Psixologiya fanining rivojlanish tarixi va bosqichlari




Download 467.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana23.05.2023
Hajmi467.83 Kb.
#63708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Ma\'ruza
хуршида, mZf2WD4VUD5xj5sKddPfbigueX8ux114jXDtm17Q, 1448074, Lazizbek immatriculation, O‘RQ-800 03.11.2022, ИНФОРМАЦИОННЫЕ СИСТЕМЫ И ТЕХНОЛОГИИ, Экин майдонлари фуқароларга 30 йил муддатга ижара…, 11111111, Hisoblangan ish haqi summalari to\'g\'risida ma\'lumot26 05 2023 08 40 30, Axborot xavfsizligi Raqamli axb. TOPLAM — копия, 3 Fikr turlari, Exselda kattaka murojaat ., Amaliy mashg’ulot№6, stanok 2a135
Psixologiya fanining rivojlanish tarixi va bosqichlari
Psixologiya fanining vujudga kelishi, shakllanishi, rivojlanishi to’g’risida 
batafsil ma'lumot berish ushbu kurs uchun shart emas, chunki uning 
psixologiya tarixi sohasi mavjuddir. Shunga qaramasdan, psixologiya fanining 
paydo bo’lishi haqidagi ayrim ilmiy materiallar, ma'lumotlar yuzasidan 
qisqacha mulohaza yuritish maqsadga muvofiq. 
Insoniyatning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida qadimgi odamlar 
tabiiy hamda ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ibtidoiy jamoa 
aъzolarining psixologik xususiyatlarini aniqlash, ulardan shaxslararo 
munosabatlarda oqilona foydalanish, o’zining xatti-harakati, shaxsiy faoliyati 
va muomalaga kirishishida ularni hisobga olishga intilib yashab kelganlar. 
Ko’p ming yillik ijtimoiy hayot tajribalariga asoslangan ravishda odamlar 
shaxsning individual (lotincha individuum alohida, yakkahol odam) 
xususiyalarini jon bilan bog’lashga va uning taъsiri bilan izohlashga harakat 
qilishgan. Qadimgi odamlarning tasavvurlariga qaraganda, inson tanasida jon 
joylashgan bo’lib, u shaxsga oid xususiyatlar, xislatlarni vujudga keltirish 
imkoniyatiga ega emish. Qadimgi ajdodlarimizning “jon” to’g’risidagi 
tasavvurlari shunga bog’liq, mutanosib tushunchasini keltirib chiqardi va 
buning natijasida animizm (lotincha anima “jon” degan) taъlimoti insoniyat 
tomonidan kashf qilinadi. Ibtidoiy xalqlarning tasavvurlarida ruh insonning 
tanasi bilan uzviy bog’liq holda hukm suradi, go’yoki yashaydi. SHuning uchun 
ijtimoiy hodisalar, hatto ong, shuningdek, real voqeliklar (o’lim, uyqu, bexush 
bo’lish, betoblik) kabilarni sodda tarzdagi moddiylik (mavjudlik) nuqtai 
nazaridan talqin qilishga uringanlar. Sodda tafakkur shakllari bilan 
qurollangan qadimgi odamlar atrof-muhit to’g’risidagi rang-barang holatlar, 
hodisalar mohiyatini ilmiy jihatdan dalillash imkoniyatiga ega bo’lganligi 
sababli idrok qilingan narsani uning haqiqiy mohiyati tarzida aks ettirishgan. 
Ularning tasavvurlarida quyidagicha talqinlar keng o’rin egallagan: 


1) 
o’lim - uyquning bir turi, lekin ruh bazi bir sabablarga ko’ra tanaga qaytib 
kelmaydi; 
2) 
tush ko’rish - uyqudagi tanani tark etib yurgan harakatdagi ruhning 
taassurotidir; 
3) 
ruh - insonning aynan o’zidir; 
4) 
ruhning ehtiyojlari, turmush sharoitlari tirik odamnikidan tafovutlanmaydi; 
5) 
marhumlarning ruhlari muayyan mashg’ulotlar tizimiga, ijtimoiy qonun-
qoidalarga rioya qiluvchi hamjamiyatni yaratar emish; tirik insonlar bilan 
marhumlarning ruhi bir-biriga bog’liq bo’lib, moddiy jihatdan o’zaro 
aloqadordirlar. 
Qadimgi insonlar tabiatining qudrati (kuch-quvvati) oldidagi zaifligi 
tufayli yakka shaxs ham, jamoa ham ruhga itoatkor tarzida tasavvur etilishi 
natijasida din, ibodat tushunchalari paydo bo’ladi. 
Insoniyatning 
ijtimoiy 
tarixiy 
taraqqiyoti 
davomida 
mehnatni 
rejalashtirish, ishlab chiqarish munosabatlari, ishlab chiqarish kuchlari va 
ularning tabaqalashuvi, odamlar tafakkurining rivojlanishi tufayli jonning 
(ruhning) moddiylikdan tashqari xususiyati, ko’rinishi yuzasidan g’oyalar 
vujudga keladi. Buning natijasida animistik tasavvurlar o’rnini ruhni 
borliqning naturalistik (lotincha natura - tabiat maъnosini anglatuvchi) 
falsafiy manzarasi tarzida izohlash namoyon bo’la boshladi: 
1. 
Ruh olamining ibtidosini tashkil qiluvchi narsalar (suv, havo, 
olov)ning insonlar va hayvonlarga jon bag’ishlovchi shakli (Fales eramizdan 
oldingi VII - VI asrlar, Aneksimon V asr, Geraklit VI-V asrlar); 
2. 
Eramizdan oldin ijod qilgan yunon faylasuflarining ilmiy izlanishlari 
natijasida materiyaning jonliligi, yaъni gilozoizm (yunoncha hule - “modda”, 
zol “hayot” maъnosi) to’g’risidagi g’oya yuzaga keladi; 
3. 
Materiyaning jonliligi haqidagi g’oyani rivojlantirgan atomizm 
(yunoncha atomos - “bo’linmas” degani) nomoyandalari (Demokrit 


eramizdan avvalgi V-IV asrlar, Epikur IV-III asrlar, Lukritsiy I asr) bir qancha 
fikrlarni ilgari surdilar, jumladan: 
A) 
ruh tanaga jon bag’ishlovchi moddiy jismlar; 
B) moddiy asos sifatidagi aql; 
B) 
hayotni boshqaruvchi idrok vazifasini bajaruvchi azo; 
G) ruh bilan aql tana azolari, binobarin ularning o’zi ham tanadir; 
D) ular sharsimon, kichik harakatchan atomlardan iboratdir. 
Atomistlarning fikrlari tahlili shuni ko’rsatdiki, unda tananing (jonli 
narsaning) aks ettirishidan tortib to psixikaga (yuksak aql idrokgacha) jonliligi 
hususiyatining materiyaga xos xususiyat ekanligining eъtirof etilishi o’sha 
davr uchun buyuk ilmiy voqelik edi. 
Yuqoridagi psixolog olimlarning mulohazalari organizmning anatomik 
fiziologik tuzilishi, miyaning tarkibi singari moddiy asoslarga suyangan holda 
real voqelikni tushuntirish imkoniyatiga ega emas edi. Xuddi shu omildan 
kelib chiqqan holda insonning tafakkuri, shaxsiy fazilatlari, uning maqsad 
ko’zlashi, gavdani idora etishga qobilligini dalillash to’g’risida fikr yuritish 
murakkab ruhiy jarayon hisoblanadi. 
Jumladan, Aflotun (eramizdan avvalgi 428-347 yillar) jonning tarkibiy 
qismlari to’g’risidagi tushunchani psixologiyaga olib kiradi: 
6) 
a) aql-idrok, b) jasorat, v) orzu istak kabilardan iborat bo’lib, ular bosh, 
ko’krak, qorin bo’shlig’iga joylashgandir. Aflotun psixologiyada dualizm 
(lotincha dualis ikki mustaqil maъno bildiradi) ta’limotini ruhiy olamni, tana 
bilan psixikani ikkita mustaqil narsa deb izohlaydi. 
Aflotunning shogirdi Arastu (eramizdan oldingi 384-322 yillar) o’zining 
taъlimotida psixologiyani tabiiy-ilmiy asosga qurib, uni biologiya va tibbiyot 
bilan bog’lab tushuntirishga erishgan. Arastuning “Jon” to’g’risidagi kitobi 
ma’lum bir davr uchun taraqqiyparvar manba vazifasini bajaradi. Unda 
odamlarning va hayvonlarning kundalik hayotiy lahzalarini kuzatish orqali 


yaqqol voqelikni tasvirlash, tahlil qilish jarayonlari mujassamlashgandir. 
Arastuning takidlashicha, jon qismlarga bo’linmaydi, lekin u faoliyatning 
oziqlanish, his etish, harakatga keltirish, aql-idrok kabi turlarga oid 
qobiliyatlarda ro’yobga chiqadi. Uning mulohazasicha, sezgi bilishning 
dastlabki qobiliyati, u tasavvur shaklida iz qoldirishi mumkin. 
Qadimgi dunyoning keyingi rivojlanishi pallalarida psixologik g’oyalar 
mukamallashib, unga oid tayanch tushunchalar vujudga kela boshladi, hatto 
ruh hozirgi zamon psixikasi kabi qo’llanish ko’lami kengaydi. 
Psixika kategoriyasining negizida idrok va tafakkurdan tashqari ong 
tushunchasi yuzaga keldi, buning natijasida ixtiyoriy harakatlar va ularni 
nazorat qilish imkoniyati tug’ildi. Masalan, rimlik shifokor Galen (eramizdan 
oldingi II asr) fiziologiya va tibbiyot yutuqlarini umumiylashtirib, psixikaning 
fiziologik asoslari to’g’risidagi tasavvurlarni yanada boyitdi. Uning ilgari 
surgan g’oyalari “ong” tushunchasi talqiniga muayyan darajada yaqinlashadi.
Psixologiya fanining ilmiy asosda qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588-
1679) ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, 
uning qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini takidladi. 
Uning negizida epifenomenalizm (yunoncha epi o’ta, phainomenon 
g’ayritabiiy hodisa) vujudga keldi, yani psixologiya tanadagi jarayonlarning 
soyasi singari ro’y beraligan ruhiy hodisalar to’g’risidagi taъlimotga aylandi. 
Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677) ongni katta ko’lamga ega 
materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, yaъni yaqqol narsa deb tushuntirdi. 
U determinizm (lotincha demerminara belgilayman) printsipining, yani tabiat, 
jamiyat hodisalarining, shu jumladan, psixik hodisalarning ob’ektiv sabablari 
bilan belgilanishi haqidagi ta'limot targ’ibotchisi edi. 
Nemis mutafakkiri Leybnits (1646-1716), ingliz faylasufi Jon Lokk (1632-
1704), ingliz tadqiqotchisi Gartli (1705-1757), frantsuz Didro (17131784) 
kabilar g’oyalar assotsiatsiyasi (bog’lanishi) qonuni, idrok va tafakkurning 


paydo bo’lishi, qobiliyatlar psixologiyasi haqida muhim ta’limotlarni yaratish 
bilan fanning rivojlanishiga muhim hissa qo’shdilar. 
XVIII asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuqlarga erishildi 
(Galler, Proxazka), buning natijasida psixika miyaning funktsiyasi ekanligi 
haqidagi taъlimot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi Charlz Bell va frantsuz 
Fransua Majandi tomonidan yozuvchi va harakat nervlari o’rtasidagi tafovut 
ochib berildi, uning negizida refletor yoyi degan yangi tushuncha psixologiya 
fanida paydo bo’ldi. Bularning natijasida ixtiyoriy (ongli) va ixtiyorsiz (ongsiz) 
reflektor turlari kashf qilindi. Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar taъsirida rus olimi 
I.M. Sechenovning (1829-1905) reflektor nazariyasi ro’yobga chiqdi va ushbu 
nazariya psixologiya fanining fiziologik asoslari, mexanizmlari, bosh miya 
reflekslarining o’ziga xos xususiyatlari tabiatini ochib berish imkoniyatiga ega 
bo’ldi. 
Psixologiya fanining eksperimental, psixoanalitik, bixevioristik, empirik, 
epifenomenalistik, 
geshtalt, 
assotsiativ, 
vyurtsburg, 
psixogenetik, 
reduktsionizm, soliptsizm, gumanistik, biogenetik, sotsiogenetik kabi 
yo’nalishlari tomonidan to’plangan maъlumotlar hozirgi zamon psixologiyani 
vujudga keltirdi. Xuddi shu yo’nalishlarning rang- barang metodikalari, 
metodlari umumiy psixologiya fanining predmetini va uning tadqiqoti 
printsiplarini aniqlab berdi. 


Download 467.83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 467.83 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Psixologiya fanining rivojlanish tarixi va bosqichlari

Download 467.83 Kb.
Pdf ko'rish