* ко ‘rsatkich lar h a ry iln in g birinchi ya n va rig a keltirilgan




Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/194
Sana17.01.2024
Hajmi4,53 Mb.
#139886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Bog'liq
3. Q.X.Azizov Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslar

* ко ‘rsatkich lar h a ry iln in g birinchi ya n va rig a keltirilgan.
Avtomobillashtirish jamiyatning iqtisodiy yuksalishiga ijobiy 
ta’sir qilish bilan birga, qator salbiy oqibatlami ham keltirib 
chiqarmoqdaki, ulami hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Avtomobillashtirishning salbiy oqibatlari yo‘l-transport hodisalari 
natijasida ko‘plab kishilaming halok bo‘lishlari (respublikamizda
2008-yilda ularning soni 2178 taga yetdi) yoki tan jarohatlami 
olishlari (2008-yilda ularning soni 11656 tadan oshib ketdi), 
shuningdek, yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab yetkazilgan 
moddiy zararlar, shahar ko‘chalari, aholi yashaydigan joylardan 
o‘tadigan yo‘llar mintaqasidagi yuqori darajadagi shovqin, havo


basseynlarining 
ifloslantirilishi, 
ko‘chalarda 
to‘xtab 
turuvchi 
avtomobillar tomonidan to‘sib qo‘yishlari, transportlarning ushlanib 
qolishlari va harakat tezliklarining keskin tushib ketishidan iboratdir.
Past darajadagi harakat xavfsizligiga
sabab bo‘ladigan 
avtomobillar harakatini uchta o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish 
mumkin.
1. Avtomobil transportining o‘z ko‘rsatkichlariga ko‘ra mos 
keladigan avtomobil-transport foydalanish ko‘rsatkichlariga ega 
boMgan avtomobil yo‘Hari bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi.
2. Avtomobillar 
harakatining 
yo‘l 
harakati 
boshqa 
qatnashchilaridan yetarli darajada ajratilmaganligi va piyodalar 
harakatlanish madaniyatining pastligi.
3. Haydovchilik kasbining ommaviyligi va ular orasida past 
malakali va kam ko‘nikmaga ega boMgan havaskor haydovchilarning 
ko‘pligi.
Mamlakatimizdagi iqtisodiy tarmoqni rivojlantirishda yo‘l 
sohasining roli katta bo‘lib, u ishlab chiqarish sohasi va iqtisodiy 
mustaqillikni mustahkamlash va 0 ‘zbekiston Respublikasi jahon 
hamjamiyatiga faol qarab borishi maqsadida uni yuqori darajadagi 
avtomagistrallar bilan ta’minlash, transport kommunikatsiyalarini a’lo 
darajada rivojlantirishni talab etadi, bu esa birinchi navbatda 
avtomobil yo‘Ilarini ustuvor tarzda rivojlantirib borishni talab etadi.
O ‘zbekistonning jahon bozoriga chiqishi uchun transport 
yoMaklarini shakllantirish bo‘yicha markaziy tadbirlar o‘tkazilmoqda 
hamda respublika va chet el yaqin-uzoq mamlakatlari avtomobil 
yo‘llari integratsiyasi va hamkorlik bo‘yicha qator ishlar amalga 
oshirilmoqda. Bularga quyidagi Prezident va Vazirlar Mahkamasining 
qarorlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin:
- Prezidentning 2005-yiI 3О-sentabrdagi R-2338 raqamli «2006-
2010-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasida avtomobil yoMlarini qurish 
Dasturini ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi 
farmoyishi;
- Prezidentning 2006-yil 3-martdagi PQ-299-sonli «Yo ‘l qurilish 
ishlari hajmi va sifati ustidan nazoratni yanada kuchaytirish choralari 
to‘g‘risida»;


- Prezidentning 2006-yil 25-oktabrdagi 499-sonli «Umumiy 
foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va qayta 
qurish tadbirini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 
1-noyabrdagi VM-226-sonli «Umumiy foydalaniladigan avtomobil 
yo‘llarini qurish va ulardan foydalanishni, tashkil etishni hamda 
sifatini nazorat qilishni takomillashtirish to‘g‘risida;

Prezidentning 
2006-yil 
14-noyabrdagi 
PQ-511-sonli 
«O‘zavtoyo‘1» 
davlat 
aksiyadorlik 
kompaniyasining 
tashkiliy 
tuzilmasini takomillashtirish choralari to‘g‘risida;
- Prezidentning 2006-yil 20-dekabrdagi PQ-535-sonli «Umum- 
foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini 2007-2010-yillarda rivojlantirish 
tadbirlari to‘g‘risida»;
- O ‘zbekiston Respublikasi O liy M ajlisi Senatining 2007-yil 
3-oktabrdagi qarori bilan «Avtomobil yo llari to‘g‘risida»gi yangi 
0 ‘zbekiston Respublikasining qarori.
Dunyo transport tizimiga eng ko‘p talab etiladigan va samarali 
integratsiyani ta’minlash maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi 
hududidan o‘tuvchi xalqaro magistral yoMlarni modernizatsiya qilish 
bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. Bunga quyidagi 
«G ‘uzor-Buxoro-Nukus-Qo‘ng‘ irot-Beyneu», 
«Olmota-Bishkek- 
Toshkent-Termiz», M DH va Yevropaga chiqishni ta’minlovchi 
«Navoiy-Ushquduq» shuningdek, Fors qo‘ltig‘iga va Qora dengizga 
chiqishni ta’minlovchi «Samarqand-Navoiy-Buxoro-Olot» transport 
yoMaklari kiradi.
Guliston-Angren yo‘nalishida 2007-yilda ta’mirlash va yangi 
qurilish bo‘yicha ish boshlandi. Bu yo‘nalish M-39 «Olmota-Bishkek- 
Toshkent-Termiz», M-34 «Toshkent-Dushanba», A-373 «Toshkent- 
0 ‘sh», 4R2 «Toshkent-Olmaliq» va 4R1 «TH AY» mavjud yo‘llariga 
alternativ vazifani bajaradi.
O ‘zbekiston Respublikasida yuqorida keltirilgan PQ-535 raqamli 
Qarorga asosan 2007-2010-yillar mobaynida jami 700 km avtomobil 
yo‘llari, 2700 pm ko‘prik va yo‘l o‘tkazuvchilar ta’mirlab quriladi. 
Shuningdek, har yili 2200 km avtomobil yo‘li kapital va o‘rta 
ta’mirdan chiqariladi.


0 ‘zbekiston Respublikasi yetarli darajada zich avtomobil yo ila r 
tarmog‘iga ega. 2007-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra respublikamizdagi 
yo‘llarning umumiy uzunligi 183000 km, shu jumladan, umumfoyda- 
lanuvdagi avtomobil yo‘llari 42530 km ni tashkil etadi. 0 ‘zbekiston 
hududlarining transport tarmog‘i bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari
1.2-jadvalda keltirilgan.

Download 4,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



* ко ‘rsatkich lar h a ry iln in g birinchi ya n va rig a keltirilgan

Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish