«UzD EU avto» korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni
2007-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 661 mingtadan ortib ketdi. 2006-
yilda 140 mingdan ortiq avtomobillar ishlab chiqarilib, 2005-yilga
nisbatan 38,7 foiz o‘sishga erishildi.
2006-yil natijalariga ko‘ra, Respublika yalpi ichki mahsulotidagi
avtomobil sanoatining ulushi 9 foizni tashkil qildi. Shuningdek, jahon
bozoriga o‘zbek avtomobillarini eskport qilishning
sezilarli darajada
ortishiga erishildi. 1996-yilda 880 ta o‘zbek yengil avtomobili eksport
qilingan bo‘lsa, 2006-yilga bu 82537 donani tashkil etdi yoki salkam
94 martaga ko‘paydi.
Shunday qilib, 0 ‘zbekiston Respublikasi
dunyo hamjamiyatiga
avtomobil ishlab chiqaradigan zavodga ega bo‘lgan 26-davlat bo‘lib
kirdi.
Umuman 0 ‘zbekiston Respublikasida 1996-yildan boshlab
xususiy sektorda avtomobil transportining
soni yildan-yilga ortib
bormoqda, xususan oxirgi 2003-2008-yillarda bu o‘sish ko‘rsatkichi
o‘rtacha 2-5,4%ni tashkil etdi (1.1-jadvalga qarang).
1
.1- ja d v a l
Yillar*
2003
2004
2005
2006
2007
2008
Xususiy
sektordagi
avtomobil
lar soni
1095928 1211713 1235879 1269115 1330230 1402333