1.4. H A R A K A T N I T A S H K IL E T IS H B O ‘Y IC H A
M E ’Y O R IY H U JJA T L A R
Tayanch s o 'z la r va iboralar: qonun; m e ’y o r iy hujjatlar; y o ‘l;
y o ‘1 harakati; h arakat qatnashchisi; y o 'l-tra n sp o rt hodisasi; d a v la t
namunasi; ShNQ; M Q N ; kom ensiya.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan
inson va
fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari yo‘ llarda
harakatni amalga oshirish, xavfsizlikni ta’minlash jarayonida vujudga
keladigan barcha ijtimoiy munosabatlami tartibga solish uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi. Harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishdagi
me’yoriy hujjatlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi [2]
talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi
0 ‘zbekiston Respublikasi qonuni (1999-yil 19-avgust 0 ‘zbekiston
Respublikasi O liy majlisining X V sessiyasida qabul qilingan), harakat
xavfsizligining huquqiy mezonini ta’minlovchi asosiy me’yoriy
hujjat
bo‘lib xizmat qiladi. Bu qonun yo‘l harakati xavfsizligi sohasida
yuzaga keluvchi munosabatlami tartibga solish hamda fuqarolarning
hayoti, sog‘ligi va mol-mulkini muhofaza etishni ta’minlashga.
ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari,
shuningdek, atrof-muhkni
himoya etishga qaratilgan. Qonun quyidagi 24 moddadan tashkii
topgan: Qonunning maqsadi;
asosiy tushunchalar; qonun hujjatlari.
davlat boshqaruvi; (Vazirlar Mahkamasi, Hokimiyatlar, avtomobil va
daryo transporti agentligi, yo‘l xo‘jaligi, ichki ishlar vazirligi) soha
vakolatlari; transport vositalari
egalarining majburiyatlari; yoMlarga
doir talablar;
transport vositalariga doir talablar;
transport
vositalaridan foydalanuvchilarga talablar; yo‘l harakati xavfsizligini
tibbiy
jihatdan
ta’minlash;
tashkil
etish;
yo‘l
harakati
qatnashchilarining huquqlari va majburiyatlari;
transport vositalarini
boshqarish huquqi; haydovchilarni tayyorlashga doir talablar;
boshqarish huquqining bekor qilinishi; qonun buzganlik uchun
javobgarlik.
Yo ‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi
qonunda quyidagi asosiy
tushunchalar qabul qilingan:
Yo4 -
transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslash-
tirilgan va xuddi shu maqsadda foydalanishga mo'ljallangan yer
mintaqasi yoxud sun’iy inshoot yuzasi;
Yo‘l harakati
- odamlar va yuklarni transport vositalari
yordamida yoki bunday vositalarsiz yoMlar doirasida harakatlanishi
jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;