagi og‘riq bemorni tibbiy yordamga murojaat qilishga majbur etgan eng muxim va ilk simptomlardan biri xisoblanadi. Og‘rik g‘ir atrofni o‘rab oladi, orqaga kurak orasi soxasiga, o‘ng qovurg‘alar ostiga beriladi. Og‘riq doimiy yoki xurujsimon bo‘ladi. Og‘riq xurujlari bir necha soatdan 4-6 sutkagacha davom qiladi. Ko‘pincha bunga parhyezning buzilishi sabab bo‘ladi.

    Dispeptik buzilishlar, ko‘ungil aynishi, qusish, so‘lak oqishi, ich buzilib turishi (qabziyat ich ketishi bilan almashinib turadi) doimiy bo‘ladi, yoki faqat qo‘zish davrida kuzatiladi.

    Diareya alkogolli pankreatitli bemorlar uchun ayniqsa xos. Shuningdek kreatoreya (xazm bo‘lmay qolgan mushak tolalari) va steatoreya (xazm bo‘lmagan yog‘lar) xam bo‘ladi. Surunkali pankreatit uchun axlat massalari xajmi ko‘payishi ayniqsa xarakterli.

    Me'da osti bezining ichki sekreter funksiyasi buzilishlarining klinik belgilari surunkali pankreatitning nisbatan kechikkan simptomlaridan bo‘lsada, birmuncha ko‘p uchrab turadi, ular kandli diabet, kamroq gipoglikemiya avj olishi bilan xarakterlanadi.

    Biliar gipertenziya sindromi, ya'ni mexanik sariqlik surunkali pankreatitning eng muxim asoratlaridan biri xisoblanadi. U remittirlovchi va doimiy xarakterda bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik bemorlarda sariqlik axoliya bi­lan birga uchraydi, me'da osti bezi boshchasining shishi, indurativ pankreatit oqibatida o‘t chiqaruv yo‘llarining; bosilishi bez yo‘llarida va Oddi sfinkterida chandiqli va yallig‘lanish o‘zgarishlari, katta duodenal so‘rg‘ich ampulasidagi tosh natijasi xisoblanadi.

    Bemor ba'zan xaddan tashqari oriqlab ketadi. Buning sabablari: pankreatik fermentlarning yetarlicha ishlanmasligi va o‘n ikki barmoq, ichakka tushmasligi, parhyezga rioya qilmaslik, og‘riqning zurligidan ovqat yeyishdan qo‘rqish. Ko‘pgina bemorlarda og‘riq xurujlari shira xaydovchi xossalari bo‘lmagan hatto oz miqdorda suyuq ovqat ichilgandan keyin xam paydo bo‘ladi.

    Ob'ektiv tekshirishda mustaqil og‘riqlar bilan birga surunkali pankreatit diagnostikasida qorin va orqani paypaslaganda og‘riq, borligini aniqlash ham katta ahamiyatga ega. Surunkali pankreatiti bor bemorlarning taxminan 1q4 qismida kattalashgan va og‘riydigan me'da ostini paypaslab ko‘rishga muvaffak bo‘linadi. qorin devorida bir qancha punktlar borki, ular paypaslab ko‘rilganda og‘riq bo‘lishi, me'da osti bezi, ayniqsa dum qismi zararlanishiga xos bo‘ladi. Mey-Robson nuqtasi (kindikni chap qovurg‘a ravog‘ining o‘rta qismi bilan tutashtirib turadigan tashqi va o‘rta chiziq, chegarasida); Kach nuqtasi (kindikdan 5 sm yuqorida chap to‘g‘ri mushak proeksiyasida); Malle-Gi nuq­tasi (chap to‘g‘ri mushak tashqi chekkasi bo‘ylab qovurg‘a ravog‘ining naq pastida) shunday nuqtalar jumlasiga kiradi.

    Oshqozon osti bezi palpatsiyasi Grot usulida bajariladi. Bu usul 3 bosqichdan iborat. Grot bo‘yicha oshqozon osti bezini palpatsiyasidagi birinchi bosqisi. Bemor chalkancha yetgan xolda oeqlari tizza soxasida bukilgan va beliga qo‘lini musht qilib qo‘ygan. Shifokor qo‘l barmoqlarini kindik va chap qovurg‘a osti orasiga kiritib bezni palpatsiya qiladi. Grot bo‘yicha oshqozon osti bezini palpatsiyasidagi ikkinchi bosqichi. Bemor tanasini bir oz oldinga tashlagan xolda turadi. Shifokor chap qo‘li bilan bemorni belini 12 qovurg‘a soxasida ushlab turadi, o‘ng qo‘li bilan esa kindik va chap qovurg‘a osti orasini palpatsiya qiladi. Grot bo‘yicha oshkozon osti bezini palpatsiyasidagi uchinchi bosqisi. Bemor o‘ng yenboshida, oeqlarini bir oz tizza soxasida bukib, o‘ng qulini bosh orqasiga qo‘ygan xolatda yetadi. Shifokor qo‘l barmoqlarini kindik va chap qovurg‘a osti orasiga kiritib bezni palpatsiya qiladi.

    Diagnostikasi. Surunkali pankreatit diagnostikasi kasallikning sub'ektiv klinik simptomlari, laboratoriya analizlari ma'lumotlari va maxsus tekshirish metodlari natijalari asosida o‘tkaziladi.

    Jarayon avj olgan davrda laboratoriya tekshirishlaridan fermentlar - amilaza, tripsin, lipaza, transaminaza ko‘rsatkichining oshishiga axamiyat beriladi. Xurujlararo davrda u normal bo‘ladi.

    Koprologik tekshirishlar ko‘p miqdorda hazm bo‘lmagan mushak tolalari (kreatoreya) va neytral yog‘ tomchilari (steatoreya) borligini ko‘rsatadi.

    Maxsus tekshirish metodlari. Rentgenologik tekshirish­lar. Rentgenologik metod surunkali pankreatitli bemorlarni tekshirishda asosiy usullardan biri xisoblanadi. Nahorga o‘tqaziladigan rentgenologik tekshirish uchun maxsus tayyorgarlikning hojati yo‘q. Tekshirish qorin bo‘shlirini ikki proeksiyada obzor rentgenografiya qilishdan boshlanadi. Bu bez parenximasidagi oxaklanish yoki uning yo‘llaridagi konkrementlarni aniqlash uchun zarur, ular rentgenogrammalarda topiladi. Me'da osti bezida kalsifikatsiya topilishi surunkali pankreatitning ishonchli rentgenologik simptomi xisoblanadi.

    Surunkali pankreatitda ultratovush bilan tekshirish va kompyuter tomografiya butun bezning yoki faqat bosh­chasining kattalashganini (soxta tumoroz pankreatit), bez bag‘ridagi kistoz o‘zgarishlarni topishga imkon beradi.

    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
    Bir muncha hollarda umurtqa pog‘onasidan o‘ng va chap tomonda II-III bel umurtqalari satxida joylashgan, bez yo‘li bo‘shlig‘ida toshlar yoki bez bag‘ri parenximasida kalsinatlar borligiga bog‘liq zich exostrukturalar aniqlanadi.

    Bez radioizotop skanirlanganda surunkali pankreatitning eng tipik belgilariga yalliglanishning ilk bosqichlarida ssintigrafik tasvirning kuchayishi, izotop yig‘ilishi nuqsonlari kiradi, bular me'da osti bezining kistali o‘zgarishlari yoki parenximasyning oxaqlanganidan dalolat beradi.

    Surunkali pankreatit diagnostikasida o‘t chikaruv sistemasini retrograd kontrastlash imkoniyati xam katta axamiyatga ega, bu usul ikkilamchi pankreatitga sabab bo‘lgan o‘t yo‘llaridagi toshlarni aniqlashga, shuningdek birlamchi pankreatitda umumiy o‘t yo‘lining tubulyar stenozini diagnostika qilishga imkon beradi.

    Fibroduodenoskopiya surunkali pankreatitning bilvosita belgilarini aniqlashda va uni me'da osti bezi o‘smalaridan farq qilishda ko‘p axborot beradi. Ayni vaqtda u shikast yetqazmaydi va yetarli darajada xavfsiz. Biroq, o‘t va pankreatik yo‘llarni retrograd kontrastlash o‘tkir pankre­atit va xolangit xurujlari tutishiga, pankreanekroz rivojlanishiga, bosh pankreatik yo‘l yopilishiga va boshqalarning paydo bo‘lishi imkoniyatini oshiradi.

    Klinik pankreatitning ilk bosqichlarida angiografik tekshirishlar (seliako-va mezenterikografiya) gipervaskulyarizatsiya zapasini, so‘ngi bosqichlarda esa tomir rasmining tarqoq fibrozodiffuz qashshoqlanishi, arxitektonikasining o‘uzgarishi, jigar kistalari rivojlanayotganda tomirlarining so‘rilishi yoki qisilishini ko‘rsatadi. Differensial diagnostikasi. Faqat umum klinik va laboratoriya tekshiruvining o‘ziga asoslanib, me'da osti bezi zararlanishini aniqlash va surunkali pankreatit diagnozini ishonch bilan qo‘yish mumkin emas. Shuning uchun qorin bo‘shliqning xar xil kasalliklari bilan differensial diagnostika o‘tkazish zarur: 1) kalkulyoz xoletsistit va xoledolitiaz, 2) me'da osti bezi turli bo‘limlari, periampulyar zona, me'da, yo‘g‘on ichak o‘smalari, 3) penetratsiyalovchi gastroduodenal yaralar, 4) aorta anevrizmasi, 5) qorin stvoli va yuqori ichak tutqich arteriyaning aterosklerotik zararlanishlari, 6) toj arteriyalarning stenokardiya xodisalari bo‘lgan aterosklerozi va boshqa.



    Davolash. Xurujlararo davrda yog‘lik, o‘tkir, qovurilgan ovqatlar istisno qilingan maxsus parxez ovqatdan iborat. Ayni vaqtda parhyez yuqori kaloriyali va oson xazm bo‘ladigan oqsillarni yetarli miqdorda saqlagan bo‘lishi kerak. Xazmni yaxshilash uchun bemorlarga me'da osti bezi fermentlarini o‘zida saqlagan (pankreatin, festal, panzinorm) preparatlarni berish tavsiya etiladi.

    Surunkali pankreatitning xar bir qo‘zishini o‘tkir pankreatit xuruji sifatida ko‘zdan kechirmok lozim. qo‘zish davrida davolash xuddi o‘tkir pankreatitni davolash prinsiplari bo‘yicha o‘tqaziladi.

    Asoratlanmagan surunkali pankreatitni davolashning asosiy metodi konservativ usul xisoblanadi: 1) surunkali pankreatitni kasallik fazasiga ko‘ra davolash, 2) me'da osti bezi funksional yetishmovchiligini bartaraf etish, 3) bosqich bilan davolash va profilaktikasi.

    qo‘zish fazasida davolash: a) og‘riqka qarshi kurash, b) antiferment terapiya.

    Surunkali fazada davolash: a) me'da osti bezi sekretor yetishmovchiligini bartaraf qilish, b) vitaminlar bilan davolash, v) me'da osti bezi inkretor yetishmovchiligini bartaraf qilish.

    Surunkali pankreatitning aksariyat qo‘shni organlar kasalliklari zaminida paydo bo‘lishini nazarda tutish lozim, shunga ko‘ra qo‘shni organlarni xirurgik davolash surunkali pankreatit kechishini yaxshilaydi. Me'da, o‘n ikki barmoq ichak, o‘t yo‘llarida patologiya bo‘lmaganda me'da osti bezining o‘zida operatsiya o‘tqazish masalasi paydo bo‘lishi mumkin. Bu xolda qo‘yidagilar operatsiyaga ko‘rsatma bo‘la oladi: bez yo‘llarida tosh borligi, bez yo‘lidagi chandiqli striktura, og‘riq beradigan pankreatitning og‘ir formalari. Xirurgik davolashning asosiy maqsadi - pankreatit shiraning me'da-ichak yo‘llariga oqib tushishi uchun optimal sharoitlar yaratishdan iborat.

    Operatsiya vaktida me'da osti bezi, o‘t chiqaruvchi yo‘llar va o‘n ikki barmoq ichakni qunt bilan intraoperatsion taftish (reviziya) qilish zarur. Shu maqsadda intraoperatsion xolegrafiya, exografiya va o‘t pufagini tekshirish amalga oshiriladi. Operatsiya vaqtida bez yo‘liga duodenal so‘rg‘ich orqali kanyulya qo‘yish yordamida retrograd pankretografiya yoki bez yo‘lining kengaygan distal qismini bez to‘qimasi orqali punksiya qilinadi.

    Pankreatik yo‘l oxirgi qismining unchalik katta bo‘lmagan strikturalarida transduodenal papillosfinkterotomiya bilan me'da osti bezi yo‘lini transpapillyar drenajlash tavsiya qilinadi. Pankreatik yo‘lda katta strikturalar bo‘lganda bunday operatsiyani qilib bo‘lmaydi, bunda bez bag‘ri orqali uzunasiga kesilgan pankreatik yo‘l bilan Ru bo‘yicha uzib qo‘yilgan och ichak qovuzlog‘i o‘rtasida anastomoz qo‘yish - bo‘ylama pankreatoeyunostomiya operatsiyasi eng maqsadga muvofiq, bo‘ladi.

    Bez yo‘li boshchasi va tanasi soxasi anchagina torayganda bezning distal qismini rezeksiya qilish va uni Ru bo‘yicha uzib qo‘yilgan och ichakka tikish lozim. Bunday operatsiyadan maqsad pankreatik shirani retrograd yo‘nalishda oqib ketishiga sharoit yaratib berishdan iborat. Bezning katta qismidagi faoliyat ko‘rsatib turgan parenxima patologik jarayon oqibatida badar xalok bo‘lganda, bez yo‘li sistemasida diffuz sklerotik o‘zgarishlar yuzaga kelganda va surunkali pankreatitning asosiy simptomlari keskin yuzaga chiqgan va konservativ davo usullari kor qilmaydigan xollarda me'da osti bezi (dumi, tanasi va pankreattektomiya) rezeksiya qilinadi.

    Me'da osti bezi kistalari bezning o‘zida hamda uni o‘rab turgan to‘qimalarda kapsula bilan chegaralangan suyuqlik yig‘ilgan bo‘shliqdardan iborat. Kasallik turli yoshga oid guruxlarda, erkaklar va ayollar o‘rtasida bir xilda uchraydi.

    Kelib chiqishiga ko‘ra kistalarni quyidagi 5 ta turga bo‘lish mumkin: 1) embrional davrdagi rivojlanish negizida kelib chiqqan kistalar (bularga dermoid kistalar, oddiy kistalar, bezdagi fibroz-kistoz o‘zgarishlar va bezning polikistoz buyrak yoki jigar tipi bo‘yicha polikistoz o‘zgarishlari kiradi); 2) yallig‘lanish jarayoni sababli kelib chiqqan kistalar (bez bo‘laklarining chiqaruv yo‘li bekilib qolishidan paydo bo‘lgan soxta, ko‘p kamerali, retension kistalar); 3) shikastdan keyin yuzaga kelgan kistalar; 4) o‘sma-kistalar (sistadenoma, sistadenokarsinoma, teratoma); 5) parazitar kistalar (exinokokk).

    Patologik anatomiyasi. Kistalarning hosil bo‘lish sababi va mexanizmlariga, devorlarining tuzilish xususiyatlariga ko‘ra me'da osti bezining shuningdek chin va soxta kistalarini farq qilish lozim.

    Chin kistalarga tug‘ma bezning tug‘ma dizontogenetik kistalari, orttirilgan retension kistalar, sistadenomalar va sistadenokarsinomalar kiradi. Chin kista ichki yuzasida epitelial qavat borligi uning nisbiy xususiyati xisoblanadi. Chin kistalar bez kistalarining 20 foizini tashkil qiladi.

    Darsliklar, qo‘llanmalarning ro‘yxati

    I. Asosiy:

    1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

    Toshkent Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.

    2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.

    3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

    4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

    5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red.M.I.Kuzina., Meditsina, 2002.

    6. Metodicheskoe posobie po gospitalnoy xirurgii. Nazыrov F.G. s soav.Tashkent 2004g.

    7. Klinicheskaya xirurgiya. Pod red. Pansыreva Yu.M. M. «Meditsina», 1988

    8. Vorobev A Spravochnik prakticheskogo vracha v 3x tomax. 1990

    9. Konden R., Neyxus L. Klinicheskaya xirurgiya Moskva.

    Moskva (rus. Москва) - Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan.
    Praktika 1998

    10. Nazirov F.G., Denisov I.I., Ulugbekov E.G. Spravochnik-putevoditel praktikuyuщego vracha. Moskva, 2000.

    11. Petrovskiy B.V. red. Rukovodstvo po xirurgii (v 12 tomax) M.Meditsina 1959-1966.
    II. Qo‘shimcha:

    12. Astapenko V.G. Prakticheskoe rukovodstvo po xirurgicheskim boleznyam. Minsk, 2004.

    13. yeroxin I.A., Gelfand B.R., Shlyapnikov S.A. Xirurgicheskie infeksii. Sankt-Peterburg, 2003.

    14. Savelev V.S. 50 leksii po xirurgii. Moskva 2004.

    15. Osnovы operativnoy xirurgii. Pod red. S.A.Simbirseva, 2002.

    16. Prikladnaya laparoskopicheskaya anatomiya: bryushnaya polost i malыy taz. Vind G. Dj. 1999 god

    17. Diagnosticheskiy spravochnik xirurga – Astafurov V.N. 2003.

    18. Atlas drenirovaniya v xirurgii – Gulman M.I. 2004.

    19. Laparoskopicheskaya i torakoskopicheskaya xirurgiya – Konstantin Frantzaydes. 2000.

    20. Rukovodstvo po xirurgii jelchnыx putey – Galperin E.I.2009g

    21. Osnovы krioxirurgii pecheni i podjeludochnoy jelezы. Alperovich B.I.2006g

    22. Neotlojnaya pankreatologiya – Kostyuchenko A.L.2000g

    23. Zdravыy smыsl v neotlojnoy abdominalnoy xirurgii – Moshe Shayn.2003g

    24. Neotlojnaya abdominalnaya xirurgiya – Maystrenko N.A.2002g



    25. Abdominalnaya xirurgiya – Grigoryan R.A. V 2-x tomax.2006g

    26. Xirurgicheskaya operatsiya. Rasstroystvo gomeostaza, predoperats. podgot. - I.Ya.Makshanov. 2002 g.

    Download 140.18 Kb.
    1   2




    Download 140.18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent tibbiet akademiyasi fakultet va gospitali xirurgiya kafedrasi

    Download 140.18 Kb.