-§. KOINOT. METAGALAKTIKA. YULDUZLAR. QUYOSH. YER




Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/141
Sana20.12.2023
Hajmi3,55 Mb.
#124530
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   141
Bog'liq
‘. T. ‘Sar0v tabiatshunoslik

15-§. KOINOT. METAGALAKTIKA. YULDUZLAR. QUYOSH. YER
Koinot — bu vaqt va fazoda chegarasiz butun borliqdir. Koinotning 
astronomik qurilmalar yordamida tadqiqot qilinishi m umkin bo‘lgan qismi 
Metagalaktika deyiladi. Metagalaktikada 100 million galaktika joylashgan. 
XX asrning 30-yillarida Galaktikamizning o ‘lcham lari va tuzilishining 
asosiy qismlari aniqlandi. Quyosh ham bizning galaktikamizga kiradi. 
Galaktikaning ko'ndalang kesimi 3 • 104 Parsekka tengdir ( 1 Parsek [pk], 
3,36 yorug‘lik yiliga yoki 3,08 • 1016 m. ga teng).
Galaktika tarkibiga 100 milliarddan ortiq yulduzlar kirib, ular qalinligi 
bir necha yuz Parsek bo‘lgan disk qatlamida joylashgandir. Quyosh galaktika 
markazidan 10000 Parsek uzoqlikda uningdiskida joylashgan. Galaktikaning 
o ‘rtacha yoshi taxm inan 10 milliard yilga teng.
Koinot doimiy kengayishda. 1929-yilda amerikalik astronom E. Xabbl, 
galaktikalaming kengayish tezligi bizning galaktikamizgacha bo‘lgan masofaga 
to ‘g‘ri proporsional ekanligini ko‘rsatdi. Galaktikalam ing bir-biridan 
qochishi (ya’ni, ularning kengayishi) fizikadagi Dopier effekti natijasida 
ro'y beradigan «qizil siljish» hodisasida (D opier effekti — m anbalam ing 
bir-biridan uzoqlashuvida chiqayotgan nurlaming to iq in uzunligining oshib 
borishi) tasdiqlangan.
Bunda diqqatga sazovor narsa shuki, galaktikalaming qochishi nafaqat 
Yerga nisbatan bo ‘ladi, balki Koinotning istalgan nuqtasidan qaraganda 
uzoqdagi galaktikalar shu nuqtaga nisbatan uzoqlashayotgan bo‘ladi. 
Kengayayotgan koinotni vaqt bo'yicha teskari tom onga ekstrapolyatsiya 
qilsak, hamm a narsa 15 milliard yil oldin «katta portlashdan» boshlangan 
degan xulosa kelib chiqadi. Bu esa Koinotning, aniqrog‘i Metagalaktikaning 
yoshi hisoblanadi. Kuzatiladigan manzaraning tahlili shunday xulosaga 
olib keladiki, boshlang‘ich materiya 1012 — 1015 kg/sm3 li yadroviy zichlikka 
hamda juda yuqori haroratga ega bo‘lgan.
Portlashdan keyin dunyo rivojlanishining boshlang'ich bir necha 
daqiqalarida oddiy atom yadrolari — vodorod, deyteriy, geliylar hosil 
b oig an. Bir necha million yil uzluksiz kengayish tufayli m odda 4000 K 
haroratgacha sovigan. Bunda elektronlaming atom yadrolari bilan birlashishi 
natijasida birinchi neytral atom lar hosil b o ‘lgan. Gazning sovishi va 
inersiyasi tufayli harakati davom etgan. G az elem entlarining bir-birlari 
bilan to'qn ash ishlari natijasida, to 'p lan g an galaktikalar t o ‘plam lari 
massalariga teng b o ‘lgan bo'laklar hosil boigan. Bu b o ‘laklardan alohida 
galaktikalar vujudga kelgan.
4 4


Galaktikalarning asosiy qismini yulduzlar tashkil etadi. Yulduzlarda 
Koinotning ko‘rinadigan moddasining 90 % mujassamlashgan. Yulduzlar 
massiv (juda katta) o ‘z -o ‘zidan yorug‘lik chiqaruvchi gazlar birikmasi 
bo‘lib, unda moddalar gravitatsiya kuchlari yordamida o‘zaro bog‘langandir. 
Bizga eng yaqin yulduz —Quyoshning massasi M k = 2 • 1030 kg. ga, eng 
kichiginiki esa 0,03 Mk ga teng. Eng massiv yulduz massasi 10 Mk ga teng. 
Quyosh harorati 6000 K atrofida bo‘lib, ko‘pchilik yulduzlarniki esa 
3000 K dan 5000 K gacha.
K o‘pchilik yulduzlar energiyasining asosiy manbayi — elem entlar 
sintezi term oyadro reaksiyasidir. Katta yulduzlar o ‘zlarining yadroviy 
«yoqilg‘isini» million yillar davomida yoqib tugatsa, Quyosh uchun esa 
10 milliard yil kerak bo‘ladi. Shundan 5 milliard yili o'tgan, Quyoshning 
«umri» tugashiga yana 5 milliard yil qolgan. Astronomik nuqtayi nazardan 
Quyosh Galaktikaning boshqa yulduzlaridan farq qilmaydi. U gravitatsiya 
va gaz bosimi kuchlari muvozanatida bo‘lgan, o ‘z-o‘zidan nur chiqaruvchi 
gazdan iborat shar.
0 ‘zidan optik diapazondagi nurlanish chiqaruvchi Quyoshning tashqi 
q atlam lari fotosfera deyiladi. U ning qalinligi tax m in an 560 km, 
fotosferadagi gazning harorati 6000 K. Fotosfera Quyosh atmosferasining 
pastki qatlamini tashkil etadi. U ning tepasida qalinligi bir necha ming km 
bo'lgan, harorati 10000 K gacha oshib boruvchi xromosfera joylashgan. 
Xromosferadan keyin o'rtacha 1—2 mill, darajali haroratga ega b o ‘lgan toj 
joylashgan. Termoyadro reaksiyasi davom etayotgan Quyosh q a ’rida 
harorat 10 000000 K dan yuqori emas. Energiya yuqori qatlamlariga 
asosan nurlanish orqali uzatiladi. Quyoshning turli qismlari har xil tezlik 
bilan aylanadi. Bunda uning tashqi qatlamlari ichki qatlamlariga nisbatan 
sekin aylanadi.
Quyosh tizim ining bir qism i b o ‘lgan Yer kosmik jism sifatida 
quyidagilar bilan belgilanadi: hajm i 10" km 3, massasi 6 * 1024 kg, 
ekvatordagi radiusi 6378 km; qutbdagi radiusi undan 21 km. ga kam. 
Yerning um umiy yuzasi 510 mln. km2, ga teng bo ‘lib, undan 361 mln. 
m2 yuzasi Dunyo okeaniga va 149 mln. m2 quruqlikka to ‘g‘ri keladi. Yer 
Quyoshdan 150 mln. km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, Quyosh atrofida 
30 km /s tezlik bilan aylanadi. Yer 4,5 milliard yil oldin, Quyosh atrofidagi 
fazoda sochilgan gaz-chang m oddalardan gravitatsiya kondensatsiyasi 
natijasida hosil bo‘lgan (gipotezalardan bittasi shunday).
Yer atrofidagi magnit maydoni magnitosfera deyiladi. M agnitosfera 
ichida «radiatsion kamarlar» mavjud bo‘lib, Quyoshdan va Koinotdan 
keluvchi zaryadlangan zarralar bu kamarlarda to ‘planib, ulam ing m a’lum
45


qismi yer yuziga o‘tadi. Yerdagi tirik mavjudotlar bu radiatsion kamarlar 
bilan o ‘ta xafli bo‘lgan kosmik nurlardan himoyalangandir. Yerni o ‘rab 
turgan sayyoralararo m uhit turli o ‘lchamdagi qattiq jism lardan, chang- 
lardan, atom lar, molekulalar, kichik zarrachalardan ham da insonning 
o ‘zi fazoga chiqargan Yerning sun’iy yo‘ldoshlari, kosmik stansiyalar va 
boshqalardan iboratdir.
Yer q a’rini tekshirish murakkab. Zilzilalar yoki portlashlar natijasida 
hosil bo‘luvchi mexanik to ‘lqinlar — seysmik to ‘lqinlarni tahlil qilish 
Yer qa’rining tabiati to'g'risida m uhim m a’lumotlarni beradi.
Yer qa’ri uchta asosiy bo‘limlarga bo ‘linadi: yadro, mantiya va qobiq. 
Harorat, bosim va zichlik Yer qa’riga tomon oshib boradi. Yer markazida 
harorat 10 000 darajaga yetadi. Yer qobig‘ining qalinligi kontinentlarda 
65 km. ga yetadi, okean tagida esa — 8 km. Yerning eng baland ch o‘qqisi
— Himolay tog'ida Jam olungm a ch o ‘qqisining balandligi 8848 m, eng 
chuqur joyi Tinch okeanidagi M ariinsk degan chuqurlik — 11092 m. 
Yer qobig‘i tagida juda qattiq jism lardan tashkil topgan m antiya mavjud. 
U 2900 km chuqurlikkacha joylashgan bo‘lib, Yer hajmining 80 %ni 
tashkil etadi. Yerning yadrosi juda kam o'rganilgan, u ikki qismdan: 
tashqisi — suyuq va ichkisi qattiq jism dan iborat deb hisoblanadi. Suyuq 
y ad ro elek tr o ‘tkazuvchan b o ‘lib, Yer bilan birgalikda aylanadi. 
Radioaktiv yemirilish natijasida ajralib chiqqan energiya, yadroda konvek- 
sion harakatni vujudga keltiradi. Suyuq moddaning murakkab harakati 
tufayli Yerning magnit maydoni vujudga keladi.
Yer atmosferasi bilan biosferaga Quyosh va uning faolligi sezilarli 
ta ’sir ko‘rsatadi. Har 11—12 yil ichida Quyosh fotosferasida m ash’alsimon 
y a llig ‘la n is h la r va d o g ‘lar, x ro m o sferad a c h a q m o q la r va tojd a 
p rotuberanslarning ko ‘payishi Yerdagi biologik jarayonlarga t a ’sir 
k o ‘rsatadi. Quyoshdan kelayotgan energiyaning milliarddan bir qismi 
Yerga yetib kelsa ham, u bizning sayyoramizda hayotning mavjud bo‘lishi 
uchun yetarlidir. Hozir m a’lumki, Quyosh faolligining siklik o ‘zgarishi 
Yerda magnit bo‘ronlari, qutb yog‘dusining paydo bo‘lishida, ultrabinafsha 
radiatsiyasin in g o ‘zg arish larid a, atm osfera yuqori qatlam larin in g
ionizatsiyasining holati o ‘zgarishida va hokazolarda nam oyon bo‘ladi.
A.L.Chijevskiy Quyosh faolligi Yerdagi tarixiy jarayonlarga ham ta ’sir 
k o ‘rsatadi, degan fikmi bildirgan. Bu fikr, albatta, bahslidir, lekin bunga 
qiziq dalillami keltirish mumkin. XX asrga kelib olimlar ijtimoiy jarayonlar, 
inqiloblar, epidemiyalar va hokazolarning Quyosh faolligiga bog‘liqligini 
e’tibor eta boshladilar. 1924-yilda A.L.Chijevskiy ogohlantirgan edi: «Hozir
46


Yer yuzida istiqomat qiluvchi ikki milliard kishilarga kosmik om illam ing 
ta ’sir qilishi bizning yodimizda bo‘lishi kerak. U qanchalik nozik va 
aniqlanishi qiyin bo'lsa ham bu ta’sirni o'rganishni rad etmaslik kerak. 
1927—29-yillarda Quyosh faolligining maksimumini kutish mumkin. Bu 
yillarda ijtimoiy-siyosiy om illar natijasida katta tarixiy voqealar sodir 
bo‘lishning ehtimoliyati mavjud». Haqiqatdan ham, sobiq SSSRda 1929- 
yil «buyuk burilish yili» bo‘ldi. Quyosh faolligining davrlari 1905-y. 
(«birinchi» rus inqilobi), 1917-yil (Oktabr to‘ntarishi), 1941-yil (Ilja h o n
urushi boshlanishi), 1991-y. (Avgust voqealari va SSSRning parchalanib 
ketishi) larga to 'g 'ri keladi.
Ayrim olimlarning ta’kidlashicha insonlarning, ayniqsa, nazariyachi 
fiziklar ijodining faollashuvi Quyosh faolligi bilan o ‘zaro bog'liqdir 
(korrelyatsiya beradi). Albatta, bunday muvofiqlikni mutlaq deb qarash 
mumkin emas, lekin bu haqda fikr yurgizish mumkin.

Download 3,55 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   141




Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. KOINOT. METAGALAKTIKA. YULDUZLAR. QUYOSH. YER

Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish