• ZULFIYA SHE’RIYATIDA VATAN VA HIJRON MOTIVLARI MAVZUIDAGI KURS ISHI Ilmiy rahbar: _______________
  • Mavzuning dolzarbligi.
  • Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti




    Download 192 Kb.
    bet1/9
    Sana13.04.2022
    Hajmi192 Kb.
    #19653
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    kurs ishi namuna — копия
    1-SINF Musiqa, Kompyuter Tarmoqlari fanidan Amirov Bekzodning

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
    O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGI KAFEDRASI

    Qo‘lyozma huquqida




    Gumanitar fanlar fakulteti O‘TA 19/1 - guruh talabasi

    To‘rabekova Malika Hakim qizining



    ZULFIYA SHE’RIYATIDA VATAN VA HIJRON MOTIVLARI MAVZUIDAGI KURS ISHI

    Ilmiy rahbar: _______________


    Chirchiq – 2022
    Kurs ishi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasida bajarilgan.

    Ilmiy rahbar: ____________


    Himoya 2022-yil ______ oyining ____- kuni soat ___ da Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasida kurs ishlari himoyasi yig‘ilishida o‘tkaziladi.

    Kurs ishi 2022-yil _______ oyining _______kunida kafedraga topshirildi.


    Kurs ishi bilan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasida tanishish mumkin.

    Mundarija
    Kirish………………………………………………………………. ….4
    I.BOB. Zulfiya she’riyatining o’ziga xosligi …...……………...…….7
    1.1. Zulfiya ijodiyotining badiiy-estetik xususiyatlari………...….…….7
    1.2. Zulfiya lirik qahramonining ma’naviy olami……………………..11
    II.BOB. Adabiy ta’sir va badiiy mahorat……………...……………....18
    2.1. Zulfiya she’riyatida Vatan tarannumi………………………….…18
    2.2. Zulfiya lirikasida hijron tasviri………………….………………..24
    Xulosa…………………………………………………………………30
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………36

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. «Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish


    uchun hamma sharoitlarni yaratamiz», — degan edi Shavkat Mirziyoev Adiblar xiyoboniga tashrifi chog‘ida. 2020-yil 20-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Toshkentda barpo etilgan Adiblar hiyoboni va hiyobon yonida tashkil etilgan kutubxonaga tashrifi davomida Alisher Navoiy haykali atrofida 20 dan ziyod atoqli shoir va adiblarning haykallari yaxlit joylashtirilgan me’moriy va badiiy kompozitsiya hamda uning mantiqiy yechimi bilan tanishar ekan, Adiblar hiyobonini adabiyot, ma’rifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan oliy o‘quv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish
    bo‘yicha tavsiyalar bergan edi. Tashrif davomida hiyobon bilangina cheklanib qolmasdan, adiblar ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llari haqida
    kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish muhimligi haqida muhim
    topshiriqlar berilgan edi
    O`zbekiston chinakam mustaqillikni qo`lga kiritib, taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatorida xalqaro hamjamiyatda munosib o`rnini egallamoqda. O`zbekistonning mustaqillikga erishishi ilgari xukm surib kelayotgan siyosiy-iqtisodiy va tarbiyaviy tadbirlarga yangicha mazmun kiritadi. Ma`naviyat va ahloqiy poklikni qayta tiklash, xalqimizning milliy va madaniy merosiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish, qadimiy va zamonaviy milliy madaniy boyliklarni bilish, milliy, tarixiy va madaniy meros, an`analar tajribasini ta`lim, tarbiya tizimiga kiritish bugungi kunning dolzarb vazifalaridir.
    Hozirgi davrda fuqorolarning ongiga mustaqillik, vatanparvarlik, sadoqat kabi tushunchalarni singdirish, ularni kelajakka buyuk davlatning munosib farzandlari qilib kamol toptirish zamon talabidir. Har bir millatning ma`naviy boyligi umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil topadi. Madaniy meros o`tmishning yutug`i, uni to`la va oqilona egallash, takomillashtirish esa hozirgi zamon avlodlarining muqaddas vazifasidir. O`zining madaniy meroslarining, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik esa millat va uning istiqboli uchun katta fojiadir. «Jamiyat taraqqiyotining, asosiy, uni muqarrar falokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch ma`rifatdir».
    Ma’lum qilinishicha, mamlakat ta’lim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident Sh.Mirziyoyev farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat regulation.gov.uz portaliga qo‘yilib, barcha hududlarda, mahalliy kengashlarda va maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama qilindi.
    Farmon loyihasida ta’limdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini ko‘rsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar qamrab olingan.
    Jumladan, jamiyatda muallimning obro‘-e’tibori va maqomini ko‘tarish, o‘quv dasturlari va metodikasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, maktabni ta’limning keyingi bosqichlari bilan uzviy bog‘lash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etib, o‘z ustida ko‘proq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni rag‘batlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi ma’naviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda.

    Download 192 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 192 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

    Download 192 Kb.