42
Changni bostirishdagi suvning solishtirma sarfi uning bug'lanish
jadalligiga bog'liq bo'lib, quyidagi ifoda orqali aniqlanishi mumkin
(bug'lanish jadalligi o'z navbatida meteorologik omillarga bog'liq
bo'ladi):
( (
-
4 )
- V
i o
•
kg/m
2
• soat,
bunda T - yo'l yuzining
harorati, °C; T - yo'l yuzidan
2 m baland- likdagi havo harorati, °C;
V
10
- yo'l yuzidan 10 metr
balandlikdagi
havo oqimi tezligi, m/s;
l
n
- yo'l yuzi haroratida
to'yingan bug'ning elastikligi, Pa;
l
2
- yo'l yuzidan 2 metr
balandlikdagi bug'ning elastikligi, Pa; K
g
- yo'l chetlariga tushadigan
va o'tib ketayotgan mashinalar olib ketadigan suvlar hisobiga
qo'shimcha suv yo'qo- tilishini hisobga olish koeffitsiyenti.
4.2. Konveyer transporti qo'llanilganda changga qarshi kurashish
Kon massasini konveyer transporti
bilan tashilganda karyer
havosiga chang ajralib chiqishi quyidagi jarayonlarda sodir bo'ladi:
transport qilinayotgan materiallar ustidagi changning shamol ta'sirida
uchib chiqishi, materialni bir konveyer stavidan ikkinchi staviga
yuklashda va konveyerning salt harakatlanuvchi lentasiga yopishgan
changlarning ajralib chiqishi va boshqalar.
Tashilayotgan material yuzasidan shamol ta'sirida ajralib chi-
qadigan
changning oldini olish uchun, shuningdek, atmosfera yo-
g'inlari tufayli materialning ho'llanib konveyer lentasiga yopishib
qolishini bartaraf qilish uchun karyerlarda turli o'ramalardan
(yopqichlardan) foydalaniladi.
Konveyerning ishchi (yuk tashish) va salt harakatlanadigan (ostki)
lentalari hamda tashilayotgan materiallardan shamol oqimi ta'sirida
ajralib chiqadigan changlarni to'liq berkitadigan o'rama (yopqich) eng
yaxshi o'rama hisoblanadi. Konveyer lentasi va barabanlarga
yopishgan changdan ularni tozalash uchun sidirg'ali, cho'tkali,
titratuvchi, pnevmatik va gidravlik qurilmalardan foydalaniladi.
/
л
T - T
1
+
1,55 t!l_L
V
V
i0 J
Qp.g = 5,3-10
43
Agar lentani yopishgan changlardan tozalash uni 180° ga o'gi- rish
usulida bajariladigan bo'lsa, u holda yuqoridagi qurilmalardan
foydalanilmaydi. Chunki bunda salt harakatlanuvchi lenta rolik- larga
toza tomoni bilan ishqalanib harakatlanadi, natijada yopishgan
changlar lentaning ustida qolib, undan ajralib chiqmaydi.
Yuqori pishiqlikka ega bo'lgan lentalardan
foydalanish asosida
konveyerlarni uzaytirib, stavlar sonini kamaytirish va bir konveyer-
dan ikkinchi konveyerga materialni qayta yuklash balandligini
qisqartirish konveyer transportida changga
qarshi kurashishning
istiqbolli yo'nalishi hisoblanadi.
Yuklash, qayta yuklash va materialni bo'shatish usullarida
mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda changga qarshi kura-
shishning o'rama, suv yordamida changsizlantirish (gidrochangsiz-
lantirish) va changni bug' yordamida bostirish kabi usullardan
foydalanish mumkin.
Lentali konveyer qo'llanganda
changga qarshi kurashishda
aspiratsion o'rama (yopqich) dan foydalanish yaxshi natija beradi.
Chunki bu usuldan har qanday iqlim sharoitlarida ham foydalanish
mumkin.
Aspiratsion o'rama qo'llanilganda aspiratsialangan (siyraklan-
gan) havoni tozalash uchun so'ruvchi ventilatorlar qo'llanilib, turli
chang tutish vositalaridan foydalanish mumkin.
Karyerlarda qo'llanadigan aspiratsion sistema (4.1- rasm) quyida-
gilardan tashkil topadi: qayta yuklash joyi o'ramasi, ikki bosqichli
tozalash sikloni; yengsimon filtr. Changsizlantirish uskunasi bilan
ventilator harakatlanadigan changga joylashtirilgan bo'ladi.
4.1- rasm. KI-800 rotor kompleksi magistral
konveyerining qayta yuklash
uzellaridagi aspiratsion changsizlantirish sistemasining sxemasi:
1 - o'rama
(yopqich);
2 - havo o'tkazgich;
3 - siklon;
4 - FV filtri;
5 - ventilator.
44
Konveyer transporti qo'llanganda gidrochangsizlantirishga ta-
shilayotgan materialni ho'llash yoki mayda zarrachalarga aylangan
suv bilan changni bostirish orqali erishish mumkin.
Mayda dispersiyalangan (zarrachalarga bo'linib, yoyilgan)
changlarni ho'llash va koagulatsiyalashning (cho'ktirishning) sa-
maradorligini oshirishga gidroakulistik purkash hamda suvga
yuza-faol moddalarni qo'shish orqali erishiladi.
Ko'pikdan foydalanish chang zarrachalarini ho'llash
va ularni
cho'ktirish bilan birga havo oqimidagi uchib yuradigan changlarni
atmosferaga ajralib qo'shilishiga ham yo'l qo'ymaydi. Chang bos-
tirishning bu usulida ko'pik tashilayotgan material ustiga sepiladi.