|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 34/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)15 — povodok; 16 — xomutcha; 17, 18 — pichoqlar; 19 —yo‘naltiruv- chilar; 20, 21 — ilgaklar; 22 — posangi; 23 — igna; 24 — muvozanatlovchi;
25 — shakldor richag; 26 — barmoq; 27, 28, 29 — o‘qlar; 30 — taroq;
31 - panjara; 32 - prizma; 33 - val; 34 — karta; 35 - qoziqcha.
ularning ikkinchi uchida xomutchalar (16) bor. Bu xomutcha- larga pichoqlar (17) ning uchlari kirib turadi. Pichoqlar (17) va
(18) yon ramalarning qiya kesilgan yo‘naltiruvchilari (19) da joylashgan.
0 ‘rta val (3) aylanganda krivoship (4) yordamida tortqi
(7) orqali krestovina (10) o‘z o‘qi atrofida tebranma harakatlanadi. Krestovinaning kalta yelkalari bilan bog‘langan povodok tortqilar
(15) orqali pichoqlar (17) va (18) yo'naltiruvchi bo‘ylab ilgari- lama-qaytma harakatlanadi. Agar yuqori pichoq (17) chapga harakatlansa, pastki pichoq (18) o‘ngga harakatlanadi.
16 17 15 14 13
5.11-rasm. Karetkaning prizmasi (32) ga harakat uzatish mexanizmi (5 .10-rasmga qarang):
36 - maxovikcha; 37 — xrapovik; 38 - yulduzcha; 39 — prujina; 40 - ikki yelkali richag; 41 - shpindel; 42 - sobachka asosi;
43 - sobachka; 44 - prujina.
Pichoqlarning bitta to‘liq harakat davri o‘rta valning bir aylanishiga, bosh valning esa ikki aylanishiga to‘g‘ri keladi. Shu vaqt ichida ikki marta homuza hosil bo‘ladi.
Yuqori pichoq (17) ustida yuqorigi ilgaklar (20), pastki pichoq
(18) ustida pastki ilgaklar (21) qator joylashgan. Ilgaklarning ikkinchi uchlari posongi (22) ning yuqori va pastki uchlari bilan bog‘langan. Yuqori qatordagi ilgaklarni tik o‘rnatilgan ignalar
(23) tutib turadi. Ignalaming pastki uchi ikki yelkali muvozanat- lovchi (24) ning kalta to ‘g‘ri yelkasiga tegib turadi. Pastki qator ilgaklar (21) ni esa uchi qayrilgan muvozanatlovchilar ushlab turadi. Har bir posongining o‘rta qismi shakldor richag (25) ning barmoq- chasi (26) orqali birikkan. Shakldor richag ikki yelkali richag bo‘lib, tik yelkasida qator tishlari bor. Bu tishlarning biriga xomut o'matilgan. Bu xomutga yo‘g‘on simdan ishlangan chiviq mahkam lanadi. Tortqi tasma orqali shoda bilan biriktiriladi. Shakldor richagning harakatini cheklash uchun uning pastki qismida uzun teshikchadan o‘q (28) o‘tkazilgan. Bu o‘q shakldor richagni ayni vaqtda ushlab turuvchi asos vazifasini ham o‘taydi. Shakldor richagning aylanish o‘qi (27) yon ramalarga mahkamlangan. Har bir shodaga bittadan shakldor richag, bittadan posongi, ikkitadan ilgak (yuqori va pastki) va muvozanatlovchilar to ‘g‘ri keladi.
Shakldor richaglarning tik turishi o‘q (27) ga o'rnatilgan ikkita yarimshakldor richaglar bilan to‘g‘rilanadi. Yarimshakldor richaglar yon ramalarining ichki tomonlariga bittadan o‘matiladi va ular ramalarga o'rnatilgan boltlar bilan rostlanadi. Bu boltlar shakldor richaglarni o'qda siljishdan saqlaydi. Muvozanat- lovchilar (24) o‘q (29) ga bo‘sh o'rnatilgan bo'lib, ikki yelkali richagdek ishlaydi. Ularning chap yelkasi o'ng yelkasiga nisbatan og'ir. Muvozanatlovchilar o'q (29) ga bitta egilgan uchli richag va bitta uchsiz richag tarzida ketma-ket terilgan.
O'q (29) bo'yicha siljimasligi uchun shu o'qqa ikkita halqa mahkamlangan. Undan tashqari, chap yelkalari yo'naltiruvchi taroq (30) da joylashgan. Bu yo'naltiruvchi taroq, yon ramalarga mahkamlangan. Har bir ilgakka bittadan muvozanatlovchi to'g'ri keladi, yon ramalar orasiga ikkita panjara (31) mahkamlangan. Panjara taroqlari ilgaklar uchun mo'ljallangan bo'lib, ignalar
(23) uchun teshiklar ham bor, ular yo'naltiruvchi xizmatini bajaradi. Muvozanatlovchilaming qisqa yelkalarida yotgan pastki va yuqorigi qator ilgaklar hamda ularning ignalari chap yelka og'ir bo'lganligi uchun ko'tarilgan holda bo'ladi va pichoq o'z harakati vaqtida ilgaklarga ta’sir eta olmaydi. Qaysi bir ilgak pichoqning harakat yo'liga tushsa, u vaqtda pichoq ilgakni o'zi bilan harakatlantiradi va posongi (22) va shakldor richag (25) orqali shodani ko'taradi. Ilgakni pichoq yo'liga tushirish uchun muvozanatlovchining chap yelkasi ko'tarilsa, o'ng yelkasi pastga tushadi, shu bilan birga, igna ushlab turgan ilgak ham yuqori pichoq yo'liga tushadi. Agar muvozanatlovchi qayrilgan uchli bo'lsa, u holda pastki qatordagi ilgak pastki pichoq yo'liga tushadi. Sakkiz qirrali prizma (32) muvozanatlovchining chap yel- kasini ko'tarish uchun xizmat qiladi. Prizma sakkiz qirrali yog'och silindr bo'lib, uning qirralariga karta o'rnatiladi. Prizma val (33) ga kiygizilgan bo‘lib, yon ramalarga mahkamlangan tutqichlarga o'rnatilgan va muvozanatlovchilaming chap yelkalari tagida joylashgan. Prizmaga o‘rnatilgan kartalar alohida yog'och planka- dan iborat; ular bir-birlariga halqachalar yordamida birlashtirilgan bo'lib, uzluksiz zanjir hosil qiladi. Har bir kartada ikki qator teshikchalar bor. Bu teshikchalarga o'rilish naqshi va o'tkazish
tartibiga muvofiq qoziqchalar (35) qoqiladi.
Agar prizma (32) va unga o'rnatilgan karta (34) aylansa, u vaqtda qoqilgan g'oziqcha (35) yordamida muvozanatlovchining chap yelkasi ko'tariladi. Shu bilan birga, o'ng yelkasi pastga
tushishi hisobiga igna va ilgaklar ham pastga tushadi. Yuqori ilgak
(20) pastga tushdi, deb faraz qilaylik. Bu vaqtda tushgan ilgak tashqari tomonga harakatlanayotgan pichoq (17) yoiiga to‘g‘ri keladi va pichoq uni o‘zi bilan birga tortadi, bu esa posongi
(22) ning yuqori yelkasini chapga siljitadi, posongining o‘rta nuqtasi atrofida aylanadi. Bu harakat posongining past yelkasi karetkaning orqa bog‘lovchisi (2) ga tekkunga qadar davom etadi. Pastki yelka bog‘lovchiga tegishi bilan posongining harakati endi shu pastki yelka atrofida davom etadi, chunki pichoqning harakati hali tamom boigani yo‘q. Posongi endi bir yelkali richag tarzida pastki yelkasi atrofida aylanishi hisobiga uning o‘rta qismi ham chapga harakatlanadi. Bu esa o‘rta nuqtada birikkan shakldor richag
(25) ni tortadi va shakldor richag ham o‘z o‘qi (27) atrofida aylanadi. Shakldor richag aylanganda unga o‘matilgan halqacha bilan chiviq (tortqi) chap tomonga siljiydi va shoda ko‘tariladi. Shunday qilib, agar kartada qoziqcha boisa, demak, bu shoda ko‘tariIadi. Kartaning har bir qator teshikchalari bitta homuzaga teng. Prizmaning o‘qi (33) ga qo‘lda aylantirish uchun maxovikcha
o‘rnatilgan, undan ichkariroqqa esa sakkiz tishli xrapovik
mahkamlangan. Xrapovikdan ichkariroqda sakkiz qirrali yulduzcha 38 joylashgan.
Yulduzchaning qirrasiga prujina (39) (5.11-rasm) ta’sirida ikki yelkali richag cheklagichi (40) ning bir uchi siqilib turadi. Richagning o ‘zi o ‘q (29) ga o‘matilgan. Richag va yulduzcha priz maning aniq burchakka burilishi uchun xizmat qiladi. Bu qoziq- chalarni muvozanatlovchilarga nisbatan to‘g‘ri joylashishini ta’minlaydi. Ikki yelkali richag (12) ning pastki yelkasidagi yoi- chasiga shpindel (41) qo‘yilgan boiib, unga sobachka (43) ning asosi (42) mahkamlangan. Sobachka va asos bir-biri bilan prujina
(44) orqali birikkan. Bu prizmaning bir tekis aylanishini ta’min laydi, prizma aylanmagan taqdirda esa uni sinishdan saqlaydi.
Pastki pichoq orqaga ketish vaqtida sobachka (43) xrapovik
tishiga ta’sir etib, uni aylantiradi, xrapovikning bir tishga aylanishi o‘rta valning bir aylanishiga to‘g‘ri keladi.
Karetkalar o‘ng va chapki boiishi mumkin. 0 ‘ng karetka dastgohning chap ramasiga o‘rnatiladi. Agar dastgohning old tomonidan qaralsa, shakldor richaglar o‘ng tomonga qaragan boiadi, prizma soat strelkasi yo'nalishida aylanadi. To'quvchi tomonda dastlab uchi qayrilgan muvozanatlagich qo‘yilgan boiib, oxiriga esa uchi qayrilmagani qo‘yilgan. Chap karetka
dastgohning o‘ng ramasiga o'rnatiladi. Bunda shakldor richag lar chapga qaragan bo‘lib, prizma soat strelkasiga teskari ay lanadi; birinchi muvozanatlagich uchi qayrilmagan, oxirgisi esa uchi qayrilgan bo'lishi kerak. Chap va o'ng karetkalar alo- hida-alohida ishlab chiqarilmaydi. Birini ikkinchisiga aylantirish uchun krestovina va ikki yelkali richaglar hamda prizma ay- lantirib qo'yiladi.
Pichoqlar orqaga qaytish vaqtida ilgaklarni bo'shatadi va shodalar pastga tushadi. Bu vazifani pastki karetka bajaradi.
|
| |