Tizimga quyidagi tashkiliy qismlar kiradi: A (avtomobil), H
(haydovchi), Y (yo‘l), P (piyoda), M (muhit). Bu tashkiliy qismlar
muhitda faoliyat ko‘rsatibgina qolmasdan,
atrof-muhit bilan ularning
har biri chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
1.1 -rasm. «Avtomobil - haydovchi - yo‘ 1 - piyoda - muhit» tizimi.
Muhit deb,
atrof-muhitning yo‘l
harakati xavfsizligiga
mujassamlashgan ta’siri tushuniladi va u quyidagi omillardan tashkil
topadi: ob-havo (metrologik ko‘rinish, yog‘ingarchilik, shamol,
harorat); tabiiy landshaft (tekislik,
qir-adirlar, tog‘lik, yer osti-usti
suvlari va h.k.); mexanik (shovqin, chang, tebranish, gaz chiqindilari
bilan ifloslanganlik va h.k.). «A-H-Y-P-M»
tizimida mexanik
«Avtomobil-yo‘l» (A-Y) va biomexanik «Haydovchi-avtomobil» (H-
A), «Haydovchi-yo‘l» (H-Y), «Piyoda-avtomobil» (P-А) va «Piyoda-
yo‘l»
(P-Y) hamda biologik «Haydovchi-piyoda» (H-P) tizimlarini
ajratib ko‘rsatish mumkin.
«A-Y-H-P-M» tizimi optimal ravishda faoliyat ko‘rsatishda
tizimdagi avtomobil, haydovchi, yo‘l,
piyoda va muhit tashkil
etuvchilarining alohida hamda ularning birgalikdagi A-H, H-Y, Y-P,
А-P va boshqa tasniflari katta ahamiyatga ega.
Avtomobil transportining konstruktiv o‘lchamlari (parametrlari)
yo‘l harakatining tasnifiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda avtomobilning
geometrik o‘lchamlari
tortish va tormozlanish sifati, haydovchi ish
joyining qulayligi va yengil boshqarilishi muhim o‘rin egallaydi.
Avtomobil yo‘li «A-Y-H-P-M» tizimi faoliyatiga o‘zining
geometrik
elementlari
oMchamlari
va transport-ekspluatatsion
sifatining o‘zgarishi orqali ta’sir etadi.
Y o ‘l
harakati
xavfsizligi,
eng
avvalo,
haydovchining
ishonchliligiga, uning tayyorgarligiga va ishchi qobiliyatiga bog‘liq.
Piyodalar yo‘l harakatida alohida o‘rin egallaydilar. Ular yo‘l
harakati qoidalarini mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari real
yo‘l sharoitlarida harakat xavfsizligini ta’minlashga imkon yaratadi.
Umumiy tomonlardan optimal ravishda kelib chiqqan holda, yo‘l
harakati xavfsizligini ta’minlashda birinchi navbatda «A-H-Y-P-M»
tizimdagi har bir tashkil etuvchilaming va birgalikda faoliyat qiluvchi-
laming tasniflarini optimallashtirish orqali erishish mumkin.
1.3.
0 ‘Z B E K IS T 0 N
R E S P U B LD C A SIN I
A V T O M O B IL L A S H T IM S H V A Y O ‘L T A R M O Q LA R IN IN G
0 ‘S IS H K O ‘R S A T K IC H L A R I