• 1-bob. Umumiy qoidalar
  • 2-bob. Funksiyalar
  • 3-bob. Bolim boshligining lavozim majburiyatlari
  • Вилоят минтақавий филиал Банк ички хавфсизлиги бўлимининг лавозим




    Download 31,47 Kb.
    bet1/11
    Sana05.01.2024
    Hajmi31,47 Kb.
    #130840
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    12 - илова Lotin


    "TASDIQLAYMAN"
    "Mikrokreditbank" ATB
    ______________________________
    mintaqaviy filial boshlig'i

    _________ . ___________________

    "____"_____________ 202__ yil
    "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki __________________________ mintaqaviy filiali xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish bo'lim boshlig'ining namunaviy lavozim
    YO'RIQNOMASI


    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. Bankning ichki xavfsizligiga oid Nizom, tartib va yo'riqnomalari asosida ish olib boradi.
    2. Bankning ichki tartibiga va mehnat intizomiga rioya etadi.
    3. Viloyat va hududiy filiallarda bank ichki xavfsizligini tashkil etish ishlari va tartibsizliklarni oldini olish bo'yicha muntazam nazorat qilib boradi.
    4. Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish bo'limi boshlig‘i mintaqaviy filial boshlig'i buyrug'i bilan lavozimiga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
    5. Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish bo'limi boshlig‘i o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining bank-moliya tashkilotlari faoliyatiga aloqador qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlarini, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qaror va farmoyishlarini hamda me'yoriy-huquqiy hujjatlarni, bo'lim Nizomiga va mazkur yo'riqnomaga amal qiladi.
    2-bob. Funksiyalar
    6. Bank ichki xavfsizligiga oid masalalar yuzasidan viloyat va tuman filiallarida o'rganishlar o'tkazadi va amaliy yordam berib boradi;
    7. Bank ichki xavfsizligiga oid rejaviy tuman filiallariga xizmat safariga chiqadi, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etilishi yuzasidan viloyat rahbariga bildirishnoma kiritib boradi;
    8. Bank ichki xavfsizligi va tartibsizlik hamda yuz bergan insidentlar yuzasidan doimiy Bosh ofis xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamentiga og'zaki va yozma ma'lumotlar taqdim etib boradi.

    3-bob. Bo'lim boshlig'ining lavozim majburiyatlari
    9. Bo'lim boshlig'ining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
    Viloyat va hududiy filiallarda bank ichki xavfsizligini tashkil etish ishlari va tartibsizliklarni oldini olish bo'yicha muntazam nazorat qilib boradi;
    bank binosiga kirib-chiqishlarda videokuzatuv moslamalari va boshqa texnik vositalarini to'liq ishchi holatini ta'minlaydi;
    bank tizimining texnologik xavfsizligini mustaxkamlashda amaldagi normativ hujjatlar talablariga asosan zamonaviy qo'riqlash signalizatsiya vositalarini jihozlanishini shuningdek, bankning qo'riqlash xizmat postida o'rnatilgan to'g'ridan-to'g'ri aloqa vositalari, tashvishdan ogoh etuvchi qurilmalar va videokuzatuv moslamalarining doimiy ishchi holatini ta'minlaydi;
    barcha filiallar binosining ajratilgan hududlariga mijozlar va tashrif buyuruvchilarni kirishi, moddiy boyliklarning olib chiqilishini (olib kirilishi) to'g'ri tashkil etilishini nazorat qilib boradi;
    bank hududiga murojaatchi yoki tanishlar tashrif buyurganda murojaatchilar xonasida kutib olinishi, birinchi hududdan tashqari hududlarga kirishga ehtiyoji bo'lsa, majburiy ruxsatnoma to'ldirilishini to'g'ri tashkil etish;
    bank binosida joylashgan maxsus server xonalari, kassa ombori va uning hududlari (3-zona)ga faqatgina filial rahbari tomonidan buyruq asosida qat'iy belgilangan shaxslardan tashqari xodimlar filial rahbarining yozma ruhsati bilan kirishini nazorat qiladi.
    Shuningdek, og'zaki topshiriqlar hamda xavfsizlikka oid ichki tartibda ko'zda tutilmagan boshqa hujjatlarga asosan maxsus xonalar va uning hududlariga begona shaxslar kiritmaslik, dasturiy texnik vositalar o'rnatilishi, tasvirga olinishi hamda jihozlar, buyumlar olib chiqish yoki kiritishni qat'iy cheklashni nazoratga oladi;
    kompyuter texnika vositalarini olib kirish va olib chiqish joylardagi axborot texnologiyalari mas'ul xodimlari, xo'jalik mol-mulklarini olib kirish va olib chiqish xo'jalik mudiri va bosh buxgalter ruxsatiga asosan belgilangan tartibda moddiy boyliklarni olib chiqish ruxsatnoma asosida tashkil etilishini hamda qayd qilish jurnallarida yuritilishi tashkillashtiradi va nazorat qiladi;
    bank xavfsizligini muhofaza qiluvchi qo'riqlash xizmatining kunlik faoliyatini nazorat qiladi;
    Markaziy bank ko'rsatmasiga asosan bayram va tadbirlarda navbatchiliklar tashkillashtiradi va nazorat qiladi;
    bank binosiga 18-00 dan keyin ishlaydigan xodimlarning kirib-chiqishini ta'minlash va qo'riqlash postiga taqdim etish maqsadida filial rahbari tomonidan tasdiqlangan ro'yxatni shakllantirib borish;
    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan shanba-yakshanba va bayram kunlari ish kuni deb e'lon qilinganda filial rahbari tasdiqlagan ro'yxatga asosan xodimlarning bank binosiga kirib-chiqishini nazoratga oladi;
    Viloyat va tuman filiallarida ish vaqti tugagandan so'ng maxsus xona eshiklarini muhrlanishi, bino xonalari kaliti jildlarga solinib post xizmatiga topshirilishi va jurnalga qayd etib borilishini doimiy nazoratga oladi;
    xavfsizlik va axborotlarni muxofazasi bo'yicha takdim etilgan bank siri, konfidensial xujjat va ma'lumotlarni qayd qilib borish jurnalini nazorat kiladi;
    bankda ish faoliyatini olib borayotgan va bankka ishga kiruvchi nomzod xodimlarni ijtimoiy kelib-chiqishi, dunyoqarashi, psixologik xolati, huquqiy bilim darajasi va bank sirini rioya etilishi yuzasidan urganishlar o'tkazadi va Bosh ofis xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamentiga axborot berib boradi;
    bank binosi, kassa tarmoqlari va omborxonalarida o'rnatilgan qo'riqlash hamda signalizatsiya vositalarining ishchi holatdaligini o'rganib boradi, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etiishini ta'minlaydi;
    Viloyat va tuman filial bino perimetrlariga, qimmatliklar saqlanadigan omborxonalarga kirish, kassa hududlari, 24/7, bankomat, vash va asosiy kirish joylariga o'rnatilgan videokuzatuv moslamalarining doimiy ishchi holati va bir oydan kam bo'lmagan arxiv yozuvlarini ta'minlab boradi;
    bank pul omborlarini yopish, ochishda joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar asosida moddiy javobgar shaxslarning biometrik ("barmoq izi", "ko'z gavhari" va boshqa) belgilariga qarab identifikatsiya qilishga qodir bo'lgan dasturiy qurilmasi orqali filial kassa ombori 3 ta moddiy javobgar shaxs ishtirokida ochilishini nazorat qiladi va Bosh ofis xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamentiga axborot berib boradi.
    10. Lavozim majburiyatlari bajarilmaganligi, bank ichki xavfsizligiga oid ichki tartib va yo'riqnomalari asosida ishlarni tashkil etmaganligi oqibatida yuzaga kelgan xavf-xatarlarga javobgardir.

    Download 31,47 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 31,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Вилоят минтақавий филиал Банк ички хавфсизлиги бўлимининг лавозим

    Download 31,47 Kb.