Qayta sug‘urta statistikasi



bet63/124
Sana20.06.2024
Hajmi
#264653
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   124
Bog'liq
Sugurta ishi 2014 X.M. Shennayev o`quv q

Qayta sug‘urta statistikasi.
Taqdim qihngan bordero, foyda va 
zararlar to‘g‘risidagi hisobotlar asosida qayta sug'urtachi tuzilgan 
shartnomalar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo lg an zararlar 
dinamikasini va rivojlanishini nazorat qiladi. Qayta sug‘urta sta­
tistikasi to ‘g‘risida boshqa hujjatlar bo‘lmagan holda bunday na­
zorat ohb borish alohida muhim ahamiyatni kasb etadi. Sedent- 
ning sug‘urta portfeliga, uning anderrayterlik siyosatiga qayta 
sug'urtachi tomonidan faoliyat yakuni ma’lumotlari va maxsus 
so'rov asosida ohngan m a’lumotlar asosida baho beriladi. Qayta 
sug‘urta shartnomalarining bajarilish natijalari umumlashgan sta­
tistik ma’lumot ko‘rinishida yilma-yil ohb boriladi. Umumlashgan 
statistik ma’lumotlar mazmuni foyda va zararlar to ‘g‘risidagi mo­
liyaviy hisobot bilan taqqoslamadir.
179


Bunday m a’lumotlar asosida sug‘urtachi qayta sug‘urta shart­
nomasining shartlariga muhim o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. 
OUngan m a’lumotlar uzoq muddat davomida, qayta sug‘urtachi 
tomonidan qayta sug‘urta shartnomasining iqtisodiy maqsadga 
muvofiqligiga va uning hayotiyligiga baho berishi uchun xizmat 
qiladi.
Odatda, mol-mulk sug‘urtasi, fuqarolik javobgarligini sug‘ur- 
talash, baxtsiz hodisalarga qarshi sug‘urtalash, avtotransport vosi- 
talarini sug^urtalash, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha umumiy Sta­
tistik m a’lumotlar kalendar yili uchun yig‘iUb, jamlanadi. Suv, 
aviatsiya, injenerlik sug‘urtalari va shunga o‘xshash kreditni, kafo- 
latni sug‘urtalash yuzasidan statistik ma’lumotlar esa sug‘urta yiU 
asosida jamlanadi. Har bir sug'urta yüida amalga oshiriladigan 
zararlami tartibga solishga katta ahamiyat beriladi.
Sug‘iirtachining zarami tartibga solish faoliyatini qayta sug‘ur- 
tachi tomonidan muddatli tekshirib turilishi zarur. Bunday tek- 
shirishlar natijasida sedent tomonidan shakllantirilgan zararlar 
zaxirasi yetarliligi yoki ulaming kamomadUligi va kamomadlik 
sabablari aniqlanadi. Ba’zi hollarda, zararlar zaxirasi talab qilina- 
digan darajada o'rnatilmaganligi, oldingi yillar faoliyati natijalari 
bo'rtirib taqdim qüinganligi aniqlanadi.
Qayta sug'urta mukofoti (reinsurance premium) - sug‘urtachi — 
qayta sug‘urtalanuvchi tomonidan, qayta sug'urta shartnomasiga 
muvofiq qabul qihngan sug‘urta majburiyati uchun qayta sug‘ur- 
tachiga to‘lanuvchi mukofot.
Nonisbiy qayta sug‘urta shartnomasida qayta sug'urta mu­
kofoti to‘lanishi lozim bo‘lgan brutto qayta sug‘urta mukofoti va 
qayta sug‘urtachi tomonidan sug‘urtachiga to ‘lanuvchi qayta su- 
g‘urta komissiyasi o‘rtasidagi farqqa teng bo‘ladi. Nonisbiy qayta 
sug‘urta shartnomalarida qayta sug‘urta mukofoti qayta sug‘ur- 
tachi tomonidan olingan qayta sug‘urta hajmiga, sug‘urta turiga, 
qayta sug‘urtachining anderrayting qoidasiga, o‘xshash obyektlar- 
ning sug'urtalash natijasining zararligiga va boshqa ta’sir qiluvchi 
omillarga bog‘üq holda aniqlanadi.
.180


Nonisbiy obligator qayta sug'urta shartnomalarda depozit 
mukofoti (deposit premium) tiklanish mukofotlari (reinstatement 
l^remium) ham qo‘llaniladi. Depozit mukofoti sug'urtachi tom o­
nidan qayta sug'urta shartnomasini tuzishda qayta sug'urta mu­
kofotining minimal miqdorida belgilab to'lanadi. Shartnoma mud­
dati tugash yilida, haqiqatda to'lanishi lozim bo'lgan qayta sug'urta 
mukofoti m iqdorini aniqlash uchun qayta sug'urta mukofoti 
stavkasi sug'urtachi tomonidan olingan sug'urta mukofotiga ko‘- 
paytirilib, ko'paytma natijasidan depozit mukofoti ayiriladi.
Agar haqiqatda to'lanishi lozim bo'lgan mukofot miqdori depo­
zit mukofoti miqdoridan kam bo'lsa, qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Tiklanish mukofoti nonisbiy qayta sug'urta shartnomalarida 
qo'llaniladi. Ba’zi hollarda yuzaga kelgan zarar miqdori qayta 
sug'urta javobgarligi limiti doirasidan oshishi mumkin. Bunday 
hollarda zarar miqdorining qayta sug'urta javobgarligi hmitidan 
oshgan qismini qoplash uchun qayta sug'urtachi tomonidan qo‘- 
shimcha qayta sug'urta javobgarligi limiti berilishi mumkin. Su­
g'urtachi qo'shimcha qayta sug'urta javobgarligi limiti uchun qay­
ta sug'urtachiga tiklanish mukofoti to'laydi. Qo'shimcha qayta 
sug'urta javobgarligi hmiti va tiklanish mukofotlari miqdori qayta 
sug'urta shartnomasida oldindan kehshiladi.
Bunday imkoniyat sug'urtachiga qayta sug'urta shartnomasi 
tuzish vaqtida beriladi. Odatda, sug'urtachiga 2 yoki 3 marta qayta 
sug'urta hmitini tiklash imkoniyati berñadi. qayta sug'urta shart­
nomasi bo'yicha to'liq hisob-kitob qihngunga qadar, tiklanish 
mukofoti depozit mukofoti miqdoridan ko'p bo'lmagan miqdorda 
to'lanishi lozim.
Qayta sug'urta komissiyasi (reinsurance commission) — qayta 
sug'urta shartnomasiga muvofiq, qayta sug'urtachi tomonidan 
sug'urtachiga qat’iy belgilangan yoki brutto-qayta sug'urta muko­
fotiga nisbatan foizda belgilangan miqdorda to'lanilishi lozim 
bo'lgan pul mablag'i. Qayta sug'urta komissiyasi sug'urtachining 
to'g'ridan-to'g'ri sug'urta shartnomasini tuzish, soliq va yig'imlar-
181


ni to‘lash, sug‘urta biznesini olib borish bilan bog‘Uq ma’muriy 
xarajatlarini qoplash uchun sari" qilinadi. Hozirgi zamon qayta 
sug‘urta konsersiyasida qayta sug‘urta komissiyasi qayta sug‘uria 
qiymatini hisoblashda ko‘pchihk hoUarda bahoni shakUantiruvchi 
unsur vazifasini bajarmoqda. Qayta sug‘urta komissiyasi quyidagi 
ko‘rinishlarga ega.
Qat’iy belgüangan qayta sug‘urta komissiyasi qayta sug‘urtachi 
tomonidan to ‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtachiga to‘lanadi. Qayta su- 
g‘urta shartnomasida qayta sug‘urta komissiyasi foizda, kehshilgan 
holda belgilanadi. Qayta sug‘urta komissiyasining absolut miq­
dorini topish uchun komissiya foizi qayta sug‘urta mukofoti miq- 
doriga ko‘paytirUadi. Foydadan hisoblanuvchi qayta sug‘urta ko­
missiyasi sug'urta shartnomasining yil yakuni bo‘yicha hisob­
lanadi. Komissiyani hisoblashda qayta sug‘urta to'lovi, qayta 
sug‘urta mukofoti va qayta sug‘urtachi xarajatlari inobatga ohnadi. 
Komissiyaning haqiqatdagi miqdorini aniqlash uchun maxsus 
shkaladan foydalaniladi. Shkalada o‘matilgan qayta sug‘urta komis- 
siyasi foizi qayta sug‘urta mukofotiga nisbatan aniqlanadi. Qayta 
sug‘urta operatsiyalarining zararülik darajasining o‘sishi qayta 
sug‘urta komissiyasining miqdorining kamayishiga ohb keladi. 
Ba’zi hoUarda, zararlilik darajasi yuqori sug‘urta operatsiyalari 
bo‘yicha manfiy qayta sug‘urta koinissiyasi ham hisoblanishi 
mumkin.

Download
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   124