Toshkent tibbiet akademiyasi fakultet va gospitali xirurgiya kafedrasi




Download 2.64 Mb.
bet5/14
Sana25.03.2017
Hajmi2.64 Mb.
#2207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Differensial diagnostikasi.

O‘tkir pankreatitam birinchi navbatda me'da va o‘n ikki barmoq ichakning teshilgan yarasi bilan differensial diagnostika qilish kerak. Te­shilgan yara uchun bemorning navqiron yoshi, yarali anamnez, «xanjar bilan urgandek» og‘riq, qusishning yo‘qligi, «taxtasimon» qorin. Perkussiya qilganda jigar tumtoqligi yo‘qolishi va diafragma gumbazi ostida rentgenda tekshirishda aniqlanadigan o‘roqsimon xavo yo‘li borligi xos. O‘tkir pankreatit o‘t-tosh kasalligi bo‘lgan va yog‘ almashuvi buzilgan yoshi ulg‘aygan odamlarda uchraydi. O‘tkir pankreatit uchun og‘riqning g‘ir aylanib tutishi, irradiatsiyasi, qayta-qayta qusish, «mushak ximoyasi» simptomi yo‘qligi, qorin kepchishi, leykotsitoz, giperenzemimiya va diastazuriya xos.

O‘tkir xoletsistit va o‘t sanchig‘i xurujlari o‘tkir pankreatit bilan bir qator umumiy simptomlarga ega (to‘satdan boshlanishi, o‘tkir og‘riq, og‘riq irradiatsiyasi, peristaltika susayishi va b.) Biroq, o‘tkir xoletsistit uchun og‘riqning o‘ng qovurg‘alar ostida joylashuvi, mushak ximoyasi simptomi paypaslash vaqtida kattalashgan va og‘riydigan o‘t pufagi yoki o‘ng qovurg‘alar ostida infil­trat aniqlanadi, qon va siydikda diastaza ko‘rsatkichlari normal. Ko‘pincha o‘tkir pankreatit o‘t-tosh kasalligi zaminida rivojlanadi (xoletsistopankreatit).

O‘tkir pankreatit bilan o‘tkir mexanik ichak tutilib qolishi o‘rtasida differensial diagnoz quyidagi belgilar asosida o‘tkaziladi: o‘tkir pankreatitda og‘riq doimiy bo‘ladi va peristaltikaning susayishi yoki butunlay yo‘qolishi bilan o‘tadi, og‘riq qorinning yuqori va o‘rta qismlarida bo‘ladi. Aksincha, ichakning o‘tkir tutilib qolishida og‘riqlar qorinning xamma joyida to‘lqinsimon bo‘ladi; kasallikning dastlabki davrida peristaltika kuchli. Siydik va qonda me'da osti bezi fermentlari miqdorining yuqoriligi o‘tkir pankreatit diagnozini tasdiqlaydi.

O‘tkir appenditsit xam, o‘tkir pankreatit kabi, aksariyat epigastral sohada og‘riqdan boshlanadi. Biroq appenditsitda epigastral sohada og‘riq qisqa fursat bo‘ladi, 3-4 soat o‘tgach og‘riq o‘ng yonbosh sohasiga o‘tadi, qorin devorining taranglashuvi va rivojlanayotgan mahalliy peritonitning boshqa simptomlari bilan birga uchraydi. Siydik va qondagi diastazani tekshirish bu ikkala kasallik o‘rtasida uzil-kesil differensial diagnoz o‘tkazishga imkon beradi.

Diagnostikasi. O‘tkir pankreatit diagnozini qo‘yishda anamnez ma'lumotlari (ko‘p ovqat yeyish va ichkilik ichish, shikastlar va boshqalar), qorinning yuqori bo‘limida ko‘pincha og‘ir aylanib tutadigan kuchli og‘riq, uning taxikardiya va arterial bosimning pasayishi bilan o‘tishi asos bo‘lib xizmat qiladi. Peritonit rivojlangunga qadar qorin yumshoqligicha qoladi, biroq ko‘tarilgan bo‘ladi, peristaltika bo‘lmaydi. Ba'zan Meyo - Robson musbat simptomi bo‘ladi.

O‘tkir pankreatitda laparoskopik tekshiruvlar bu kasallikni oshig‘ich diagnostika qilishning eng qimmatli metodlaridan biri xisoblanadi. O‘tkir pankreatitda laparoskopiya o‘tkir pankreatit formasini aniqlashda, pankreonekrozning patobioximiyaviy turini bilishda yordam beradi, pankreatogen peritonit, qushilib keladigan kasalliklar (destruktiv xoletsistit) ni aniqlashga imkon beradi.

Laparoskopik tekshirishga kursatmalar quyidagicha: klinik manzaraning noaniqligi, pankreatit va qorin bushlig‘ining boshqa o‘tkir kasalliklari o‘rtasida differensial diagnostika qilish zarurligidir. O‘tkir pankreatitning klinik belgilari aniq bo‘lganda laparoskopiya kasallikning formasini aniqlash va davo muolajalarini bajarish uchun qilinadi.

Laparoskopiyani ilgari qorin bo‘shlig‘ida operatsiya o‘tkazilgan, shuningdek katta ventral churralari bo‘lgan bemorlarda qo‘llanish mumkin emas.

So‘nggi yillarda kompyuterli tomografiya va ultratovush bilan tekshirish eng ko‘p axborot beradigan usullar bo‘lib qoldi, ular me'da osti bezi o‘lchamlarini, strukturasining bir xil emasligini aniqlab beradi.

Qorin aortasi tarmoqlarini selektiv va superselektiv angiografiya qilish metodlarini klinikaga joriy qilish me'da osti bezi kasalliklarining diagnostikasini birmuncha yaypiladi. Angiografik tekshirish o‘tkir pankreatitda paydo bo‘ladigan me'da osti bezi angioarxitektonikasiga hos o‘zgarishlarni aniqlashga imkon beradi.

O‘tkir pankreatitning xamma angiografik simptomlarini uch guruxga bo‘lish mumkin: 1) me'da osti bezi arterial o‘zanidagi o‘zgarishlar; 2) me'da osti bezidagi gemotsirkulyasiya buzilishi; 3) me'da osti bezini o‘rab turgan tomirlardagi va qorin stvoli xavzasi tomirlaridagi o‘zgarishlar.

O‘tkir pankreatitda me'da osti bezi arterial o‘uzanidagi o‘zgarishlar arteriya bo‘shlig‘i kengayishi, surilishi, o‘zayishi va to‘g‘rilanishi, konturlarining noaniqligi, chaplashib ketganligi, shakli o‘zgarishi va torayishi, betartib joylashuvi, ayrim tomirlarning uzilishi, shuningdek tomir devoridagi nuqsonlardan iborat.

Rentgenologik tekshiruvda o‘tkir pankreatitning bilvosita belgilari aniqlanadi. Obzor rentgenogrammada me'daning kengayganligi, unda suyuqlik borligi aniqlanadi. O‘n ikki barmoq ichak qovuzlog‘i («takasi») kengaygan, parez xolatida.

Ba'zan o‘tkir pankreatit belgilari qorin bo‘shlig‘idan transparietal punksiya yordamida ekssudat olish, me'da osti bezini instrumentlar bilan paypaslash, o‘t pufagini transparietal punksiya va drenaj qilish kabi maxsus diagnostik muolajalar vositasida aniqlanishi mumkin.



Download 2.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 2.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent tibbiet akademiyasi fakultet va gospitali xirurgiya kafedrasi

Download 2.64 Mb.