45
Bunda suv sarfi miqdori yuqori qatlamni molekular suv sig'imi
bo'yicha ho'llash shartidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yuqori qatlamni mustahkamlash uchun neft, mazut, xlorli kal- siy,
suv va boshqalardan foydalanish kon massasini uzoq masofaga
tashishda maqsadga muvofiq hisoblanadi.
4.4. Turli transport vositalari kombinatsiyasini qo'llanganda havo
changlanishini kamaytirish
Karyerlarda turli transport vositalari kombinatsiyasidan foyda-
lanilganda materialni bir transport vositasidan ikkinchisiga qayta
yuklash joylari karyer havosini qo'shimcha changlantirish manbalari
hisoblanadi. Shunga ko'ra manbalarni ikki guruhga ajratish mumkin:
oddiy qayta yuklash punktlari guruhi va kon massasini maydalash va
elash ishlari bajariladigan qayta yuklash punktlari guruhi.
Qayta yuklashda changga qarshi kurashishning quyidagi usul-
laridan foydalanish mumkin: changtutkich qurilmali aspiratsion
o'ramalar (yopqichlar) usuli, materialni ho'llash usuli; ko'pikdan
foydalanish va boshqa usullar. U yoki bu usuldan foydalanish chang
ajralib chiqadigan manbaning ko'rinishi va joyning sharoitini hisobga
olgan holda tanlanadi.
Masalan, temiryo'l avtomobil transporti kombinatsiyasini qo'l-
lashda tashilayotgan materiallarni ho'llashning turli usullaridan
foydalaniladi. Bunda statsionar gidromonitor qurilmalari va forsunkali
suvsepkichlardan foydalanish samaradorligi yuqori bo'ladi.
Qayta yuklash punktlarida qo'llanadigan gidromonitor qurilma-
sining soni va tipi oraliq omborlari tipi hamda u yerda qo'llanadigan
yuklash uskunasining tipi, soni va o'lchamlarini, shuningdek,
tashilayotgan materialni ho'llash uchun zarur bo'lgan suv hajmini
hisobga olgan holda aniqlanadi.
Bitta tupikda ishlatiladigan gidromonitorlar soni quyidagi ifoda
orqali aniqlanadi:
N
2 = 7Ч L
y
= 2^Z
2
2
-(bb + b
T
)
2
,
46
bunda L
T
- qayta yuklash tupiki uzunligi, m; L
y
- bitta gidromonitor
bilan ho'llanadigan tupik uchastkasining uzunligi, m;
l
2
- gidro-
monitorning pog'ona ustki va ostki qirralariga nisbatan o'rnatilgan joyi
bo'yicha uning jo'mragidan chiqayotgan suv oqimining uzoqqa otilish
masofasi, m;
b
3
- qayta yuklash punktidagi ekskavatorning kirma
(заходка) kengligi, m; b
T
- omborga joylashtirilayotgan kon massasi
bilan gidromonitor qurilmasi o'rnatilgan joy o'rtasidagi masofa, m.
Gidromonitorning qayta yuklash punktidagi suv sarfining minimal
miqdori quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: