№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
12.3. Ma’ruza turlari
Olimlar ma’ruzalarning xilma-xil turlarini ajratib ko‘rsatdilar. 
N.U.Zaychenkoning so'zlariga ko'ra ma'ruzaning quyidagi turlari 
mavjud: 
- didaktik maqsadiga ko‘ra (kirish, tematik (joriy), yakuniy, 
umumiy, ma'ruza-konsultatsiyalar); 
- umumiy maqsadiga ko‘ra (ta'limiy, tashviqot, targ‘ibot); 
- tinglovchilarga ta'sir o'tkazish usuliga ko‘ra (hissiyotlar 
darajasida, tushunish darajasida, ishonch darajasida); 
- mazmuni bo'yicha (akademik, ilmiy-ommabop); 
- talabalarning kognitiv faolligi darajasi va ma'lumotni taqdim etish 
uslubiga ko'ra (axborotli, tavsiflovchi, tushuntiruvchi, muammoli, 
kontekstli, ikki kishilik ma’ruza, vizuallashtirilgan ma’ruza, oldindan 
rejalashtirilgan xatolar bilan ma’ruza, matbuot anjumani formatidagi 
ma’ruza). 


209 
 
Kirish (muqaddima) ma’ruzada kurs (bo‘lim, mavzu) ning ilm-fan 
tizimidagi o‘mi, ushbu materialni amaliyotda qoilash imkoniyatlari, 
kurs (bo‘lim, mavzu) mazmunini o‘i:ganish metodlari ochib beriladi. 
Bunday ma’ruzaning muhim xususiyati shundaki, unda o‘qituvchi 
asosiy masalaning u yoki bu tomonlarigagina to‘xtaladi va bu masalalar 
keyinchalik albatta detalma-detal yoritib beriladi. 
Tematik ma’ruzaalar ayniqsa, keng tarqalgan. Bunday ma’ruza u 
yoki bu mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, unda faktlar, ulaming tahlillari, 
xulosalar mazmuni bayon qilinadi va konkret ilmiy qoidalar 
isbotlanadi. 
Umumiy-yakuniy ma’ruza avval o‘rganilgan materiallami 
qaytadan umumlashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Uning mazmuni awal 
bayon qilingan mazmunga o‘xshamaydi, balki talabalar tomonidan o 
‘zlashtirilgan axborotlami yuksak abstraksiyalash bosqichida tizimga 
tushiriladi. Bunday ma’ruzalar talabalar bilimining chuqurlashiàiida va 
o‘quv fani metodologiyasini yaxshi tasawur qilishda alohida 
ahamiyatga molik bo‘ladi. 
Ma’ruzalar, uni rejalashtirishdagi ustun turuvchi funksiyalarni 
amalga oshirish mazmuniga qarab ham quyidagi turlarga bo‘linishi 
mumkin
1

-
axborot-tahliliy; 
-
muammoli; 
-
tashkiliy –yo‘naltiruvchi; 
-
ma’ruza-maslahat; 
-
ma’ruza –dialog; 
-
hodisaviy ma’ruza. 
Ushbu ma’ruza turlari ichida muammoli ma’ruzalar alohida 
e’tiborga ega hisoblanadi. Bunda ma’ruzachi dastlab muammoli 
vaziyatni hosil qilishi, keyin muammoning mohiyati va tahlilini 
keltirishi va muammo yechimi bo‘yicha o‘z farazlarini bayon etishi 
lozim. 
AQShda hozirgi kunda ma’ruza-panel amaliyotda ko‘plab 
qo‘llaniladi. Bunday ma’ruzalardagi munozara va bahslarda qo‘yilgan 
muammo yechimi bo‘yicha o‘z dunyoqarashi va fikriga ega bo‘lgan bir 
necha yuqori malakali ekspertlar ishtirok etishadi. 
1
О.Д.Рахимов, М.Сапаев, Назаров Б.Ф. Олий таълимда замонавий маърузалар. Услубий қўлланма. 
Қарши-2012й., 68 бет 


210 
Shuningdek, amaliyotda bir necha ma’ruzachilar ishtirokidagi 
ma’ruzalar, ya’ni har bir ma’ruzachi o‘z pozitsiyasiga (ma’ruzachi, 
ekspert, tanqidchi, mavzu bo‘yicha muammo tashlovchi va b.) ega 
bo‘lgan ma’ruzalar ham keng qo‘llaniladi. 
Hodisaviy ma’ruza bu ma’ruzaning alohida janri bo‘lib, bunda 
ma’ruza ijtimoiy hodisa sifatida tushuniladi. Bunday ma’ruzalarga 
Nobel mukofoti sorvindorlarining ma’ruzalarini keltirish mumkin. 
Lekin, ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talabaning birgalikdagi faoliyati 
davrida bunday ma’ruzalar tinglovchining shaxsiy his-tuyg‘ulariga 
ta’sir etishi, uning bilishga ehtiyojini rivojlantirishi, muammo bo‘yicha 
o‘z fikrlarini hosil qilishga va aniqlashtirishga sharoit yaratishi, 
o‘zining dunyoqarashi va fikrini uyg‘otib, uni bayon qilishga imkon 
berishi lozim. 
Mini-ma’ruzalar – “kichik”, juda qisqa hajmdagi ma’ruzalar 
bo‘lib, unda mavzu bo‘yicha aniq, tayanch savollar va iboralarning 
qisqa mazmuni yoritiladi. Bunday ma’ruzalar ko‘pincha amaliy 
faoliyatni, ilmiy tadqiqotlarni boshlashdan oldin o‘tkaziladi. 
Ochiq ma’ruzalar – muayyan fan bo‘yicha o‘quv dasturidagi 
mavzuni talabalar, shuningdek, shu mavzuga qiziqish bildirgan va 
maxsus taklif etilgan professor-o‘qituvchilar, olim va mutaxassislar 
auditoriyasida ma’ruza shaklida o‘tkaziladigan darslar ochiq 
ma’ruzalar deb ataladi. Ochiq ma’ruzalarni o‘tkazishdan maqsad 
professor-o‘qituvchilarni tegishli fan, texnika va texnologiyalari 
sohalari bo‘yicha jahonda erishilgan yutuq va yangiliklar bilan 
xabardor bo‘lishlariga erishish va ular asosida zamonaviy pedagogik va 
axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan 
holda ma’ruzalarni tayyorlash, o‘tkazish va shu tariqa ta’lim sifatini 
oshirish 
hamda 
tayyorlanadigan 
kadrlar 
raqobatbardoshligini 
ta’minlashdan iboratdir. Ochiq ma’ruzalarni o‘tkazish vazifalariga 
quyidagilar kiradi: 
- talabalarga fandagi so‘nggi yutuq va yangiliklarni yetkazish; 
- ta’lim sifatini boshqarishda fan, ishlab chiqarish va jamoatchilik 
ishtirokini ta’minlash; 
- ilmiy-uslubiy jihatdan yetuk ma’ruzalarni targ‘ibot etish; 
- yosh va bo‘lajak pedagog kadrlarning kasb mahoratini oshirish; 


211 
- ilmiy unvonga ega bo‘lgan professoro‘qituvchilarni, o‘z kasbiy 
mahoratlarini oshirish ustida muntazam ishlashlarini ta’minlash va 
ularda o‘quv jarayonidagi mas’uliyatlarini oshirish; 
- yuqori saviyadagi ma’ruza mualliflarini rag‘batlantirish va 
taqdirlash. 
Ochiq ma’ruzalar odatda, o‘z sohasi bo‘yicha taniqli yoki ilmiy 
maktab yaratgan, ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan tajribali 
professor-o‘qituvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi. 
Zamonaviy 
ta’lim 
jarayoniga 
yangi 
guruhiy 
o‘qitish 
texnologiyalarini 
qo‘llanilishi, o‘z xususiyati bilan boshqa 
ma’ruzalardan farq qiluvchi mini –ma’ruzalarni yuzaga kelishiga olib 
keldi. Ushbu ma’ruza turi rivojlantiruvchi ta’lim yetakchi g‘oyasida 
(paradigmasi)da ham muhim o‘rin egallamoqda. Buning asosiy 
sabablaridan biri rivojlantiruvchi ta’limda talabalarning mustaqil 
ishlariga katta e’tibor qaratilishidadir. Bunda asosiy ma’ruza 15-30 
minut bo‘lib, qolgan vaqt talabalarning mustaqil yoki guruhiy 
ishlashlari uchun ajratiladi. 
Mini ma’ruzalar ham o‘z vazifasiga bog‘liq holda boshqa 
ma’ruzalar singari turlicha bo‘ladi. Ta’lim oluvchining mavzuni 
o‘zlashtirishdagi muammolari va qiyinchiliklariga bog‘liq holda mini-
ma’ruzalarni quyidagi uch turga bo‘lish mumkin. 
1. Ma’ruza-navigator. Mini ma’ruzaning birinchi vazifasi 
an’anaviy o‘qitish shaklidagi kirish ma’ruzasiga mos keladi. An’anaviy 
ma’ruzadagi kirish ma’ruzasida ma’ruzachi fan bo‘yicha umumiy 
ma’lumotlar berib, fanning bo‘limlari va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar, 
fanning umumiy maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi to‘g‘risida 
ma’lumotlar beradi. Rivojlantiruvchi ta’lim o‘qitish sikli modeliga 
asosan mini ma’ruza-navigatorda ma’ruzachining asosiy maqsadi 
nafaqat fanning mazmunini ochish va umumiy yo‘lyo‘riq berish, balki 
talabalar bilan birgalikdagi guruhiy faoliyat davomida fanning mohiyati 
va mazmunini yoritishdan iborat bo‘lishi lozim. Bunday ma’ruzalar 
mazmun-mohiyat jihatidan navigator hisoblanib, talabaga kelajakdagi 
faoliyatining rejasini ishlab chiqishga, mustaqil o‘rganishi lozim 
bo‘lgan masalalarni belgilab olishga imkon yaratadi. Shuningdek, 
talaba tomonidan mustaqil faoliyat chegarasi belgilab olinadi, shaxsiy 
va guruhiy mustaqil ishlar bo‘yicha talablar hamda topshiriqlar 
aniqlanadi. Ma’ruza-navigatorlar o‘qitish siklining boshida, talaba 


212 
mustaqil ishlashga o‘tishdan oldin, har bir o‘qitish fazasi boshida 
hamda fanni o‘rganish davomida savol yoki muammolar yuzaga 
kelganda tashkil etilishi mumkin. 
2. Refleksiv ma’ruzalar. Rivojlantiruvchi ta’lim modeli bo‘yicha 
mini-ma’ruzaning ikkinchi vazifasi auditoriyadagi har bir talabani va 
butun guruhni mavzu bo‘yicha mutaqil fikrlashini ta’minlash hamda 
olgan bilimlar rivojlanishining keyingi bosqichiga yo‘naltirishdan 
iboratdir. Bunday ma’ruzalar refleksiv ma’ruzalar deb ataladi.
Refleksiv ma’ruzada pedagog guruhdagi har bir talabaning bilim olish 
bo‘yicha shaxsiy rivojlanish qobiliyatini hisobga olib, quyidagi ta’limiy 
vazifalarni yechishni rejalashtiradi: 
-guruhdagi qiyin o‘zlashtiruvchi ayrim talabalarni faollashtirish va 
keyingi bosqichda birgalikda faoliyat yurtishga yo‘naltirish; 
- oldin o‘zlashtirilgan mazmun va faoliyat turi bo‘yicha muammoli 
savollarni tashlab, mavzu bo‘yicha bilimni chuqurlashtirishga imkon 
yaratish; 
- talabalar bilimini rivojlanish pog‘onalari bo‘yicha o‘sishini 
ta’minlash. 
Bunday ma’ruzada o‘qituvchi o‘rganiladigan mavzu bo‘yicha o‘z 
ruhiy olami, fikrlari hamda talabalarning shaxsiy hamda guruhli 
faoliyati tahlili yuzasidan vujudga kelgan muammolarni umumiy 
muhokama mazmuni sifatida o‘rtaga tashlaydi va buning uchun faoliyat 
refma’ruzasini tashkil etishning quyidagi usullaridan foydalanishni 
tavsiya etadi: 
- tahlil - o‘tgan faoliyatni qayta qurish; 
- tanqidiy tahlil - qarama-qarshiliklarni aniqlash usuli sifatida; 
- oldin foydalanilgan uslub, vositalar va muammoli savollarni 
keltirib chiqarishni yetarli emasligi; 
- me’yorlash - g‘oyalar va qarorlarni izlash asosi. 
Refleksiv ma’ruzada har bir talabaning mavzu muhokamasi 
bo‘yicha shaxsan qatnashish samaradorligi ta’minlanadi va u tashlagan 
fikr, g‘oya yoki muammoli savol muhokama qilib boriladi. Bunday 
ma’ruzada pedagog har bir ishtirokchining hamda butun guruhning 
o‘zlashtirish darajasini qanday bosqichda ekanligini bilib boradi va uni 
ma’ruzani o‘zlashtirish loyihasi traektoriyasi bo‘yicha rivojlanishini 
ta’minlaydi. 


213 
Vositaviy 
ma’ruza. Mini-ma’ruzaning uchinchi vazifasi 
egallangan nazariy bilimlarni vositaga aylantirish, ya’ni ma’ruzalar 
davomida olingan bilimlardan aniq real sharoitdagi muammolarni hal 
etishda vosita sifatida foydalanishga oid ko‘nikma hosil qilishdan 
iboratdir. 
Ma’lumki, inson dastlab ayrim axborotlarni odatiy, hayotiy deb 
bilim ontologiyasi sifatida qabul qiladi. An’anaviy ta’limda shu bilan 
ma’ruza o‘z funksiyasini bajarib bo‘ladi yoki ko‘pi bilan talaba olgan 
bilimlaridan standart hayotiy vazifalarni hal qilishda foydalanish 
malakasini egallaydi. 
Talaba ushbu bilimlarning vositaviy ahamiyatini tushunib 
yetmaydi, ya’ni ushbu bilimlardan foydalanish chegarasini belgilab 
ololmaydi. Ta’lim modeliga kompetent yondoshishda pedagogning 
asosiy vazifasi talabaga faqat standart vazifalar yoki muammolar 
yechimi bo‘yicha bilim berish emas, balki olingan bilimlardan hayotda 
uchraydigan turli xil vaziyatlarda vosita sifatida foydalanish malakasini 
shakllantirishdan iboratdir. 
Vositaviy 
mini-ma’ruzalar 
ma’ruzaning murakkab janri 
hisoblanib, ma’ruzachida kuchli rivojlangan uslubiy qobiliyat 
bo‘lishini talab etadi. 
Muammoli ma’ruza. Muammoli ma’ruza tinglovchida ma’ruza 
mazmuniga nisbatan ilmiy-izlanish munosabatlarini yuzaga kelishiga 
imkoniyat yaratadi. Muammoli ma’ruzada ma’ruzachi va tinglovchilar 
hamkorligida amalga oshiriladigan kamida 3 ta maqsad mavjud bo‘ladi: 
- tinglovchilar tomonidan nazariy bilimlarni o‘zlashtirish; 
- nazariy va ilmiy fikrlashni rivojlantirish; 
- bilim olish va kasbiy qobiliyatni shakllantirish. 
Muammoli 
ma’ruzada 
ma’ruzachining 
asosiy 
vazifasi 
tinglovchilarda ilmiy fikrlash va dunyoqarashni shakllantirish bo‘lsa, 
tinglovchining asosiy vazifasi ma’ruzachi bilan dialog asosida o‘zi 
uchun yangi bilimlar, qonuniyatlar va munosabatlarni kashf etishdan 
iborat bo‘ladi. 
Muammoli ma’ruzalarni olib borishni bir qancha usullari mavjud: 
1. Mavzu mazmuni va materialini tushuntirmasdan oldin 
muammoli vaziyatlarni keltirib chiqarish. Muammoli vaziyat bu, 
tinglovchining bilish predmeti, obyekti bilan ilmiy izlanish, ixtirolar 
yaratish va yangi bilimlarni olishga yo‘naltirilgan fikran o‘zaro 


214 
ta’siridir. Muammoli vaziyatning oddiy belgilari mavjud bo‘lib, ular 
noaniq muammolar to‘g‘risida o‘z-o‘ziga savol berish, uni hal etish 
usullari va yo‘llarini izlab topishdan iboratdir. 
2. Muammoli ma’ruzani olib borishning ikkinchi usuli fan va 
amaliyotga ma’lum bo‘lgan, lekin tinglovchi bilmagan qonuniyatlar 
yoki ixtirolar to‘g‘risida fikrlashga va “sub’ektiv” yangiliklar 
yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir. 
Muammoli ma’ruza mazmuni: 
- amaliyot uchun juda muhim va o‘zlashtirish juda murakkab 
muammolar; 
- ilmiy g‘oyalar va nazariyalarni mazmuni va ularni yuzaga kelish 
mantig‘i; 
- g‘oyaga oid hodisalarni amaliyotda, hayotda uchrashi; 
- tinglovchini tushunishi uchun qiyin savollar darajasi, ketma –
ketligi bo‘yicha yoritish; 
- tinglovchining bilish ehtiyojini hisobga olish; 
- muammolar va vazifalarni asosiy va tashkil etuvchilar shaklida 
keltirish. 
Muammoli ma’ruzada tinglovchining faollik shakllari: 
- faol tinglash va tushunish; 
- konspekt yuritib borish; 
- konspektda savollarni shakllantirib borish; 
- ma’ruzachiga savollar berish; 
- ma’ruzachi bilan dialogda savollarga javob izlash. 
Muammoli ma’ruzada dialog qanchalik ko‘p bo‘lsa, ma’ruzaning 
samarasi shuncha yuqori bo‘ladi. Muammoli ma’ruzaning mazmunida 
fanning yangi yutuqlari, uni amalda qo‘llashdagi obyektiv qarama-
qarshiliklar keng yoritilishi lozim. 
Axborotlarni oddiy o‘qib uzatishga asoslangan an’anaviy 
ma’ruzalar o‘rnini, rivojlantiruvchi ta’limda talabaning mustaqil bilim 
olishi va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltiruvchi ma’ruza-navigator 
(yo‘naltiruvchi), refleksiv va vositaviy, muammoli ma’ruzalar 
egallaydi. Ma’ruzalarning yana boshqa ko‘rinishlari, jumladan 
ma’ruza-panel, ma’ruza-tashviqot, ikki ma’ruzachi ishtirokidagi 
ma’ruzalar ma’ruza tashkiliy shaklining xususiy ko‘rinishi yoki 
takomillashgan varianti hisoblanadi. 


215 
Ma’ruza turini tanlashda o‘quv auditoriyasining texnik vositalar 
bilan jihozlanishi, tinglovchilar salohiyati (ular kimlar: o‘quvchilar, 
talabalar, magistrlar, stajorizlanuvchilar, oliy ma’lumotli xodimlar, 
olimlar va b.), ma’ruza maqsadi va mavzusi hisobga olinishi kerak. 
Umuman olganda, ma’ruzaning quyidagi turlari mavjud: 
1. Yo‘naltiruvchi ma’ruza – shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish 
va ushbu predmet mazmunini o‘zlashtirish bo‘yicha ma’ruzachi bilan 
tinglovchining birgalikdagi faoliyatini ( shaxsiy, guruhiy yoki 
jamoaviy) tashkil etishga yo‘naltirilgan ma’ruzalar. 
2. Kirish ma’ruzasi - keyinchalik o‘rganiladigan materiallar 
bo‘yicha umumiy yo‘nalish beruvchi ma’ruza. 
3. Refleksiv ma’ruzalar – oldin o‘zlashtirilgan mazmun va faoliyat 
usullari bo‘yicha muammolar hosil qilish, yangi mazmunni 
o‘zlashtirishda muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishga qaratilgan 
ma’ruzalar. 
4. Vositaviy ma’ruzalar – aniq muammolarni yechishda oldin 
o‘zlashtirilgan bilimlardan foydalanish bo‘yicha tasavvurlar hosil 
qilishga yo‘naltirilgan ma’ruzalar. 
5. Umumlashtiruvchi ma’ruza – kurs yakunida barcha o‘rganilgan 
materiallar bo‘yicha qisqa xulosalar chiqarilib, tinglovchilar tomonidan 
materiallarni diqqat bilan tinglashlari, qabul qilishlari, tahlil qilib 
baholashlariga qaratilgan ma’ruza. 
6. Axborot yoki “joriy” ma’ruza – u yoki bu axborotlarni 
yetkazishda foydalaniladigan ma’ruza. 
7. Muammoli ma’ruza – real hayotdagi qarama-qarshiliklar 
odellashtiriladigan ma’ruza. Muammo nazariy va amaliy vaziyatlarni 
qarama-qarshiligi, ya’ni ayrim hollarda nazariya va amaliyotni bir-
biriga to‘g‘ri kelmasligi shaklida talqin qilinadi, uning komponentlari 
va tashkil etuvchilari yoritiladi. 
8. Juftlik (birgalikdagi) ma’ruza –ikki ma’ruzachi ishtirokidagi 
ma’ruza. Bunda har bir ma’ruzachi aniq rol o‘ynaydi. Masalan, biri 
ma’ruzachi sifatida ishtirok etsa, ikkinchisi tanqidchi, ekspert yoki 
muammolarni keltirib chiqaruvchi sifatida qatnashadi. 
9. Ma’ruza - maslahat- tinglovchi tomonidan oldindan 
shakllantirilgan savollar bo‘yicha ma’ruza. 


216 
10. Matbuot –anjuman- ma’ruza – ma’ruza mazmuni tinglovchilar 
savollari asosida yaratiladi, lekin bir necha ma’ruzachilar tomonidan 
o‘tkaziladi. 
11. Reja asosida xatolar kiritilgan ma’ruza – Bunday ma’ruzalarda 
ma’ruzachi rejali holda ataydan xatolarga yo‘l qo‘yib, tinglovchilarning 
diqqatini tortadi. Tinglovchilar tomonidan ma’ruza materiallarini 
diqqat bilan tinglashlari, qabul qilib o‘zlashtirishlari, tahlil qilib 
baholashlari, axborot mazmunidan erkin va tezkor foydalana olishlariga 
yo‘naltirilgan ma’ruza. 
12. Ma’ruza-dialog – ma’ruza mazmuni bir qator savollar 
yordamida yetkaziladi va savollarga tinglovchilar tomonidan javob 
berishlari talab etiladi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish