asosiy magistralning tirband yo‘l bo‘laklaridagi transport oqimining
harakatini aylanma yo‘llar orqali o‘tkazishga intiniladi. Harakatlanish
tartibini oshirish uchun avtomobil va avtobuslarga ikki tomonlama
radio aloqa o‘matiladi. Bu esa harakat o‘zgarishini yo‘lda nazorat
qilish imkonini beradi. Yo‘l harakatini
tashkil etishda quyidagi
hujjatlaming
ahamiyati
kattadir:
«Yo‘l
harakati
xavfsizligi
to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasining qonuni; yo‘l harakati
qoidasi; transport vositalarining konstruktiv xavfsizlik me’yorlari; yo‘l
va ko‘chalar uchun qurilish me’yorlari va qoidalari; shuningdek,
harakat xavfsizligi bo‘yicha soha me’yoriy hujjatlari.
Avtomobil transportining ishini, haydovchi mehnatini, yo‘ldagi
transport vositalari va piyodalarning harakatini
tashkil qilishni bir-
biridan farqlash lozim. Birinchi ikki masala bilan asosan
avtokorxonalar, keyingisi bilan esa yo‘l xo'jaliklari, yo‘l harakati
xavfsizligi organlari va hokimiyat vakillari shug‘ullanadilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, >>07
harakatini tashkil qilishning
asosiy maqsadi
deb har xil transport vositalarini yuqori tezlik bilan
yo‘lning turli bo‘lagidan yilning har qanday ob-havo sharoitlarida
xavfsiz o‘tkazish tushuniladi. Harakatni tashkil etishning
asosiy
vazifalari
quyidagilardan iborat:
- transport vositalarining harakat tartibini belgilash va ta’minlash;
- avtomobillaming yuqori samaradorlik bilan ishlashini har qanday
ob-havo sharoitida ta’minlash va eng yaxshi yo‘l sharoitlarini vujudga
keltirish;
- harakat xavfsizligini yo‘lning har qanday bo‘lagida
va turli ob-
havo sharoitlarida ta’minlash;
- atrof-muhitni bulg‘atmaslik;
- transport vositalarining va yo‘l inshootlarining tez ishdan
chiqmasligini ta’minlash.
Harakatni
tashkil
qilish
bo‘yicha qo‘yilgan
vazifalami
muvaffaqiyatli bajarish uchun turli vazirliklar, korporatsiyalar,
konsemlar, uyushmalar va hokimiyatlar darajasida keng ko‘lamli faol
ishlar olib borilishi zarur. Harakatni tashkil qilishdagi yechiladigan
masalalar ko‘lamiga qarab, ularni uch darajaga bo‘lish mumkin:
1.
Davlat ahamiyatidagi daraja.
Bu darajada yoMda harakat
lanish qonun va me’yorlari tuziladi, «Avtomobil-haydovchi-yo‘l-
piyoda-muhit» tizimidagi elementlarga talab standartlashtiriladi, yo‘l
tarmog‘ining
rivojlanish
rejalari
tuziladi,
davlat
miqyosida
avtomobillashtirish ko‘lami muvofiqlashtiriladi.
2.
Vazirliklar darajasi.
Bu daraja yo‘lovchilami
va yuklarni
tashishni takomillashtirish va rivojlantirish; transport vositalarini
ishlab chiqarish; yo‘llam i qurish, ta’mirlash; yo‘lda yurishni tashkil
qilishda
ishlatiladigan
texnik
vositalami
ishlab
chiqarish;
haydovchilarni tayyorlash va yo‘l qoidalarini yo‘l harakati
qatnashchilariga targ‘ibot qilish masalalari ko‘rib chiqiladi.
3. Muhandis xizmati darajasi. Bu darajada yo‘lda harakatni
tashkil qilish bo‘yicha izlanishlar; yo‘lning xavfli bo‘laklarida
harakatlanish
sharoitlarini yaxshilash; yo‘lning turli bo‘laklarida
bo‘ylama va ko‘ndalang ko‘rinishni yaxshilash; transport vositalarini
texnik
ko‘rikdan
o‘tkazish;
harakatni
tashkil
qilish
uchun
ishlatiladigan texnik vositalarni tatbiq etish va ishlatish; haydovchilar
va piyodalaming yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini nazorat
qilib borish masalalari hal qilinadi.
1.2.
Y O ‘L H A R A K A T IN I T A S H K IL E T IS H D A
«A V T O M O BIL-Y 0 ‘L- H A Y D 0 V C H I- PIY O D A-M UH IT»
T IZ IM IN IN G 0 ‘Z A R 0 B O G ‘L IQ L IG I
Tayanch so'zlar va iboralar: Avtomobil; haydovchi; y o ‘l;