|
CHangga qarshi respiratorlarning fil’trlarini taxminiy xizmat muddati
|
bet | 25/36 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 392,28 Kb. | | #273464 |
Bog'liq NamDU-ARM-1949-Hayot faoliyati xafsizligi
Respiratorlar nomi
|
Zararli changlar kontsentratsiyasida fil’trlarning xizmat muddati
|
25 mg/m3
|
100 mg/m3
|
300 mg/m3
|
Mu`tadil
(o`rtacha) ish
|
Og’ir ish
|
Mu`tadil (o`rtacha) ish
|
Og’ir ish
|
Mu`tadil (o`rtacha)ish
|
Og’ir ish
|
U-2k
|
2 smena
|
5 soat
|
3 soat
|
1 soat
|
0,5 soat
|
15 minut
|
F-62sh
|
5 smena
|
3 smena
|
1,5 smena
|
0,5
smena
|
3 soat
|
2 soat
|
«Astra-2»
|
10 smena
|
5 smena
|
5 smena
|
2,5
smena
|
6 soat
|
3,5 soat
|
Fil’trlovchi gazga qarshi moslamalarni himoya muddati zararli moddalarning kontsentratsiyasiga bog’liq bo`ladi va u 30 dan 360 minutga o`zgaradi.
Gazga qarshi moslamalarning foydali chetki himoya imkoniyatidan zararli moddalarning kontsentratsiyasi oshganda, quvurli izolyatsiyalovchi nafas olish apparatlar (PSH-1, PSH-2, RMP-62, LIZ-5 va boshqalar) dan foydalaniladi. (9.12.-rasm).
9.12.-rasm. PSH-1 gazga qarshi uskunasi.
Ko`zni qattiq zararlardan, changlardan, suyuqliklardan, nurlarni shafaqlantiruvchi yorug’liklardan hamda ul’trabinafsha, infraqizil, lazer, radioto`lqin nurlanishlardan himoyalash uchun ochiq va yopiq ko`z oynaklar, yuzni va bo`yinni berkitadigan qo`lda ushlanadigan va boshqa boshga kiyiladigan qalpoqchalardan foydalanadi.
Eshitish organlari quloqqa qo`yiladigan quloqchin ko`rinishdagi shovqinni yutadigan qurilmalar yordamida himoyalanadi. Ular shovqinni 8-12 dB ga kamaytiriladi. Darajasi 12 dB gacha bo`lgan yuqori chastotali shovqindan himoyalash uchun VTSNIIOT – 1, VTSNIIOT – 2M, VTSNIIOT – 4A va boshqa quloqchinlardan foydalaniladi. Boshni har xil xavflardan himoyalash uchun maxsus kaskalardan foydalaniladi.
Teri qoplamasini himoyalash. Insonning teri qoplamasini himoya qilish uchun maxsus ust kiyim, oyoq kiyim, qo`lqop, maxsus himoya maz va pastalardan foydalanadi. Funktsional belgilanishi bo`yicha maxsus ust kiyimlar kislotadan, neftdan, changdan, zahardan, elektrdan himoya qiluvchi bo`ladi.
Oyoqni himoya qilish uchun teridan, rezinadan, plastmassadan va kigizdan tayyorlangan oyoq kiyimlardan foydalaniladi. Qo`lni himoya qilish uchun brezent, yung, paxta, rezina, teri, azbest va kapron materiallardan tayyorlangan qo`lqoplar ishlatiladi.
7 – mavzu. Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam berish
Ishning maqsadi: Jaroxatlanganda, shikastlanganda va zaharlanganda vrachgacha birinchi tibbiy yordam ko`rsatish usullari va tartiblarini o`rganish, birinchi tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha amaliy ko`nikma hosil qilish.
Mashgulot rejasi:
Umumiy ma`lumotlar
Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish tartib-qoidalari:
jarohatlanib xushdan ketganda.
Sun`iy nafas berish va yurakni uqalash.
Maneken-trenajyorda tajriba ishi
Hisobot tarkibi.
Kerakli jihozlar: Maneken-trenajyor, jgut, bint, etil spirt, novshatil spirt.
Topshiriqlar:
1 .Turli xil xolatlardagi jaroxatlanishlarda vrachgacha birinchi tibbiy yordam ko`rsatish usullarini o`rganing.
2.Maneken-trenajyorda sun`iy nafas berish va yurakni uqalashni bajaring.
Z.Ish bo`yicha xisobot tayyorlang, jaroxatlanganda birinchi tibbiy yordam ko`rsatish usullarini batafsil eriting.
Tayanch iborar: Jaroxat, shikastlanish, zaxarlanish, xushsizlik, kon ketishi, sun`iy nafas berish, yurakni ukalash.
Umumiy ma`lumotlar
Inson o`zining hayotiy faoliyati davomida turli xil xavfli va zararli omillar ta`sirida ma`lum bir sabab bilan baxtsiz xodisalarga duch keladi. Xavfning turi va ta`sir darajasi yoki baxtsiz xodisaning sababiga bog’lik xolda jarohatlanish turi va darajasi ham turlicha bo`lishi mumkin.
Aksariyat hollarda jarohatlanish va shikastlanishlar to`satdan yuz beradi. SHuning uchun shikastlangan kishiga zudlik bilan dastlabki yordam ko`rsatish juda muhimdir. Buning uchun dastlabki yordamni ko`rsatayotgan kishining harakatlari tez, anik, to`gri va o`ylab amalga oshirilmogi lozim.
Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam (BTYO)-o`z-o`ziga va atrofdagilarga tibbiy yordam ko`rsatishdir. Fuqoralar birinchi tibbiy yordam ko`rsatishning hamma usullarini mukammal bilishlari shart. Birinchi tibbiy yordam o`z vakgida va to`g’ri ko`rsatilishi lozim. U qanchalik tez va malakali oshirilsa, shuncha ko`p odam xayoti saqlab qolinadi.
Jarohat -organizm teri va shilliq kavati butunligining buzilishi. Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam qon oqishini to`xtatish, ochik jaroxatlarni boglam bilan yopish, jaroxatlangan joyning ko`zgalmas xolati ( immobilizatsiya)ni ta`minlab berishi lozim.
Jaroxatlanganda birinchi tibbiy yordam quyidagilarni o`z ichiga oladi:
1 .Jarohatlanish manbasini va omilini aiiqlab, uning ta`sirini to`xtatish. 2.Jarohatlangan kishini nokulay xavfli sharoitdak ajratish, uning ahvolini
aniklash.
Z.Darxol dastlabki yordamni ko`rsatish.
4.Eng yakin davolash maskaiiga olib borishni tashkil qilish.
Har qanday sharoitda xam jarohatlangan kishiga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jaroxat ta`sirini kamaytirishda yoki jaroxatlangan kishining xayotini sakdab kolishda muxim rol’ o`ynaydi. SHu sababli, xar bir inson birimchi tibbiy yordam ko`rsatish usullarimi va koidalarini puxta bilishi zarur.
Birnnchi tibbin yordam ko`rsatish tartib-koidalarn
Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko`rsatish
Ishlab chiqarishda, xalokatlarda yoki tabiiy ofat sodir bo`lganda ko`pincha odamlar tok urishi natijasida shikastlanishi mumkin. Bunday hol shikastlangan kishilar va kutkaruv ishlarini olib borayotganlar bilan xam yuz berishi mumkin.
Elektr tokidan shikastlangan kishi organizmining ayrim joylarida umumiy yoki maxalliy o`zgarishlar yuz beradi: teri kuyishi, yumshok tuqimalarning kuyishi, asab tizimini ishdan chiqishi, nafas olishningto`xtab qolishi va shu kabilar.
Insonlarni kuchlakish ostidagi mashina, mexanizm va qurilmalarning tok o`tkazuvchi qismlariga tegishi muskulni ixtiyorsiz ravishda qisqarishiga olib keladi va bu xolatdan jaroxatlangan shaxsning o`zi chiqa olmaydi. Bunday xolatda birinchi navbatda elektr qurilmasini tok manbasidan ajratish talab etiladi. Agar elektr shkaflari uzokda joylashgan bo`lsa elektr simini quruk yogoch dastali bolta yoki boshqa jixoz bilan qirqish mumkin.
Kuchlanish 1000 Vgacha bo`lgan elektr toki ta`siridan qutqarishda quruq taxta, arqon, yogoch kaltak, rezina, dielektrik qo`lqop yoki tok o`tkazmaydigan boshka materiallardan, kuchlanish 1000B dan ortiq bo`lsa maxsus shtanga va ombirlardan foydalanish zarur. Qutkarayotgan kishi ham albatta elektrlik qo`lkop va rezina poyabzal kiyib olishi kerak.
Elektr toki ajratilgach jarohatlangan shaxsni kulay va yumshoq o`rindikga yotqizish va pul’s urishini, nafas olishini, ko`z korachig’i xolatini tekshirish xamda bir vaqtda vrachga xabar berish zarur. Jaroxatlangan kishi hushsiz yoki xushida bo`lishi, lekin pul’s urishi va nafas olishi mavjud bo`lishi mumkin. Agar pul’s urishi va nafas olishi mavjud bo`lib, u xushsiz bo`lsa kiyimlarini echish, toza havo kirishini ta`minlash, yuziga suv purkash va
tanasini isitish kerak. Jaroxatlangan shaxs hushsiz bo`lib, pul’s urishi va nafas olishi sezilmasa unga sun`iy nafas berish va yuragini uqalash kerak.
|
| |