1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja




Download 467.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana23.05.2023
Hajmi467.83 Kb.
#63708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Ma\'ruza
хуршида, mZf2WD4VUD5xj5sKddPfbigueX8ux114jXDtm17Q, 1448074, Lazizbek immatriculation, O‘RQ-800 03.11.2022, ИНФОРМАЦИОННЫЕ СИСТЕМЫ И ТЕХНОЛОГИИ, Экин майдонлари фуқароларга 30 йил муддатга ижара…, 11111111, Hisoblangan ish haqi summalari to\'g\'risida ma\'lumot26 05 2023 08 40 30, Axborot xavfsizligi Raqamli axb. TOPLAM — копия, 3 Fikr turlari, Exselda kattaka murojaat ., Amaliy mashg’ulot№6, stanok 2a135
Psixologiyaning tarmoqlari  
Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differentsiatsiya qilish eng avvalo ishlab 
chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib 
chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi haqidagi eng muhim 
fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa 
bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, 
falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan 
hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir 
sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, 


shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-
atvor normalarini bilish va shunga ko’ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun 
hozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir.
Psixologiyaning 300dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi 
hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan 
dalolat beradi:
- umumiy psixologiya - psixologiyaning barcha masalalarining o’ziga xos 
jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi;
- pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim va tarbiya berishni psixologik 
qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi;
- yosh davr psixologiyasi - turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to 
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro 
munosabatlari qonuniyatlarini o’rganadi;
- ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari 
natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar 
va xulq-atvorlarini o’rganadi;
- mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, 
mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o’rganadi;
- injenerlik psixologiyasi - avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari 
operatorning faoliyatini, odam-texnika o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va 
muvofiqlashtirishning xususiyatlarini
o’rganadi;
- yuridik psixologiya - huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq 
masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi;
- harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon 
bo’ladigan 
xulq-atvorini, 
boshliqlar 
bilan 
ijro 
etuvchilar 
o’rtasidagi 
munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi;


- savdo psixologiyasi - jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, ehtiyojning 
individual, yoshga oid, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko’rsatishning 
psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarini ko’radi;
- tibbiyot psixologiyasi - shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-
atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi.
Shuningdek psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi
boshqaruv psixologiyasi, iqtisodiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, rahbar 
psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, pedagogik psixologiya, intellekt psixologiyasi, 
psixodiagnostika va boshqa ko’plab sohalari mavjud.

Download 467.83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 467.83 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja

Download 467.83 Kb.
Pdf ko'rish