Zararli gazlarni neytralizatsiyalash




Download 114,38 Kb.
bet11/22
Sana21.02.2024
Hajmi114,38 Kb.
#160151
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Karyer aerologiyasi-www.fayllar.org

2.3. Zararli gazlarni neytralizatsiyalash 
Karyer atmosferasiga uglerod oksidi, azot oksidlari, aldegidlar,
oltingugurt gazi kabi qator zararli gazlar turli manbalardan ajralib 
chiqadi. Bu gazlarning tabiati har xil bo'lib, ularning har biri o'ziga
xos fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarga ega. Ularni neytra-
lizatsiyalash uchun sorbsion (absorbsion va adsorbsion), katalitik gaz
tozalash, termik gaz tozalash va aralash gaz tozalash usullaridan 
foydalanish mumkin.
Absorbsion gaz tozalash gaz yutuvchi suyuqlik yordamida gazni 
yutishdan iborat bo'lib, unda gaz u yoki bu darajada suyuqlikda eriydi.
Bunda fizikaviy absorbsiya va xemosorbsiya sodir bo'ladi. Fizikaviy 
absorbsiyada kimyoviy reaksiya, ya'ni gazning suyuqlikda oddiy
erishi sodir bo'ladi. 
Azot oksidi va aldegidlar kabi oson eriydigan gazlarning suvda
yutilib ketishi (erishi) fizikaviy absorbsiyaga misol bo'ladi. Xemo- 
sorbsiyada absorbsiyalanuvchi komponent suyuq fazada kimyoviy
birikmaga bog'lanadi. Bunga azot ikki oksidi bilan zaharli natriy, 
shuningdek, uglerod oksidi bilan ammiak tuzi eritmasining o'zaro
bir-biriga ta'sir etishi misol bo'ladi. Karyer atmosferasini katalitik 
gazdan tozalashda havo tarkibida oz miqdorda zararli moddalar
mavjud bo'lsa, kimyoviy reaksiya sodir bo'ladi, natijada xavfsiz 
moddalar hosil bo'ladi yoki reaksiyaning tezligi o'zgaradi.
Qattiq katalizatorlardan foydalanganda gaz reaksiyasi katalizi 
qattiq faza yuzasida (sathida) sodir bo'ladi. Qattiq katalizator sifatida
metallar, ularning oksidlari, sulfidlar (metallar bilan oltingugurt 
birikmasi), mis, marganes, nikel, simob kabi qator metallarning har xil
tuzlari va boshqa birikmalardan foydalanish mumkin. 
Biror katalizatorning faolligini reaksiya ketayotgan sath maydo-
ni belgilaydi. Shunga ko'ra ishlab chiqarishda, odatda, maydalangan 
katalizatorlardan foydalaniladi. Amaliyotda platinali va palladiyli
katalizatorlar ham mavjud, biroq ular qimmat va ma'lum darajada 
kamyob bo'lganligi tufayli ulardan kam foydalaniladi.
Karyer atmosferasini termik usulda normallashtirishda kichik 
hajmdagi uglerod oksidi, uglevodorod, aldegidlar va boshqa orga- nik


23
birikmalar ularning olovlanish (chaqnash) haroratidan yuqori 


haroratda yondiriladi. Buning uchun kislorod yetarli darajada bo'lishi


kerak. Ayrim gazlarning ma'lum miqdori oddiy havoda ham yonishi 
mumkin. Masalan, uglerod oksidining havo tarkibidagi miqdori 12,5
% va undan ko'p bo'lsa, bu gaz havoda bemalol yonadi. 
Karyer atmosferasida bir necha xil gaz bo'lib, havoni ulardan bir
vaqtda tozalash zarur bo'lsa, unda karyer havosini normallashtirish 
uchun bir necha gaz tozalash usullari kombinatsiyasidan foydala-
niladi. Bunda quyidagi kombinatsiyalar bo'lishi mumkin: absorbsion 
va katalitik gaz tozalash, termik va katalitik gaz tozalash va boshqa
kombinatsiyalar. 



Download 114,38 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Download 114,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Zararli gazlarni neytralizatsiyalash

Download 114,38 Kb.