Zbek tili darsning maqsadi




Download 219.22 Kb.
bet78/81
Sana22.07.2021
Hajmi219.22 Kb.
#15586
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
NUTQ USLUBLARI

65-DARS: 8-NAZORAT ISHI TEST

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: TEST BANKI

Foydalaniladigan adabiyotlar: TEST BANKI

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. Darsning rejasi:

a) Test tarqatish

b) Test mavzulari yuzasidan suhbat

c) Test yozdirish

III. TESTLARDAN NAMUNALAR

1. Quyidagi gapda qanday tinish belgilari qo'yilishi kerak? Sekin unga yaqin bordim bu manzara ham bizning ko'ngilga yaqin-da qadrdon A) tire, vergul, undov belgisi B) ikki nuqta, vergul, undov belgisi C) nuqtali vergul, vergul, nuqta D) tire, vergul, nuqta

2. Quyidagi gapda qanday tinish belgilari qo'yilishi kerak? Halimaxonni ko'rdim sira o'zgarmabdi hamon o'sha - o'sha

A) vergul, ikki nuqta, nuqta B) tire, ikki nuqta, undov belgisi C) tire, nuqtali vergul, nuqta D) vergul, vergul, nuqta

3. Quyidagi gapda nechta vergul qo'llanishi kerak? Bog'dan chiqish uchun bir necha odim yurgach ishkom ichida suyanib turgan qizga ko'zi tushdi uyalganidan bir zumda qizarib - bo'zarib ketdi ketmonga tikilib qadamini tezlatdi. A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta

4. Men u yil dehqonchilikdan hech narsa ololmadim // kuzgi bug'doyning boshoqlari shira olayotgan vaqtda ola bulut paydo bo'lib, boshoqlar kuyib, qovjirab ketdi. (S.Ahmad) Ushbu gapda // belgisi o'rnida qaysi tinish belgisi qo'yiladi?

A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

5. O'zim injenerman O'zbekistonning, sizning yurtingizning ta'rifini eshitganman.

Mazkur bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari o'rtasida qanday tinish belgisi ishlatiladi, nima uchun?

A) ikki nuqta; izohlash munosabati bo'lgani uchun B) nuqtali vergul; mazmunan unchalik yaqin bo'lmagani uchun

6. Orzum shul o'chmasin yongan chirog'ing. Mazkur bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari o'rtasida qanday tinish belgisi ishlatiladi, nima uchun? A) nuqtali vergul; mazmunan uzoq bo'lgani uchun B) tire; sababini ifodalagani uchun C) ikki nuqta; izohlash munosabati ifodalangani uchun D) vergul; voqea-hodisa ketma-ket ro'y bergani uchun

7. Bog'langan qo'shma gap qismlari zidlov bog'lovchisi yordamida bog`lansa, ular orasida qanday belgi ishlatiladi?

A) hech qanday belgi ishlatilmaydi B) vergul C) ikki nuqta D) tire

8. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog'liq quyidagi qaysi qoida noto'g'ri?

1) ot kesim sifat turkumiga oid so'z bilan ifodalansa, ega va kesim o'rtasida tire ishlatiladi; 2) ot kesim va ega o'rtasida ham yordamchisi bo'lsa, tire qo'yilmaydi; 3) ega ko'rsatish olmoshi bilan ifodalansa, tire qo'yiladi; 4) kesim tartib son bilan ifodalansa, tire qo'yiladi.

A) 1, 2, 3 B) 2,3 C) 2, 3, 4 D) 1,4

9. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog'liq quyidagi qaysi qoida noto'g'ri?

1) undalmalar gap bo'laklaridan vergul bilan ajratiladi; 2) kiritmalar ikki nuqta bilan ajratiladi; 3) ajratilgan bo'laklar ko'p nuqta bilan ajratiladi; 4) gapning kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, bog'lamasiz qo'llanganda ega va kesim o'rtasiga tire qo'yiladi.

A) 1,2 B) 1,2,4 C) 2,3 D) 2,3,4

10. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog'liq quyidagi qaysi qoida to'g'ri? 1) ko'chirma gaplar qo'shtirnoqqa olinadi;

2) istak gaplar oxirida undov belgisi qo'yiladi; 3) umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan oldin kelsa, undan keyin tire qo'yiladi;

4) undalma alohida ohang bilan aytilsa, undan keyin undov belgisi qo'yiladi. A) 1,4 B) 2, 3, 4 C) 3,4 D) 1, 2, 4

11. belgilarining ishlatilishi bilan bog'liq quyidagi qaysi qoida noto'g'ri? 1) undov gap so'roq gapdan hosil bo'lsa, oldin so'roq, keyin undov belgisi qo'yiladi; 2) buyruq gaplar oxiriga nuqta qo'yiladi; 3) kesim ergash gap va bosh gap o'rtasida ikki nuqta ishlatiladi;

4) kiritma gaplar qo'shtirnoq bilan ajratiladi. A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 3,4 D) 1,4

12. Urush — quyon ovi emas. Ushbu gapdagi tirening ishlatilish sababini aniqlang. A) izohlash munosabati bo'lgani uchun



B) ega ma'nosi ta'kidlangani uchun C) bu gapda tire ishlatilmaydi, chunki ot kesim tarkibida bog'lama bor D) o'xshatish munosabati ifodalangani uchim
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________

«Ona tili» 9-sinf

9-sinf «____» «_____________»



Download 219.22 Kb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Download 219.22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zbek tili darsning maqsadi

Download 219.22 Kb.