• Texnika fanlari
  • 1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja




    Download 467.83 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/10
    Sana23.05.2023
    Hajmi467.83 Kb.
    #63708
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1-Ma\'ruza
    хуршида, mZf2WD4VUD5xj5sKddPfbigueX8ux114jXDtm17Q, 1448074, Lazizbek immatriculation, O‘RQ-800 03.11.2022, ИНФОРМАЦИОННЫЕ СИСТЕМЫ И ТЕХНОЛОГИИ, Экин майдонлари фуқароларга 30 йил муддатга ижара…, 11111111, Hisoblangan ish haqi summalari to\'g\'risida ma\'lumot26 05 2023 08 40 30, Axborot xavfsizligi Raqamli axb. TOPLAM — копия, 3 Fikr turlari, Exselda kattaka murojaat ., Amaliy mashg’ulot№6, stanok 2a135
    Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham 
    ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish va psixik 
    jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika 
    tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o’z 
    o’rnida foydalanadi. Ayniksa, ma’lumotlar asri bo’lgan XXI asrda informatsion 
    texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika 
    hamkorligining salohiyati yanada ortadi. Masalan, oddiy muloqot jarayonini yanada 
    takomillashtirish, har bir so’zning shaxslararo munosabatlardagi ta’sirchanligini 
    oshirish maqsadida hamda ana shunday ijtimoiy faoliyat jarayonida shaxs tizimini 
    takomillashtirishda turli kibernetik modellaridan o’rinli foydalanish zamonaviy 
    psixologiyaning jamiyatdagi o’rni va rolini oshiradi, maxsus kompьyuter 
    dasturlarining keng qo’llanilishi inson miyasi va ruhiy olami sirlarini tez va aniq 
    o’rganishni kafolatlaydi.
    Texnika fanlari bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi yaqqol 
    sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi 
    muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini 
    ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo’nalishning 
    erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Masalaning yana bir alohida 
    tomoni ham borki, u ham bo’lsa, texnika taraqqiyotga intilayotgan bir vaqtda 
    murakkab texnika va mashinalar bilan «muloqot» qilayotgan shaxs faoliyatini 
    yanada mukammallashtirish va uning imkoniyatlariga moslash masalasi ham ana shu 
    hamkorlikda hal qilinishi lozim bo’lgan masaladir. Ayniqsa, mustaqil O’zbekiston 
    uchun murakkab zamonaviy texnika sir - asrorlarini biladigan, uning jamiyat va fan 


    ravnaqiga xizmatini ta’minlash qanchalik dolzarb bo’lsa, ana shu texnikaga har bir 
    oddiy fukaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va «odam - mashina» 
    dialogining eng samarali yo’llarini izlab topishi juda muhim. Texnika bilan bemalol 
    «tillashadigan» malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham texnika fanlari 
    pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina, muvaffaqiyatga 
    erishadi.
    Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik 
    bo’lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma - bosqich o’tish sharoitida 
    iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish qonuniyatlarini 
    o’rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. Yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning 
    jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo’lga kiritgan 
    yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa
    iqtisodiyot o’z navbatida iqtisodiy islohotlarning ob’ekti hamda sub’ekti bo’lmish 
    inson omilidagi barcha psixologik o’zgarishlarni aniqlash, tahlil qilish va shu asnoda 
    bashorat qilish vazifasini yechishi kerak. 
    Yuqorida ta’kidlangan fan tarmoqlari psixologiya bevosita uzviy aloqada 
    rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji uchun 
    inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o’sha barcha fanlar bilan aloqada 
    va hamkorlikda rivojlanadi.
    Shuning uchun bugungi kunda psixologiya fanidan alohida bo’lib ajralib 
    chiqqan tarmoqlar to’g’risida ham fikr yuritish mumkin.

    Download 467.83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 467.83 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja

    Download 467.83 Kb.
    Pdf ko'rish