Q .H .A Z IZ O V
H
A
R A
K A
T X A
V
F S I Z L I G
I N
I
T A
S H
K
I L E T I S H
A
S O
S L A
R I
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
«Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash» yo‘nalishi bakalavrlari
uchun darslik sifatida tavsiya etgan
(Ikkinchi nashr)
Q.H.Azizov. H arakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. -Т.,
«Fan va texnologiya», 2009,268 bet.
«Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari» darsligi mazkur
nomdagi dasturga asosan yozilgan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarining
5521200 - Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash (avtomobil
transporti turlari bo‘yicha), 5140900 - «Kasbiy ta’lim» (transport
vositalarini ishlatish va ta’mirlash) bakalavr ta’lim yo‘nalishlaridagi
talabalar uchun mo‘ljallangan. Unda yo‘l harakatini tashkil etishning
asosiy tam oyillari va ulami muayyan sharoitda amalga oshirish
usullari, transport va piyodalar oqimlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar,
harakat xavfsizligini ta’minlashda transport vositalari
texnik
holatining ahamiyati, haydovchi va uning harakat xavfsizligini
ta’minlashdagi o‘rni, harakatni boshqarishning texnik vositalari va
yo‘l harakatini tashkil etishning amaliy tadbirlari har tomonlama fan
va texnika yutuqlari hamda chet el tajribalarini hisobga olgan holda
yoritib berilgan. Shuningdek, rivojlangan davlatlarda va 0 ‘zbekiston
Respublikasida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha salmoqli
ilm iy izlanishlar olib borgan olimlar faoliyati to‘g‘risida qiziqarli
ma’lumotlar keltirilgan.
Mas’ul muharrir:
t.f.n., T A Y I professori Q.N.Do‘stmuhamedov
Taqrizchilar:
Jizzax politexnika instituti rektori, t.f.d., prof.LS.Sodiqov;
O lzR IIV Y H X B B ilm iy xodimi, t.f.n. Z.I.Xudoyberdiyev
© Q.H.Azizov, «Yozuvchi» nashriyoti, 2002,
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2009.
K IR IS H
Respublikamizdagi
hozirgi
ijtimoiy-iqtisodiy
va
siyosiy
rivojlanishda avtomobilsozlik sanoati va transport tizimining
rivojlanishi
hamda
transport
infratuzilmasining
eng
muhim
yo‘nalishlaridan biri
magistral avtomobil yo‘llari tarmog‘ini
rivojlantirish bo‘lib, bu yo‘llardan yaqin va uzoq davlatlar bilan tranzit
aloqalami amalga oshirishdir.
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng
iqtisodiy o‘zgarishlar hayotga izchil joriy etila boshlandi. Chunonchi,
avtomobil ishlab chiqarish sanoati yo‘lga qo‘yildi, yo‘l qurilish sohasi
jadallashtirildi, shuningdek, chet el davlatlari bilan savdo aloqalari
yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu esa, tabiiy ravishda Respublika
avtomobil yoMlarida harakat miqdori yildan-yilga ortishiga olib keldi.
Hozirgi va istiqboldagi asosiy masalalardan biri avtomobil yo‘llarida
harakat xavfsizligini ta’minlashdan iborat bo‘lib, unda yo‘1-transport
hodisalari, ularda halok boMuvchilar va tan jarohati oluvchilar sonini,
ko‘riladigan umumiy ijtimoiy-iqtisodiy zararlami kamaytirishga
qaratilishi zarur.
Prezidentimiz
I.A.Karim ov
«Jahon
m oliyaviy
inqirozi,
0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari»
asarida [1] transport infratuzilmasini, birinchi navbatda avtomobil va
temir yoMlami rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. 2007-2010-
yillarda umumiy
foydalanishda bo‘lgan
avtomobil yoMlarini
rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi respublikamizning barcha
mintaqalari o‘rtasida yil davomida ishonchli transport aloqasining
ta’minlanishi ta’kidlangan. Shuningdek, dastur doirasidagi ishlar
qo‘shni mamlakatlar chegaralaridan o‘tmasdan, yuklami manzilga
uzluksiz yetkazish, yo‘lovchilar tashish uchun sharoit yaratilganligi,
hududimiz orqali o‘tadigan yuklar tranzitini sezilarli darajada
ko‘paytirishga xizmat qiladi.
2009-yilda yanada ishonchli transport xizmati ko‘rsatish uchun
qabul qilingan qo‘shimcha chora-tadbirlar bilan bir qatorda xalqaro
ahamiyatga molik umumiy foydalanishda bo‘lgan 400 kilometrdan
ortiq avtomobil yoMini modemizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, Beynov - Buxoro - Samarqand - Toshkent - Andijon
yo‘nalishi bo‘yicha 4 qatorli xalqaro avtomobil yo‘lini, shuningdek,
Buxoro - Olot va Samarqand - G ‘uzor yo‘llarining strategik
boMaklarini qurish mo‘ljallangan. Shu bilan birga, mahalliy budjetlar
va Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lar hisobidan mahalliy
ahamiyatga molik yo‘llam i qayta qurish va kapital ta’mirlash
ко‘lam ini kengaytirish vazifasi qo‘yilgan.
Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi
kundagi
muhim
muammolardan
biriga
aylanib
bormoqda.
Avtomobilning atrof-muhitga yetkazadigan zararlari miqdori kundan-
kunga oshib bormoqda, eng asosiysi esa yo‘llarda sodir etilayotgan
yo‘1-transport hodisalari natijasida ko‘plab odamlarning jabr
ko‘rishlari
va
hayotdan
ko‘z
yumishlaridir.
Y o ‘1-transport
hodisalarining oldini olish uchun ko‘rilayotgan qator tadbirlarga
qaramasdan, ularning miqdori kamayishiga erishib bo‘lmayapti. Bu
esa, yo‘l harakati xavfsizligi muammolariga o‘ta jiddiy yondashish
zarur ekanligini mutaxassislar oldiga vazifa qilib qo‘ymoqda. Harakat
xavfsizligini ta’minlash uchun unga ilm iy yondashish, uning barcha
serqirra jarayonlarini tahlil etish zarur. Buning uchun yo‘l harakati
xavfsizligi
bo‘yicha
mutaxassislar
yo‘l
harakatining
asosiy
ko‘rsatkichlarini, yoMlardagi
sharoitlarning transport
oqimlari
harakatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishlarini, transport oqimlarini
boshqarishning texnik vositalari orqali yo‘l harakatini boshqarish
bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishlari zarur.
Bulardan
tashqari, yo‘l harakati
bo‘yicha mutaxassislar
avtomobil yo‘llarida sodir etilayotgan yo‘1-transport hodisalarini
atroflicha o‘rganishlari uchun ularning turlari, miqdorlari haqida
ma’lumotga ega boMishlari, YTH larini yig‘ish tizimi, ulami hisobga
olish tartiblarini va ulami tahlil etish usullarini mukammal bilishlari
zarur. Bu masalalarni o‘rganish keltirilgan darslikda o‘z aksini topgan.
Ushbu darslikni tayyorlashda o‘zlarining qimmatli fikr-
mulohazalari bilan uning shakl va mazmunini boyitishga hamda
qoMyozmani tayyorlash jarayonida ko‘rsatgan faol amaliy yordamlari
uchun Toshkent Avtomobil-yoMlar instituti «Harakat xavfsizligini
tashkil etish» kafedrasi a’zolariga, shuningdek, M ChJ «Yo‘l Injiniring
Loyiha» mutaxassislariga darslikni nashrga tayyorlashda va chop
etishda ko‘rsatgan yordamlari uchun muallif o‘z minnatdorchilgini
bildiradi.
1-bob. Y O ‘L H A R A K A T IN I T A S H K IL E T IS H N IN G
A S O S IY Y O N A L IS H L A R I
1.1. H A R A K A T N I T A S H K IL E T IS H N IN G
M A Q SA D V A V A Z IF A L A R I
|