Sug'urta tarif stavkasining tuzilishi va tarkibi



bet21/124
Sana20.06.2024
Hajmi
#264653
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124
Bog'liq
Sugurta ishi 2014 X.M. Shennayev o`quv q

4.2. Sug'urta tarif stavkasining tuzilishi va tarkibi
Sug'urta mukofotlarining stavkalari tarif davri uchun hisoblab 
chiqiladi, ya’ni tarif hisoblari asosida belgilangan davr uchun 
ekvivalenthk ta’minlanadi. Shunday qñib, har qanday sug'urta turi 
bo'yicha tarif stavkasi brutto-stavka sifatida qaraladi va u ikki 
qismdan: netto-stavka (sug'urta qoplamasi to'lovlari uchun zaxira 
summasi) va sug'urtachining faoliyat yuritish xarajatlaridan 
(odatda, u «yuk» deb ataladi) iborat bo'ladi. Brutto-stavkada bu 
ikkala qismning nisbati, ulaming mohiyatidan kelib chiqib, turli- 
cha foizlarda belgilanishi mumkin. Netto-stavka bmtto-stavka- 
ning asosini tashkil etadi va uning hissasiga, sug'urta turiga qarab, 
60-95 foizgacha ulush to'g'ri kelishi mumkin. «Yuk» hisobiga esa, 
shunga mos ravishda, odatda, 5—40 foiz ulush belgilanadi.
Sug'urta shartnomasi bo'yicha qancha sug'urta turi sug'ur- 
talanayotgan bo'lsa, netto-stavka ham shuncha qismdan iborat 
bo'ladi. Masalan, hayotni aralash sug'urtalash bo'yicha netto- 
stavka belgilangan davrgacha yashaganhgi uchun, o'lim holati yuz 
berganhgi uchun, mehnat faoliyatini yo'qotish holati uchun kabi 
netto-stavkalardan tashkil topadi.
«Yuk»da sug'urta ishini olib borish xarajatlari aks etadi. U 
quyidagi qismlami o'z ichiga oladi:
— ma’muriy-xo'jalik xarajatlari (uning asosini tashkilot shtati- 
dagi xodimlarga to'lanadigan maoshlar summasi tashkil etadi);
— sug'urta pohslarini joylashtirganligi uchun haqlar;
— sug'urta agentlari, menejerlar uchun haqlar.
To'lov shakUari, odatda, brutto-stavka yoki «yuk»ka nisbatan 
foizlarda aniqlanadi. Foiz to'lovlaridan tashqari rag'batlantirishlar 
ham amalga oshirhishi mumkin.
Umumiy sug'urta qilish tarmog'i klasslari bo'yicha «yuk» su­
g'urta ishini yuritish xarajatlaridan tashqari ogohlantirish zax:ira-
49


siga ajratmalar qilish va rejalashtirilgan foyda summalarini ham 
o‘zida aks ettiradi. Bratto-stavkani hisoblashda, dastlab netto- 
stavka aniqlab ohnadi, so'ngra unga «yuk» (odatda, brotto-stav- 
kaga nisbatan foizlarda) qo‘shib hisoblanadi. Brutto-stavka quyi­
dagicha aniqlanadi:
MS =
bu yerda, MS — brutto-stavka; NS — netto-stavka; Yu(%) — yuk 
(foizlarda ifodalanadi).
Majburiy sug‘urta turiari bo‘yicha tariflar me’yoriy hujjatlar 
bilan o‘rnatilsa, brtiyoriy sug‘urtada esa sug‘urtachi tomonidan 
mustaqil ravishda aniqlanadi.
Tarifni aniqlash uslubiyati, tarif stavkasi va uning dastlabki 
m a’lumotlar manbasi, netto-stavka va «yuk» ulushlari ko‘rsatilgan 
holda tarif hisob-kitoblari maxsus vakolath davlat organiga taqdim 
etiladi. M azkur organ tom onidan ruxsat berilganidan so‘ng 
sug‘urta tashkiloti o‘zi hisoblab chiqqan sug‘urta tarifini qo‘Uash 
huquqiga ega b o ‘ladi. H ar bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha 
sug‘urta tarifining hajmi sug'urta obyektini tavsiflovchi qator 
holatlami hisobga olgan holda tomonlaming o‘zaro kehshuviga 
ko‘ra belgilanadi.
Umumiy sug‘urta qihsh tarmog‘i klasslari bo‘yicha tarif stav- 
kasini aniqlashda netto-stavka hisob-kitobi muhhn hisoblanadi. 
Aynan uning hisobidan sug‘urtalanuvchilar ko‘rgan zararning 
qoplama to‘lovÍari amalga oshiriHshi nazarda tutiladi.
Sug‘urta tashkiloti mukofot undirilishi hisobiga sug‘urta 
hodisasi yuz berishi oqibatida sug‘urtalanuvchi ko‘rgan zararni 
qoplash uchun yetarli miqdordagi summani jamlab olishi muhim- 
dir. Masalan, har yih sug'urtaga qabul qilingan 1000 xonadondan 
6 tasi butunlay yonib ketishi hodisasi ro‘y beradi, deb faraz qilsak, 
har bir xonadonning bahosi 1 mln so‘m bo‘lsa, bu holatda sug‘ur- 
tachi (1 mhi x 6) 6 mln so‘m miqdoridagi pul fondiga ega bolishi 
talab etiladi. Bu sug'urta qoplamasi summasini sug‘urtalangan 
obyektlar soniga bo‘hsh orqah har bir sug‘urtalanuvchiga to ‘g‘ri 
keladigan (6 mln so‘m : 1000 = 6 ming so‘m) sug‘urta mukofoti
50


aniqlanadi. Aynan shu summa aniq bir sug'urta obyelcti uehun 
liisoblab chiqilgan netto-stavkadir.
O'zbekistonda faohyat ko'rsatayotgan sug'urta tashkilotlari 
tomonidan netto-stavkani hisoblash amahyotda birmuncha mu- 
rakkabroqdir'. Negaki, sug'urtalangan obyektning (bir qismi yoki 
batamom) zarar ko'rganligi darajasi, sug'urta hodisalari (yong'in, 
suv toshqini va boshqa) sonining yillar bo'yicha tafovuti, shuning­
dek, boshqa qator daliUami ehtimollikka asoslanib bashorat qilish 
va hisobga olish kerak bo'ladi. Mol-muUc (bino, uy hayvonlari, 
qishloq xo'jaligi ekinlari)ning turh sug'urta hodisalari (yong'in, 
kasahiklar, sovuq va shu kabilar) yuz berishi oqibatida, zarar 
ko'rishi yoki halokatga uchrashi ehtimoh turhchadir. Shundan 
kelib chiqib, obyektlaming shartnomada qayd etilishi nazarda 
tutilayotgan sug'urta hodisalaridan sug'urtalash bo'yicha tarif 
stavkalari ham turiicha belgilanishi mumkin.
Netto-stavka ikki qismdan — sug'urta summasining zararhlik 
ko'rsatkichi va risk «yuki»dan shakUantiriladi. Sug'urta summa­
sining zararhlik ko'rsatkichi — eng katta ehtimolhkka ko'ra, su­
g'urtalangan obyektlar summasining to'langan sug'urta qoplamasi 
summasi nisbatidan kelib chiqadi. Masalan, bir avtomobilning 
narxi 10 mln so'm, uni ta ’mirlash 3 mln so'm , yo'l halokati 
hodisasi doimiyligi koefñtsiyenti (DAN m a’lumotiga ko'ra)
0,2 b o 'lsa, sug'urta sum m asining zararhlik ko'rsatkichi 
(SSZK = 3 mln so'm : 10 mln x 0,2 x 100 = 6 so'm yoki 6%)
6 foizni tashkil etadi.
Risk qoplamasi to'lovining kattahgi sug'urta hodisasi yuz be­
rishi ehtimolligi darajasiga bog'hq bo'ladi. Risk bo'yicha sug'urta 
mukofoti uning yuz berish ehtimolligining vaqt va kenglikdagi 
holatidan keltirib chiqarÜadi. Hayot sug'urtasi tarmog'ida risk 
ehtimoli mijozlar jmsi va yoshiga ko'p jihatdan aloqador bo'lsa, umu­
miy sug'urta tarm og'ida esa nisbatan doimiy risk mavjuddir. 
Ammo ma’lum vaqt oralig'ida risk kattahgi o'zgarishi ham kuzatiladi.
' Xuddi Yevropa mamlakatlaridagi Icabi sug'urtachilar ishtirokidagi sug'urta 
kompaniyalari assosiatsiyalari va maxsus (masalan, «Assamlee Pleniere des 
Socieetes d-Assurances Dommages» kabi) texnik tashkilotlar tomonidan sug'urta 
«mahsulot»Iarini ko'rilishi ehtimol bo'lgan zararlar bo'yicha ishonchli darajada 
tarifikatsiyalash kabi faoliyat O'zbekistonda yo'lga qo'yilganicha yo'q.
51



Download
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sug'urta tarif stavkasining tuzilishi va tarkibi