• V BOB. SU G ‘URTA BOZORI VA U N I DAVLAT TOM ONIDAN TARTIBGA SOLISH 5.1. Sugurta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari
  • *P Mavzuni takrorlash uchun savollar



    bet22/124
    Sana20.06.2024
    Hajmi
    #264653
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124
    Bog'liq
    Sugurta ishi 2014 X.M. Shennayev o`quv q

    *P Mavzuni takrorlash uchun savollar
    1. Sug‘urtada trif siyosati deganda nimani tushunasiz?
    2. Sug'urta tarif siyosatiga ta’sir etuvchi omillami aytib bering.
    3. Sug‘urta tarif stavkasi kim tomonidan belgilanadi?
    4. Sug‘urta tarif stavkasining tarkibiy tuzihshini aytib bering.
    5. Sug‘urta tariflarini belgilash har bir shartnoma bo‘yicha qanday 
    amalga oshiriladi?
    6. Aktuar hisob-kitoblar deganda nimani tushunasiz?
    7. Brutto-stavka deganda nimani tushunasiz?
    8. Netto-stavka necha qismdan iborat?
    9. Majburiy sug‘urtada sug‘urta ta’riflar qanday belgilanadi?
    10. Sug'urta ta’rifida «yuk» qancha miqdomi tashldl qiladi?
    52


    V BOB. 
    SU G ‘URTA BOZORI VA U N I DAVLAT
    TOM ONIDAN TARTIBGA SOLISH
    5.1. Sug'urta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari
    Har bir bozorda sotuvchi va xaridor bo ladi hamda ular о rta- 
    sida tegishh tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, 
    sug‘urta bozorida ham sotuvchi (sug'urtalovchi) va xaridor 
    (potensial sug'urtalanuvchi) ishtirok 
    etadi.
    Bu yerda potensial 
    sug'urtalanuvchi tushunchasini qanday izohlash mumkin, degaii 
    o'rinh savol tug'ihshi mumkin. Gap shundaki, basharti, potensial 
    sug'urtalanuvchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug'urtalanuvchi, deb atasak 
    katta xatoga yo'l qo'ygan bo'lamiz. Negaki, amaldagi qonunlarga 
    muvofiq, sug'urta kompaniyalari bilan bevosita shartnoma tuzgan, 
    fuqarolik salohiyatiga ega bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslarga 
    sug'urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha, sug'urta «mahsulotini» 
    sotib oHshga ehtiyoji bor, ammo hali sug'urtalovchilar bilan 
    tegishh sug'urta munosabatlariga kirishmagan shaxslar potensial 
    sug'urtalanuvchilar deb ataladi. Endi, sug'urtalovchilar haqida 
    gapiradigan bo'lsak, sug'urtalovchi - bu mamlakat hududida 
    sug'urta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan narnda 
    sug'urtalash o'zi uchun asosiy faohyat turi hisoblangan yuridik 
    shaxslardir. Ko'rinib turibdiki, sug'urta kompamyasi tegishh 
    faohyat yuritishi uchun vakolatli davlat organining htsenziyasiga 
    ega bo'hshi va sug'urtaga bog'hq bo'lmagan operatsiyalar bilan
    shug'ullanmashgi zarur.
    Sug'urtalovchilar bozorga o'zlarini ishlab chiqargan о ziga xos 
    mahsuloti - sug'urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar 
    yuzlab. minglab sug'urta kom paniyalari tom onidan sotilishi 
    mumkin. O 'z-o 'zid an , bu h o la t sug'urta bozorida potensial 
    mijozlami jalb etish uchun sug'urta kompaniyalari о rtasida raqo­
    batning kuchayishiga olib keladi va «mahsulot»ning sifatiga yobiy 
    ta ’sir ko'rsatadi. Eng asosiysi, potensial sug'urtalanuvchi har 
    tom onlam a o'zining talabini qondiradigan «mahsulot»ga ega
    53


    bo‘ladi. Bayon etilganlar quruq gap emas, balki bugungi kunda 
    iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ro‘y berayotgan 
    oddiy haqiqatdir.
    Sug‘urta bozorining mohiyatini chuqurroq anglab ohsh uchun 
    kundalik hayotimizdan oddiy bir misol keltirsak maqsadga muvo­
    fiq boladi.
    0 ‘zimiz yoki bolalarimizga kiyim-kechak sotib ohsh uchun 
    buyum bozoriga boramiz. Aytaylik, birorta kiyim, aniqrog‘i, 
    ko‘ylak sotib ohnoqchimiz. Bozorda ko'ylakning truU xih mavjud, 
    baholari ham, narxi ham tiirhcha. Biz, albatta, sifati yaxshisini va 
    arzonini sotib olamiz. Sug'urta bozorida ham aynan shu jarayon 
    yuz beradi.
    Sug‘urta kompaniyasi o ‘z mahsulotini bozorda sotar ekan, 
    zimmasiga katta mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. Chunki 
    sug‘urtalovchi ozgina sug‘urta mukofoti evaziga yirik miqdordagi 
    riskni qabul qilib oladi va sug‘urta hodisasi ro‘y berganda zim­
    masidagi sug‘urta qoplamasini to la sh i shart. Shu o ‘rinda, biz 
    sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan 
    sug‘urta xizmatiga ehtiyoj sezgan shaxslarga sug‘urta shart­
    nomasini tuzishdan oldin sug‘urta kompaniyasining mohyaviy 
    ahvoh, balansi büan albatta tanishib chiqishlarini maslahat beramiz.
    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tovarlarva xizmatlar 
    kabi sug‘urta xizmatining ham bahosi talab va takhf asosida paydo 
    boladi hamda bu baho o‘zming pastki va yuqori chegaralariga ega. 
    Sug‘urta tushumlarining miqdori sug‘urta tolovlari va sug‘urta 
    tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng bo‘hshi sug‘urta bahosining 
    pastki chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda sug‘urta kompa­
    niyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko‘p hollarda sug‘urta 
    bozoridagi keskin raqobat, sug‘urta tashkñotlarining potensial 
    mijozlarni jalb etish maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga 
    majbur etadi. Chet mamlakatlarda, sug‘urtalovchilar sug‘urta 
    faohyatidan zarar kolganda, bu zarar investitsiyadan keladigan 
    daromad hisobidan qoplanadi.
    Sug‘urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va 
    bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug‘urta xizmatining
    54


    ma’lum bir turiga yetarli darajada talab mavjud bo'lganda, sug'urta 
    tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi 
    mumkin. Lekin vaqt o'tishi büan bozorda sug'urta xizmati ko'r­
    satish turlarining ko'payishi bilan o'z-o'zidan tarif stavkalari ka- 
    mayadi.

    Download
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124