Toshkent tibbiet akademiyasi fakultet va gospitali xirurgiya kafedrasi




Download 2.64 Mb.
bet3/14
Sana25.03.2017
Hajmi2.64 Mb.
#2207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Anatomik-fiziologik ma'lumotlar

Me'da osti bezi (g. pancreas) xazm yo‘lining eng muxim bezlaridan biri bo‘lib, juda katta fizilogik vazifani bajaradi. Ichki va tashqi sekret ishlab chiqarish funksiyasini bir vaqtning o‘zida bajaradigan bu aralash bez faqat xazm jarayoniga emas, balki metabolizmning boshqa ko‘pgina tomonlariga xam jiddiy ta'sir ko‘rsatadi.

Uning anatomik joylashuvi, jigar, me'da, taloq, arteriya va qopqa vena sistemasining yirik arteriyalari quyosh chigalining postganglionar tarmoqlari bilan chambarchas aloqasi unda operatsiya o‘tqazishni birmuncha qiyinlashtiradi va xirurglardan bu xayotiy muxim organga kirish yo‘llarini puxta o‘rganish va operatsiyaning ta'sirchan va extiyotlaydigan usullarini izlab topishni talab etadi.

Me'da osti bezi qorin pardasi orqasidagi bo‘shlikda I-II bel umurtqalari satxida joylashib, umurtqa pog‘onasini ko‘ndalang yo‘nalishda kesib o‘tadi, shu tufayli boshchasi va tanasining boshlanishi o‘rta chiziqdan o‘ng tomonda, tana va dumining ko‘proq qismi esa chap tomonda bo‘ladi. Bez o‘lchamlari ± 16x4x2,5 sm, og‘irligi taxminan 60-70 g (1 rasm).

Me'da osti bezining boshchasi o‘n ikki barmoq ichak taqasiga kiradi, dumi esa taloq darvozasiga yetib boradi. Meda osti bezi uning oldingi-yuqori satxi bo‘ylab o‘tadigan, katta charvi xaltasining orqa devoridagi (bursa omentalis) tomirlar, nervlar, yo‘llar va parietal qorin pardasi varag‘i bilan maxkamlangan.

Arterial va venoz qon-tomir sistemasi. Me'da osti bezi truncus coeliacus tarmoqlaridan, boshchasi - a. pancreaticoduodenalis dan, tana va dumi a. lienalis dan oziqlanadi, bu arteriya me'da osti bezining yuqori chekkasi bo‘ylab o‘tib, aksariyat xatto uning parenximasiga kiradi va o‘z yo‘lida qator tarmoqlar (a. a. pancreaticus brevis) beradi. Bir nomdagi venalar qopqa vena sistemasiga qon olib boradi.

Innervatsiyasi. Meda osti bezi quyosh chigalining xam simpatik, xam parasimpatik tolalaridan innervatsiya qilinadi.

Bezning butun tanasi orqali asosiy yo‘l o‘tib, u ko‘p sonli bo‘lakchalar - ductus Wirsungi dan sekret yig‘adi va umumiy o‘t yo‘lining distal kesigi bilan o‘n ikki barmoq ichakning katta so‘rg‘ichiga papilla Fateri quyiladi. Asosiy yo‘ldan tashqari, 75-80% hollarda qo‘shimcha yo‘l - ductus Santorini uchraydi, u yo asosiy yo‘l bilan qo‘shiladi, yo bez boshchasidan kesib o‘tib, o‘n ikki barmoq, ichakda mustaqil, qo‘shimcha surg‘ich holida ochiladi. Virsung yo‘lining umumiy o‘t yo‘li bilan kushilishining bir necha variantlari bor: boshqa-boshqa bo‘lib ochilish, to‘lik bo‘lmagan, fater so‘rg‘ichidan markazroq, joyda ikkita yo‘lning qo‘shilishi ana shular qatoriga kiradi. Ko‘rsatib o‘tilgan anatomik xususiyat me'da osti bezi yo‘liga o‘t suyuqligi reflyuksi yoki o‘t yo‘llariga pankreatik shira tushishida ma'lum o‘rin tutadi.

Me'da osti to‘qimasi tashqi va ichki zonalari bo‘lgan epitelial xujayralardan tashkil topgan. Oxirgisi sekret ishlab chiqaradigan va xazm fazasida bo‘rtib turadigan granulalardan iborat. Bezsimon to‘qima orasida ichki sekretor funksiyani bajaradigan, kapsulaga o‘ralgan langergans orolchalari joylashadi. Orolchalar ko‘p sonli tomirlar va quyosh chigali sistemasidagi ozroq simpatik nerv tarmoqlari bilan o‘ralgan. Langergans orolchalari soni 2 milliongacha yetadi (1 g bezga 5 dan 25 minggacha).

Me'da osti bezining tashqi sekretsiyasida 24 soatda 1200-2200 ml pankreatik shira ishlab chiqariladi, uning solishtirma og‘irligi 1015 va ishkoriy reaksiyali (rN 8,5- 8,8). Me'da osti bezida quyidagi fermentlar bor: oqsillarni parchalaydigan proteazalar (tripsinogen, peptidaza, kollagenaza, ribodezoksiribonukleaza); 2 ta aktiv amilaza (alfa, betta), bular uglevodlar, lipazani parchalaydi, yog‘larni yog‘ kislotalar glitseringacha parchalaydi. Lipaza ta'sirini o‘t suyuqligi kuchaytiradi.

Tripsinogen bez yo‘llarida aktivmas, biroq o‘n ikki barmoq ichakka tushgandan keyin birdaniga enterokinaza bilan aktivlanadi, u tripsinogenni tripsinga aylantiradi. Tripsin oqsil me'da shirasi ta'siriga uchragandan keyin (xlorid kislota va pepsin) oksillarni polipeptidlar va aminokislotalargacha parchalaydi.

Sekretsiya neyrogumoral yo‘l bilan: parasimpatik nervlar va ovqat luqmasi bilan uchrashganda o‘n ikki barmoq ichak shiliq pardasidan ajralib chiqadigan sekretin gormoni bilan idora qilinadi.

Me'da osti bezining ichki sekretor funksiyasi Langergans orolchalari ishlab chiqaradigan gormonlar xisobiga ruyobga chiqadi. Gipoglikemik gormon - insulin ishlab chiqaradigan V-xujayralar eng katta axamiyatga ega (insulin yetishmasligi qandli diabet rivojlanishiga olib keladi). Bundan tashqari, me'da osti bezi yana 2 ta gormon ishlab chiqaradi: jigarda yog‘ almashinuviga ta'sir qiladigan va jigarni yog‘li aynishdan saqlaydigan lipokain va o‘n ikki barmoq ichakda aktivlanadigan, gipotonik (tomir kengaytiruvchi) ta'siri bo‘lgan kallikrein (padutin) - xujayralar funksiyasi aniqlanmagan, bu faol bo‘lmagan, aynigan epiteliy bo‘lishi mumkin.



Download 2.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 2.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent tibbiet akademiyasi fakultet va gospitali xirurgiya kafedrasi

Download 2.64 Mb.