• 2.5. Ish joylarida mikroiqlim hosil qilish
  •  Karyerdan zararli aralashmalarni chiqarib tashlash




    Download 114,38 Kb.
    bet12/22
    Sana21.02.2024
    Hajmi114,38 Kb.
    #160151
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
    Bog'liq
    Karyer aerologiyasi-www.fayllar.org

    2.4. Karyerdan zararli aralashmalarni chiqarib tashlash 
    Qazishdan bo'shagan maydondagi zararli aralashmalarni karyer-
    dan chiqarib tashlashga maxsus aspiratsion tizimlar barpo qilish,
    karyerni tabiiy va sun'iy shamollatish orqali erishish mumkin. 
    Maxsus aspiratsion tizimlar zararli moddalarni hosil bo'lgan
    joyidan so'rib olib, keyin ularni qazishdan bo'shagan maydon 
    tashqarisiga chiqarib tashlaydi. Zararli moddalarni chiqarib tashlash
    ularning tarqalishiga qo'yiladigan talablar va ruxsat etilgan 
    konsentratsiyasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
    Karyerlarni tabiiy shamollatishda shamol va termik energiya 
    kuchlaridan foydalaniladi. Bu kuchlarning ta'siri odamlarning ular- ga
    bo'lgan munosabatiga nisbatan kuchli va kuchsiz bo'lishi mumkin. 
    Masalan, qazishdan bo'shagan maydon atmosferasiga shamol- ning
    ta'siri kuchli bo'lgani uchun qoplama jins ag'darmalarini karyer yer 
    yuzi konturidan uzoqqa joylashtirish, karyer bortlariga havo oqimi
    og'ish profiliga mos keladigan shakl berish talab etiladi. 
    Karyerni sun'iy shamollatishda zararli moddalarni turli qurilma-
    lar, inshootlar yordamida karyerdan chiqarib tashlanadi. Bu ishni 
    mustaqil sun'iy shamollatish, mustaqil yoki tabiiy shamollatish, chang
    tutish va chang bostirishlar bilan birgalikda amalga oshirish mumkin. 

    24



    2.5. Ish joylarida mikroiqlim hosil qilish 
    Ochiq usulda konlarni qazib olishning rivojlanishi karyerlarda
    bajariladigan barcha jarayonlarni (asosiy va yordamchi) to'la me- 
    xanizatsiyalash va avtomatlashtirish asosida amalga oshiriladi. Bu
    esa, o'z navbatida, kon-transport uskunalarining, burg'ilash stanok- 
    larining kabinalarida ishlaydigan ishchilar sonining oshib borishiga
    olib keladi. 
    Kabinalarda turli omillar ta'sirida atrof-muhit atmosferasidan farq
    qiladigan mikroiqlim hosil bo'ladi. Bu iqlim issiqlik parametr- lariga 
    nisbatan keskin namoyon bo'ladi. Shu sababli kabinalarda
    konditsioner yordamida odamlar uchun qulay (maqbul) havo mu- hiti 
    - mikroiqlim hosil qilinadi.
    Konditsionerlar havoni chang va zarrali gazlardan tozalaydi. 
    Shuningdek, kabinalarda havoning harorati, namligi va tezligining
    maqbul parametrlarini saqlab turadi. 



    Download 114,38 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




    Download 114,38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Karyerdan zararli aralashmalarni chiqarib tashlash

    Download 114,38 Kb.