1-modul. Cad/cam/cae dasturlari




Download 4.28 Mb.
bet7/42
Sana18.11.2022
Hajmi4.28 Mb.
#30809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
Maruza Kompyuterli loyihalash 2022-2023
Mustaqil ish, Doc May 24 2022, 14-CAE tushunchasi, 4 kurs sirtqi.Kompyuterli loyihalash Mustaqil ish mavzular, Bilet-Жавоб, Bilet-Жавоб, 3 Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish, TEST SAVOLLARI 140621155032, Sanoat keramikasi, ya\'ni sanoat ishlab chiqarishi va sanoat mahs-fayllar.org, Технологический расчет, 7-Маъруза, 1685607730, Reja Sarf o’lchagichlar haqida umumiy malumot, 4-mavzu. Banklarda bosh va yordamchi kitoblar reja Hisob tsikli-fayllar.org
T4 = T - Tya yoki T4 = T - (T1+T2+T3) (4)
hosil qilamiz. Bunday yozishdan sabab yaratilgan TS dan foyda faqat T4 davrida (ekspluatatsiya qilish davrida) olinadi.
Nisbiy ifodalarga o‘tish uchun 4 chi tenglikda chap va o‘ng tomonlarini TS ning
«hayot» tsikli T ga bo‘lamiz:
T4/T = 1 - Tya/T; yoki T4/T = 1 - (T1+T2+T3)/T;
T4/T o‘lchamsiz nisbatni yaratilgan TS dan «hayot» tsikli davomidagi olinadigan samaradorlik koeffitsienti Кs bilan belgilasak, tadbiq qilishga yaroqli bo‘lgan quyidagi ifodani hosil qilamiz:
Кs = 1 - Tya/T yoki Кs = 1 - (T1+T2+T3)/T (5)
(0yasya=T1+T2+T3 yig’indini keskin kamaytirish kerak. Ideal holat uchun maksimal samaradorlik koeffitsienti 1 ga teng bo‘ladi.
Texnika taraqqiyotining dastlabki vaqtlarida samaradorlik koeffitsientini oshirish masalalari ishlab chiqarish jarayoni vaqti T3 ni kamaytirish orqali amalga oshirilgan. Bunda ishlab chiqarish davrini qisqartirish va qo‘l mehnatini engillashtirish uchun dastlab mexanizatsiyalashtirilgan so‘ngra avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish vositalari: universal metall kesish stanoklar; yarim avtomat va avtomat stanoklar; avtomatik liniyalar; avtomatlashtirilgan metall kesuvchi stanoklar va hozirgi zamon moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalarining paydo bo‘lishi va ishlab chiqarishda qo‘llanishi aynan yuqorida keltirilgan formuladagi T3 vaqtini qisqartirish talablari asosida vujudga kelgan.
Кeyinchalik elektron hisoblash mashinalari va informatsion texnologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi natajasida, murakkab TS ni yaratishda, ularning
«hayot» tsiklidagi T1 (ilmiy-tadqiqot ishlari) va T2 (Kompyuterli loyihalash ishlari) vaqtlarini kamaytirish orqali samaradorlikni oshirish muammolari yo‘lga qo‘yildi va
echila boshladi. Ilmiy tadqiqot jarayonlarini va Kompyuterli loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish sistemalari yuzaga kela boshladi va hozirgi paytda ular keskin rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Oliy o‘quv yurtlari talabalariga ular haqidagi fanlar ham o‘tila boshladi. Sistemali yondashish tamoyillariga asosan har qanday jarayonda, aynan Kompyuterli loyihalash jarayonida ham umuman olganda uchta operator - odamlar, texnik vositalar, tashqi muhit ishtirok etishi mumkin. Ularning ta’sirlari natijasida, Kompyuterli loyihalash jarayonida ilmiy tadqiqot jarayonidan olingan texnik takliflar ishlab chiqarish jarayoniga kerakli bo‘lgan ishchi hujjatlarga o‘zgartirib berildi. (2-rasm).

2-rasm. Kompyuterli loyihalash sistemasi modeli
2-rasmdan foydalanib, agar jarayonda birorta operator ishtirok etsa tegishli katakcha «+» ishorasini qo‘yib, ishtirok etmasa «-» ishorasini qo‘yib, quyidagi variantlar matritsasini tuzsa bo‘ladi.

Var./on

TM

Od

TV

Jarayon turlari

1

+

+

+

Avtomatlashtirilgan

2

+

-

+

Avtomatik

3

+

+

-

Qo‘l mehnati

4

+

-

-

Tabiiy

3-rasm. Kompyuterli loyihalash jarayonlari turlarini aniqlash masalasiga doir


Matritsani tuzishda bizlar tashqi muhitni jarayonlarda doimo ishtirok etadi deb
hisobladik. Ikkita operator qatnashishi yoki qatnashmasligi sababli 22=4 variant kelib chiqdi, variantlarga tegishli mumkin bo‘lgan jarayon jadvalning oxirgi ustunida keltirilgan. 3-rasmdan foydalanib o‘quvchilarning o‘zlari «avtomatlashtirilgan»,
«avtomatik» tushunchalarni va ular o‘rtasidagi o‘xshashik va farqlarni tushunib oladi deb o‘ylaymiz.
Yuqoridagi keltirilgan mulohazalarga ko‘ra mazkur fanning maqsadi, talablarni Kompyuterli loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish muammolarining, keyinchalik yo‘nalishlariga mos «Avtomatlashtirilgan Kompyuterli loyihalash sistemalari» fanini o‘zlashtirishda kerak bo‘ladigan matematik, fizik va ba’zi bir umumtexnik asoslari bilan tanishtirishdan iborat.
Bu fanni o‘rganuvchi talabalar «Informatika va hisoblash texnikasi» fanini o‘zlashtirgan bo‘lishlari shart.



Download 4.28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Download 4.28 Mb.