|
SHaxsiy himoya vositalari
|
bet | 24/36 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 392,28 Kb. | | #273464 |
Bog'liq NamDU-ARM-1949-Hayot faoliyati xafsizligi Bu sahifa navigatsiya:
- Nafas
SHaxsiy himoya vositalari. SHaxsiy himoya vositalaridan sanitar-gigienik, texnik va boshqa tadbirlar yordamida sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish imkoniyati bo`lmagan hollarda foydalaniladi.
SHaxsiy himoya vositalari jamoa himoya vositalaridan farqli holda har bir insonni individual alohida himoya qiladi. O`zining funktsional belgilanishi bo`yicha individual himoya vositalari nafas olish, ko`rish, eshitish, organlarini, teri qoplamasini va organizmni butunlay himoyalash vositalariga bo`linadi.
Nafas olish organlarining individual himoya vositalari. Nafas olish organlari fil’trlovchi va izolyatsiyalovchi individual himoya vositalari yordamida himoyalanadi. Fil’trlovchi individual himoya vositalari hajm bo`yicha nafas olinadigan havoda kislorod 18
% dan kam bo`lmaganda va zararli moddalar kontsentratsiyasi cheklanganda qo`llaniladi.
9.10.-rasm.
CHangga qarshi respiratorlar:
,,Lepestok"; b-,,Astra-2": v-F-62 SH; g-F-62 SHM; D-U-2k; e-RP-K.
Nafas olish organlarini himoyalovchi vositalarning fil’trlovchi elementlari maxsus
FPTS-15 yoki FPP-70 materiallaridan tayyorlanadi. Nafas olish organlarini himoyalashda changga qarshi respiratorlar (lepestok, Astra-2, F-62SH, F-62SHM, U-2k, RP-K) dan va gazga qarshi RU-60M, RPG-67 respiratorlaridan keng foydalaniladi (9.10.-rasm).
CHangga qarshi respiratorlar aerozollarning ruxsat etilgan eng kam kontsentratsiyasi 200 mg/m3 gacha bo`lganda foydalaniladi. Gazga qarshi respiratorlar gaz va bug’larning ruxsat etilgan eng kam kontsentratsiyasi 15 mg/m3 gacha bo`lganda ishlatiladi. CHangga qarshi respiratorlarni foydalanib bo`linganligini mezoni nafas olishni
a b
9.11-rasm. Gazga qarshi respiratorlar: a-RU-60 M; b-RPG-67.
og’irlashganligi va fil’trlarni xizmat muddati hisoblanadi (9.4-jadval). 9.4.-jadval
|
| |