• Qanday qilib
  • 3.2. Siyosat sohasidagi psixologiya
  • 1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja




    Download 467.83 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet9/10
    Sana23.05.2023
    Hajmi467.83 Kb.
    #63708
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1-Ma\'ruza
    хуршида, mZf2WD4VUD5xj5sKddPfbigueX8ux114jXDtm17Q, 1448074, Lazizbek immatriculation, O‘RQ-800 03.11.2022, ИНФОРМАЦИОННЫЕ СИСТЕМЫ И ТЕХНОЛОГИИ, Экин майдонлари фуқароларга 30 йил муддатга ижара…, 11111111, Hisoblangan ish haqi summalari to\'g\'risida ma\'lumot26 05 2023 08 40 30, Axborot xavfsizligi Raqamli axb. TOPLAM — копия, 3 Fikr turlari, Exselda kattaka murojaat ., Amaliy mashg’ulot№6, stanok 2a135
    Nima sotiladi? - Test natijalari
    Nima uchun? - nima qilib bo’lsa ham, pul ishlash, o’z imkoniyatlarni tekshirish, 
    shaxsiy ish ochish;Kim ? - firma yoki konkret kishilar; 
    Nima ? - xilma - xil testlar batareyasi;
    Kimga ? - turli kasb egalari, o’quvchilarga, xodimlarga;
    Qayerda? Qachon? - zarurat bo’lgan har qanday joyda;
    Qanday qilib? - minimal vaqt sarflab, tez va soz;
    Qancha? - test o’tkazuvchilarning soni va imkoniyatiga qarab;
    Kim bilan? - shu firma xodimlari bilan .....
    Demak, marketing xizmatida javob berilishi zarur bo’lgan savollardan ko’rinib 
    turibdiki, har bir savolga beriladigan javobning orkasida konkret odamlar, ularning 
    qobiliyatlari, manfaatlari va ish unumi yotadi. SHuning uchun bu sohada psixologik 
    xizmat zarur.
    Ikkinchi soha - kadrlar va ular bilan bevosita ishlash sohasi. Bu kadrlarni ishga jalb 
    etishda bilish zarur bo’lgan qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlardan tortib, ularni to’g’ri 
    yunaltirish, o’z joyiga qo’yish, tashkilot doirasida guruhlarni shakllantirish, 
    xodimlarga ma’lumotlarni o’z vaqtida yetkazish bilan bog’liq kadrlar siyosatini olib 
    borishga aloqador xizmatdir. Psixolog bu o’rinda asosan maslahatchi - konsulьtant 
    va ekspert sifatida rol o’ynaydi.
    3.2. Siyosat sohasidagi psixologiya  
    Har bir davr o’z kishilari ongida beixtiyor siyosiy ongni shakllantiradi va odamlar 
    uning tamoyillariga bo’ysunadilar. Siyosat borasidagi psixologik masalalarga 
    psixolog aralashuvining zarurati har doim bo’lmasa - da, ayrim paytlarda - yirik 
    islohotlar boshlanishi arafasida, saylov oldi kompaniyalarda, yangi siyosiy 
    liderlarning halk tomonidan qabul qilinishi jarayonlari, ko’pchilik auditoriyaga zarur 
    ma’lumotlarni yetkazish, ijtimoiy ustanovkalarni o’zgartirish, siyosiy arboblar 


    imidjini omma ongiga singdirish paytlarida psixologik ta’sir vositalaridan o’rinli 
    foydalanish, maslahatlar berish va ayrim guruhlar e’tiqodiga ta’sir etish kerak 
    bo’lganda kerak bo’ladi.
    Siyosiy sohada ishlayotgan psixolog ishining o’ziga xos jihatlari bo’lib, unga 
    quyidagilar kiradi:
    a) siyosatda psixolog aralashuvi ko’pchilik ommaga bevosita aloqador bo’lmaydi;
    b) zarurat tug’ilganda, psixolog shunday tez va ishonchli o’lchaydigan metodikalarni 
    ishlatadiki, ularning natijalari sir saqlanib, o’sha buyurtmachi - siyosatchining 
    talabiga ko’ra izlanishlar olib boriladi;
    v) psixolog har bir siyosatchi uchun shunday ishonchli shaxs bo’lishi lozimki, undan 
    odamlarning qayfiyatlari, reaktsiyalari, his - kechinmalari xususida aniq ma’lumotlar 
    so’raladi;
    g) o’ziga xos qiyinchilik shundan iboratki, jamoatchilik psixolog kiyofasida 
    ko’pincha liderning bevosita «odamini» ko’rishga moyil bo’lib, liderning o’zi ham 
    ba’zan o’ta professional psixologdan hadiksirab qolishi mumkin.
    Shuning uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, zarur paytlarda siyosiy arboblar 
    psixolog xizmatiga murojaat qilishlari va undan asosan biror jiddiy ijtimoiy 
    proektlarni qabul qilish jarayonida yordam berishini so’rash mumkin. Buning uchun 
    psixologdan jamoatchilik fikrini psixologik tahlil qilib berish, va shu asosda 
    fukarolarning ustanovkalari va kayfiyatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni 
    birgalikda ajratish vazifasini hal qilishlari mumkin. Saylov oldi kompaniyalarda esa, 
    psixologning asosiy vazifasi odamlarning kayfiyatini o’rgangan xolda da’vogar 
    imidjini shakllantirishga, odamlarga yoqtirishga sabab bo’ladigan shaxsiy fazilatlar 
    algoritmini tuzish, omma oldiga chiqishga psixologik tayyorlash, raqiblarning 
    bahslashish madaniyati va etikasi borasida psixologik yo’l - yo’riq va usullar 
    borasida ma’lumotlar almashinish kerak bo’ladi.

    Download 467.83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 467.83 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja

    Download 467.83 Kb.
    Pdf ko'rish