• Kompyuterli loyihalash - ierarxik tizim.
  • Kompyuterli loyihalash - ochiq va rivojlanuvchi tizimdir.
  • 1-modul. Cad/cam/cae dasturlari




    Download 4.28 Mb.
    bet2/42
    Sana18.11.2022
    Hajmi4.28 Mb.
    #30809
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
    Bog'liq
    Maruza Kompyuterli loyihalash 2022-2023
    Mustaqil ish, Doc May 24 2022, 14-CAE tushunchasi, 4 kurs sirtqi.Kompyuterli loyihalash Mustaqil ish mavzular, Bilet-Жавоб, Bilet-Жавоб, 3 Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish, TEST SAVOLLARI 140621155032, Sanoat keramikasi, ya\'ni sanoat ishlab chiqarishi va sanoat mahs-fayllar.org, Технологический расчет, 7-Маъруза, 1685607730, Reja Sarf o’lchagichlar haqida umumiy malumot, 4-mavzu. Banklarda bosh va yordamchi kitoblar reja Hisob tsikli-fayllar.org
    Kompyuterli loyihalash - inson-mashina tizimi. Kompyuter yordamida hamma tuzilgan va tuzilayotgan loyihalash tizimlari avtomatlashtirilgan tizimlarga kiradi. Ularda loyihani texnikaviy vositalar yordamida ishlayotgan inson muhandis salohiyatli o‘rin egallaydi. kompyuterli loyihalashda inson birinchidan formalizatsiya qilinmagan masalani va ikkinchidan insonning evrestik qobiliyatlari asosida samaraliroq echiladigan masalalarni yechadi.
    Kompyuterli loyihalash - ierarxik tizim. U hamma darajalarda loyihalashni avtomatlashtirishga kompleks yondoshuvni amalga oshiradi. kompyuterli loyihalash qo‘llanilganida loyihalashga blokli-ierarxik yondoshuv saqlanib qolishi kerak. Loyihalashning ierarxik darajalari ierarxik nimtizim ko‘rinishida kompyuterli loyihalashning maxsus dasturaviy ta’minoti (DT) strukturasida o‘z aksini topadi.
    Loyihalash - tadqiqot, hisoblash va konstruktorlik tavsifidagi ishlar kompleksini bajarish asosida ob’yektning birlamchi bayonini natijaviy bayonga o‘zgartiradigan jarayondir.
    Birlamchi bayonni natijaviy o‘zgartirish oraliq bayonlarni tug‘diradi; ular loyihalash tugaganini aniqlash yoki uni davom ettirish yo‘llarini tanlash maqsadida qarab chiqiladigan predmet vazifasini o‘taydi. Bunday bayonlarni loyihali yechimlar deyishadi.
    Kompyuterli loyihalash - ochiq va rivojlanuvchi tizimdir. Kompyuterli loyihalash vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchi tizim bo‘lishi kerakligiga kamida ikkita sabab bor. Birinchidan, kompyuterli loyihalash kabi murakkab ob’ektni ishlash uzoq muddatni egallaydi, shuning uchun kompyuterli loyihalash tizimining qismlari tayyor bo‘la borgani sari ularni ekspluatatsiyaga kiritish iqtisodiy nuqtai nazardan foydalidir. Ekspluatatsiyaga kiritilgan tizimning bazaviy varianti keyinchalik kengaytirib boriladi. Ikkinchidan, hisoblash texnikasi va hisoblash matematikasining doimiy progressi yangi, ancha takomillashgan matematik modellar va dasturlar paydo bo‘lishiga olib keladi; ular eskirgan, samaradorligi kam bo‘lgan analoglarni almashtirishi kerak. Shu sababli kompyuterli loyihalash ochiq tizim bo‘lishi, ya’ni yangi metod va vositalarni ulash qulay bo‘lgan qobiliyatga ega bo‘lishi zarur.

    Download 4.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




    Download 4.28 Mb.