investitsiya joylashtiriluvidan olingan daromadlar



bet30/124
Sana20.06.2024
Hajmi
#264653
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124
Bog'liq
Sugurta ishi 2014 X.M. Shennayev o`quv q

investitsiya joylashtiriluvidan olingan daromadlar.
Sug'urta 
tashkilotining ushbu faohyati to'g'ridan-to'g'ri sug'urta faohyati 
bilan bog'liq emas. Sug'urtachining investitsiya joylashtirish
73


imkoniyati sug'urta mukofotlari hisobidan yuzaga keladi. Odatda, 
sug'urta mukofotlari ma’lum vaqt oralig'ida sug'urtachi ixtiyorida 
bo'lishi davrida amaldagi me’yoriy qoidalarga asoslanib, daromad 
aktivlariga joylashtirilishi unga investitsiya daromadlarini keltiradi. 
Investitsiya imkoniyatlari bo'yicha uzoq muddatga hayotni su­
g'urtalash zaxiralari ko'proq manfaatlidir.
Sug'urta tashkilotining investitsiya faoliyatidan oladigan daro­
madlari tarkibi:
— bank jam g'arm akri foizlari;
— aksiyalardan dividend foizlari;
— qimmatH qog'ozlardan daromadlar;

ko'chmas muUcdan olingan daromadlar kabilardan iborat 
bo'ladi.
Bu faoliyatning ahamiyatli jihati shundaki, sug'urtachi o'z 
mijozlariga bonus to'lovlarini aynan investitsiya joylashtiriluvidan 
oladigan manbalari hisobidan to'laydi.
Investitsiya bozorlari rivojlangan mamlakatlarda ushbu fao- 
liyatdan sug'urtachining olgan daromadlari ayrim sug'urtalash 
turlari bo'yicha sug'urta operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga 
kelgan zararlami qoplash imkoniyatini bermoqda.
Shu nuqtayi nazardan, sug'urta tashkiloti investitsiya fao­
liyatini samarali olib borishi uning daromad manbalari tarkibida 
muhim ahamiyat kasb etadi.
D) sug'urta tashkilotining boshqa daromadlari. Sug'urtachi 
sug'urta operatsiyalarini amalga oshirishi va investitsiya joylash­
tiriluvidan tashqari boshqa faoliyatdan ham daromad olishi mum­
kin. Bunday daromadning manbalari:
— depo mukofotlar hisobiga o'tkazilgan foiz summalari;
— regress tartibida ohngan summalar;
— asosiy fondlar, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarai sotish- 
dan olingan foyda;
— ijarachUik faoliyatidan olingan daromadlar;
— sug'iirta zaxiralarining qaytim summalari;
— o'qitish, maslahat ishlarini olib borish bo'yicha undirilgan 
to'lovlar hisoblanadi.
74


Sug‘urtachining sug‘urta xizmatlarini sotishdan tashqari olgan 
daromadlari asosan o‘z fihahariga ish qog‘ozlarini (hisobot blank- 
lari va shu kabilarni) tayyorlab berish, ularning yangi «mah- 
sulot»ini reklama qilish kabilar hisobiga olinadi. Ayrim hollarda 
ular ijara munosabatlari orqali ham shakllantiriladi. Sug‘urtachi- 
ning sotuvdan tashqari daromadlarining hajmi sug‘urta tashküoti- 
ning kattaligiga bog‘hqdir,
Sotuvdan tashqari daromadlami ohsh uchun amalga oshirilgan 
xarajatlami sug‘urta faoliyatiga yoki sug‘urtadan boshqa faohyatga 
taalluqli ekanligini aniqlash murakkab kechadi. Shuningdek, 
sug‘urta tashkiloti m a’lum bir sug‘urta turi bo‘yicha sug'urta- 
lashni amalga oshirmayotgan bo‘lsa-da, uni yo‘lga qo‘yish yuzasi­
dan xarajatlami sotuvdan tashqari daromadlari hisobiga bajaradi.
M a’lumki, sug‘urtada risklar transformatsiyasi jarayonida 
hamda bosh tashkilot va fihallar (yakuniy moliyaviy natija balansi 
yoki hisob raqamiga egaligiga ko‘ra) o'rtasida mas’uliyat taqsi- 
motining mexanizmi turlichadir.
Sug‘urta faohyati — sug‘urta hodisasi yuz berishi oqibatida 
sug‘urtalanuvchining zararini qoplash büan bog‘hq bo'lgan o'ziga 
xos iqtisodiy faohyat turidir. Sug‘urta hodisasi yuz berishi yoki 
bermashgiga ko'ra qoplama to ‘lashning ihniy asoslanganlik (o‘rgá- 
nügan, hisoblangan, aniqlangan) me’yorini belgilash va ko'rilgan 
zararni sug‘urta tashkilotining zaxira fondidan to‘lash maqsadga 
muvofiqdir.
Sug‘urta hodisasining yillar bo‘yicha yuz berishi ehtimolligi 
turhchadhr. Ayrim aniq bir yilda bu hodisalarning soni ko‘p bo‘- 
lishi ham mumkin. Aynan shu yil bo‘yicha sug‘urta tashldlotining 
faoliyati zarar bilan tugashi mumkin. Zaxira fondining mablag‘i 
yetishmasligi holatida sug‘urta tashkilotida qolgan daromad 
hisobidan uning har yilgi zaxira fondiga ajratma me’yorini qayta 
ko‘rib chiqish zamr. Statistik ma’lumotlaiga asoslanib, qayd etish 
kerakki, sug‘urtaning ko‘p turiari bo‘yicha amalga oshirilgan 
sug‘urta qoplamasi undirilgan mukofotlari summasiga nisbatan 
past foizlami tashkü etadi. Shunga asoslanib, tariflami oshirish 
emas, balki uning tarkibini o'zgartirish mantiqan to ‘g‘ri bo‘ladi.
75


Qayta sug'urtalash shartnom asini tuzishda qayta sug'ur­
talovchi (xalqaro terminda «sedent») qayta sug'urtalash mukofo­
tining ma’lum qismini yoki hammasini deponentga o'tkazishi na­
zarda mtilishi mumkin. U shartnoma davri tugashi hamda sug'urta 
hodisasi yuz bermagan taqdirda mazkur mukofotlar hisobidan 
ohngan depo foizlari bilan birgalikda qayta sug'urtalovchi hisobiga 
o'tkaziladi. Uning hajmi (foizda) shartnomada qayd etilgan bo'ladi.
Shunday kafolat berilishi qayta sug'urtalash mukofotlarini 
mohyaviy zaxira sifatida ishlatish imkoniyatini oshiradi.
Fuqarohk qonunchiligiga binoan, sug'urta tashkiloti o'z mijozi 
manfaatlarini himoya qiluvchi vakil sifatida sug'urta hodisasiga 
sababchi bo'lgan aybdor shaxsga regress da’vo qihsh huquqiga 
ham egadir. Odatda, regress tartibidagi summa sug'urtachi o'z 
kafilhgini bajarib bo'lganidan keyin undiriladi. Bunday faohyat 
natijasida undirilgan summa sug'urta tashkilotining sug'urta ta’- 
minoti to'lovlari bo'yicha xarajatlarini qoplash uchun manba 
hisoblanadi.
Sug'urta tashkiloti xo'jalik yurituvchi subyekt sifatida o'z 
faohyatida foydalanilayotgan asosiy fondlarini sotish huquqiga 
egadh. Shunda faoliyat bo'yicha sug'urtachining foydasi asosiy 
fondni sotishdan oigan tushum summasi bilan mulkning balans 
(qoldiq) bahosida hisobdan chiqarish summasi o'rtasidagi farq 
sifatida aniqlanadi. Sug'urta tashkilotining mulki ijaraga berilishi 
mumkin. Masalan, ko'chmas mulk obyektlari hamda asosiy fond- 
lardan ayrim hoharda ijara obyekti sifatida foydalaniladi. Bu fao­
hyat natijasida undirilgan ijara to'lovi ham sug'urtachining daro- 
madi hisoblanadi.
Sug'urta tashkilotining yana bir daromad manbayi o'qitish, 
maslahat ishlari uchun undirilgan to'lovlar summasi, shuningdek
risk-menejment bo'yicha xizmatlar ko'rsatishi, dastur «mah- 
sulot»larini o'rnatib berishi kabilar hisoblanadi. Bu daromadlar 
sug'urtaga to'g'ridan-to'g'ri daxldor bo'lmasa-da, ammo u büan 
uzviy bog'liqhkda shakllanadi.
Sug'urta tashkiloti daromadining shakhanish mexanizmi, tar­
kibi va tuzihshini o'iganish uning o'ziga xos faohyat turi ekanhgini 
namoyon etadi.
76



Download
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



investitsiya joylashtiriluvidan olingan daromadlar