• 2-MODUL. LOYIXALASHDA TEXNOLOGIYALAR VA
  • 1-modul. Cad/cam/cae dasturlari




    Download 4.28 Mb.
    bet6/42
    Sana18.11.2022
    Hajmi4.28 Mb.
    #30809
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
    Bog'liq
    Maruza Kompyuterli loyihalash 2022-2023
    Mustaqil ish, Doc May 24 2022, 14-CAE tushunchasi, 4 kurs sirtqi.Kompyuterli loyihalash Mustaqil ish mavzular, Bilet-Жавоб, Bilet-Жавоб, 3 Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish, TEST SAVOLLARI 140621155032, Sanoat keramikasi, ya\'ni sanoat ishlab chiqarishi va sanoat mahs-fayllar.org, Технологический расчет, 7-Маъруза, 1685607730, Reja Sarf o’lchagichlar haqida umumiy malumot, 4-mavzu. Banklarda bosh va yordamchi kitoblar reja Hisob tsikli-fayllar.org

    Savollar


    1. CAD tizimlari haqida gaprib bering.

    2. CAD dasturlari haqida nimalarni bilasiz?

    3. CAM tizimlari haqida gaprib bering.

    4. CAM dasturlari haqida nimalarni bilasiz?

    5. CAE tizimlari haqida gaprib bering.

    6. CAE dasturlari haqida nimalarni bilasiz?

    2-MODUL. LOYIXALASHDA TEXNOLOGIYALAR VA


    STANDARTLAR.
    4 – Mavzu. Loyixalashda CALS, CASE, STEP texnologiyalar. Loyixalashda CALS, CASE, STEP dasturlar.

    Mavzu rejasi:


    1. Sistema va uning elementlari.

    2. Texnik sistemaning «hayot» tsikli.

    3. Kompyuterli loyihalash sistemasi modeli.

    Muxandislik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim oladigan bo‘lajak bakalavrlarning asosiy maqsadi mavjud texnik sistemalarni o‘rganish, vaqti kelganda talabga asosan yangi texnik sistemalarni yaratishni bilishdan iborat bo‘lganligi sababli, avvalo, sistema va texnik sistema tushunchalariga to‘xtalib o‘tamiz.
    Matematik nuqtai-nazardan sistema deb ma’lum tartibda joylashgan, o‘zaro aloqalarda bo‘lgan chekli miqdordagi elementlar to‘plamiga aytiladi.
    Agar to‘plamdagi mavjud elementlarni Ei(e1,e1,...,em) va ular o‘rtasidagi aloqalarni Ag(a1,a2,...,an) deb belgilasak, to‘plamlar nazariyasiga asosan sistemaning umumlashgan matematik modeli quyidagicha yoziladi:
    S = {Ei, Ag}; i =1/m; g = 1/n; (1) bu erda m - sistemadagi mavjud elementlar,
    n - elementlar orasidagi mavjud aloqalar (munosabatlar) soni.
    Sistemalar tabiiy va sun’iy guruhlarga ajratiladi. Texnik sistemalar sun’iy sistemalar turkumiga kirib, ular ma’lum maqsadlar uchun insoniyat tomonidan yaratiladi. Texnik sistemalarning asosini texnik vositalar va qurilmalar tashkil qiladi.
    Texnik sistema yaratilishidan tortib to utilizatsiya qilinishigacha bo‘lgan hayot tsiklini utadi. TS ning hayot tsikli deb, talab asosida yaratiladigan yangi TS to‘g’risidagi dastlabki g’oyadan boshlab, uni ekspluatatsiya qilish natijasida eskirib, belgilangan funktsional vazifalarni bajara olmaydigan darajaga etguncha bo‘lgan davrga aytiladi. Bu davr o‘z ichiga ilmiy-tadqiqot, Kompyuterli loyihalash , ishlab chiqarish (yasash) va ekspluatatsiya (ishlatish) jarayonlarini oladi.
    Ilmiy-tadqiqot ishlari jarayoni yaratiladigan yangi TS to‘g’risidagi birlamchi g’oyadan boshlab, g’oyani yuzaga oshirish maqsadida izlanish-tekshirish ishlarini olib borish va maqsadga mos texnik taklifni olishgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi (T1 vaqt). Texnik taklif bu yaratiladigan yangi TS ning dastlabki tasviridir.
    Kompyuterli loyihalash jarayoni ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida olingan texnik taklifni ishlab chiqarish ishlari jarayonida foydalansa bo‘ladigan ishchi hujjatlariga aylantirishgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi (T2 vaqt).

    1-rasm. Texnik sistemaning «hayot» tsikli


    Kompyuterli loyihalash jarayonining chiqish koordinatasidagi ishchi (konstruktorlik va texnologik) hujjatlar yangi TS ni ishlab chiqarishning (yaratishning) birlamchi materiallari hisoblanadi, va ular asosida maqsadga mos yangi TS lar yaratiladi (T3 vaqt).
    Demak, yangi TS T1+T2+T3 vaqt davomida yaratildi va undan foydalansa bo‘ladi. Rasmda yaratilgan TS dan foydalanish vaqti T4 da ifodalangan.
    Ishlatish natijasida, ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng TS fizik va ma’naviy eskiradi, undan ko‘riladigan foyda keskin kamayib, TS maqsadga mos bulmay qoladi. Demak, uni yoki takomillashtirish kerak yoki tubdan o‘zgartirib, yangi talablarga mos keladigan boshqa TS bilan almashtirishga to‘g’ri keladi. Davrning bunday qayta takrorlanishlari rasmda shtrix chiziqlarda tasvirlangan.
    Shunday qilib TS «hayot» tsiklining vaqti quyidagi yig’indida ifodalanadi: T = T1 + T2 + T3 + T4 (2)
    Agar bundagi T1 + T2 + T3 yig’indini TS ning yaratilish davri Tya bilan belgilasak (ya’ni T1 + T2 + T3 = Tya);
    T = Tya + T4 (3)
    va bundan T4 aniqlasak:

    Download 4.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




    Download 4.28 Mb.