1-modul. Cad/cam/cae dasturlari




Download 4.28 Mb.
bet8/42
Sana18.11.2022
Hajmi4.28 Mb.
#30809
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
Maruza Kompyuterli loyihalash 2022-2023
Mustaqil ish, Doc May 24 2022, 14-CAE tushunchasi, 4 kurs sirtqi.Kompyuterli loyihalash Mustaqil ish mavzular, Bilet-Жавоб, Bilet-Жавоб, 3 Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish, TEST SAVOLLARI 140621155032, Sanoat keramikasi, ya\'ni sanoat ishlab chiqarishi va sanoat mahs-fayllar.org, Технологический расчет, 7-Маъруза, 1685607730, Reja Sarf o’lchagichlar haqida umumiy malumot, 4-mavzu. Banklarda bosh va yordamchi kitoblar reja Hisob tsikli-fayllar.org

Savollar





  1. Sistema va uning elementlarini tushuntirib bering.

  2. Texnik sistemaning «hayot» tsiklini tasvirlab bering..

  3. Kompyuterli loyihalash sistemasi modelini tushuntirib bering.

5 – Mavzu. Loyixalashda standartlar. ESKD, GOST, ISO, DIN, ANSI 14.


Mavzu rejasi:

  1. Kompyuterli loyihalash jarayonida ierarxik sathlar.

  2. Kompyuterli loyihalash - ierarxik tizim

  3. Kompyuterli loyihalashning tipaviy protseduralari.

Agar Kompyuterli loyihalash jarayonida yuqori ierarxik sathdagi masalalar echimi pastki ierarxik sathdagi masalalar echimidan oldin bajarilsa, bunday Kompyuterli loyihalash “tushish” yo‘nalishidagi Kompyuterli loyihalash deb ataladi. Aksincha, pastki sathdagi masalalar yuqori sathdagi masalardan oldin bajarilsa "chiqish" yo‘nalishidagi Kompyuterli loyihalash deyiladi. Bunday
Kompyuterli loyihalash turlari o‘z afzallik va kamchiliklariga ega. "Tushish" yo‘nalishidagi Kompyuterli loyihalash da sistema o‘zining elementlari hali aniq bo‘lmagan sharoitlarda ishlab chiqiladi va ularning imkoniyat va xususiyatlari taxminiy xarakterga ega bo‘ladi.
"Chiqish" yo‘nalishidagi Kompyuterli loyihalash da esa aksincha, elementlar sistemadan oldin loyihalandi va sistemani Kompyuterli loyihalash da elementlar taxminiy xarakterga ega bo‘lmaydi.
Ikkala usulda ham to‘liq dastlabki informatsiyaning yo‘qligi sababli potentsial mumkin bo‘lgan optimal texnik natijalardan chetga chiqishlar ro‘y beradi. Shu sababli, amalda Kompyuterli loyihalash da ikkala usulning ketma-ketligi, takrorlanishidan foydalaniladi (interatsion usul). Misol uchun unifikatsiyalashtirilgan va andozalashtirilgan elementlar mavjud bo‘lgan hollarda "chiqish" yo‘nalishida Kompyuterli loyihalash o‘rinli bo‘ladi. Shuning uchun Kompyuterli loyihalash jarayonida unifikatsiyalashtirish va andozalashtirish ishlariga katta ahamiyat beriladi.
Endi Kompyuterli loyihalash ob’ektlarining tavsiflash turlari va ular parametrlarining tasnifi masalalarini ko‘rib chiqaylik.
Umuman olganda, loyihlash ob’ektining yakuniy tavsifi sifatida shu ob’ektni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan, konstruktorlik hujjatlar yagona sistemasi talablariga to‘liq javob beradigan sxemalar, konstruktsiyalar va texnologik xujjatlarning to‘la komplekti qo‘llanadi. Yakuniy tavsif, ya’ni yakuniy loyihaviy echim, oraliq loyihaviy echimlardan tashkil topadi va ular ham albatta konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi talablariga mos tuziladi. Albatta ular yakuniy tavsiflarga bog’liq talablardir. Lekin Kompyuterli loyihalash jarayoni ichiga nazar solsak har bir oraliq protsedura va echimlar o‘zining spetsifik formalarida va tillarida bajariladi. Avtomatlashtirilgan Kompyuterli loyihalash operatsiyalari va protseduralarini bajarishda bunday tavsiflar asosida Kompyuterli loyihalash ob’ektining matematik modellari yotadi. Sababi avtomatlashtirilgan Kompyuterli loyihalash jarayonining asosiy texnik vositasi elektron hisoblash mashinalari - faqatgina formallashtirilgan matematik modellar asosida lozim operatsiyalarni bajarishi mumkin. Matematik model deganda matematik ob’ektlar
to‘plami va ular o‘rtasidagi munosabatlar tushuniladi. Matematik modellar vositasida Kompyuterli loyihalash obe’ektining asosiy xususiyatlari tavsiflanadi.
Sistemali yondashuvda MM turkumida ob’ekt xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi: sistema xususiyatlari, sistema elementlarining xususiyatlari va tashqi muhit xususiyatlari. Bu xususiyatlarning raqamli ifodalari parametrlar deb ataladi. Sistema, sistema elementlari va tashqi muhit xususiyatlarining sonli miqdorlarini mos ravishda ob’ektning chiqish, ichki va tashqi parametrlari deb ataymiz. Misol uchun porshenli kompressor uchun quyidagilarni keltirsa bo‘ladi:
Chiqish parametrlari - kopressor unumdorligi, dvigatel quvvati, maksimal bosim miqdori, tsikllar soni, yonilg’i sarfi;
Ichki parametrlari - klapanlardagi havoga qarshilik koeffitsientlari, ishqalanish koeffitsienti, porshen sathining geometrik o‘lchamlari.
Tashqi parametrlar - tashqi muhit temperaturasi, bosimi, chiqish sistemasining qarshiligi.
Chiqish, ichki va tashqi parametrlar sonlarini m,n,l lar bilan, bu parametrlar vektorlarini mos ravishda Y=(y1,y2,…,ym), X=(x1,x2,...,xn), Q=(q1,q2,…,qn) bilan belgilab, ular o‘rtasidagi munosabatni quyidagicha ifodalasa bo‘ladi. (7-rasm)


1-rasm. Loyihalanadigan ob’ekt modeliga doir


Rasmda ko‘rsatilganidek sistema xususiyati uning tashqi va ichki parametrlariga bog’liq va bu bog’liqni quyidagicha yozsa bo‘ladi:
U = F (X,Q) (1)
Кeltirilgan munosabat Kompyuterli loyihalash ob’ektining matematik modeliga misoli bo‘la oladi. Bunday model yordamida ob’ektning chiqish parametrini X va Q
vektorlar parametrlari orqali osongina aniqlasa bo‘ladi. Lekin bunday modellarni faqat oddiy ob’ektlar uchun oson chiqarsa bo‘ladi. Кo‘pincha Kompyuterli loyihalash ob’ektida sodir bo‘ladigan jarayonlar quyidagi umumlashgan munosabat bilan ifodalanadi.
L v(z) = Q(z) (2)
Bunda L - jarayonga mos operator (integral, differentsial...,); Z - mustaqil (ixtiyoriy) o‘zgaruvchi parametr vektori (bu parametr umuman olganda o‘z ichiga vaqtni va fazoviy koordinatlarni oladi); v(z) - mustaqil o‘zgaruvchanlarga nisbatan berilgan funktsiya. v - fazoviy o‘zgaruvchilar vektori.
Ular Kompyuterli loyihalash ob’ektini fizik va informatsion holatini ifodalaydi.
Misol uchun Nьyuton qonuninidagi (mdv/dt = Ғ) tezlik v va kuch Ғ fazoviy o‘zgaruvchilar hisoblanadi.
Amalda texnik topshiriқlarda loyihalanadigan ob’ektga nisbatan ma’lum texnik talablar berilgan bo‘ladi. Kompyuterli loyihalash jarayonida mana shu talablar har doim inobatga olib boriladi. Loyihalanadigan ob’ektga bo‘lgan bir nechta talablar natijasini vektor formada birlashtirib TT = (TT 1 ,TT 2 ,…,TTg1...,TTch) ni hosil qilish mumkin. Kompyuterli loyihalash da bunday talablardan asosiysi bo‘lgan, loyihalanadigan ob’ekt xususiyatini ifodalovchi chiqish parametrlari TTg ma’lum shartlar asosida taqqoslab borilishi kerak
Yg < TTg (3)
yoki
Yg > TTg (4)
ba’zida bu me’zon (chegara) ikki tomonli tengsizliklarda bo‘lishi ham mumkun TTg < Ug < TTg (5).
8,9,10 tengsizliklarning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hollarga misollar:

  1. ga elektron qurilmada quvvat tarqalishi, truboprovoddagi bosimning yo‘qotilishi, dvigateldagi yonilg’i sarfi;

  2. ga foydali ish koeffitsienti, dvigatel quvvati, kuchaytgirgich koeffitsienti; 10 ga optik sistemaning fokus oralig’i, kuchaytgichning rezonans chastotasi.

Download 4.28 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Download 4.28 Mb.