• Loyihalovchi nimtizimlar.
  • Xizmat ko‘rsatuvchi nimtizimlar.
  • 1-modul. Cad/cam/cae dasturlari




    Download 4.28 Mb.
    bet3/42
    Sana18.11.2022
    Hajmi4.28 Mb.
    #30809
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
    Bog'liq
    Maruza Kompyuterli loyihalash 2022-2023
    Mustaqil ish, Doc May 24 2022, 14-CAE tushunchasi, 4 kurs sirtqi.Kompyuterli loyihalash Mustaqil ish mavzular, Bilet-Жавоб, Bilet-Жавоб, 3 Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish, TEST SAVOLLARI 140621155032, Sanoat keramikasi, ya\'ni sanoat ishlab chiqarishi va sanoat mahs-fayllar.org, Технологический расчет, 7-Маъруза, 1685607730, Reja Sarf o’lchagichlar haqida umumiy malumot, 4-mavzu. Banklarda bosh va yordamchi kitoblar reja Hisob tsikli-fayllar.org
    Kompyuterli loyihalash - unifikatsiyalashgan modullardan maksimal foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan tizimdir. Yuqori effektivlik va universallik talablari, odatda, bir-biriga qarama-qarshidir. Loyihalash vazifalarini yechishda kam vaqt va materiallar sarf bo‘lishida ifodalanadigan kompyuterli loyihalashning yuqori samaradorligiga tizimlarning ixtisoslashtirilishi hisobiga erishiladi. Ixtisoslashtirilgan kompyuterli loyihalashni ishlab chiqishga ketadigan sarfni kamaytirish uchun ularni unifikatsiyalashgan tarkibiy qismlardan maksimal foydalangan holda tuzish maqsadga muvofiqdir. Unifikatsiyalashning zaruriy sharti - turli texnikaviy ob’yektlarni modellashda, tahlil va sintez qilishda umumiy holatlarni qidirishdadir.

    Kompyuterli loyihalash tarkibi va strukturasi


    Nimtizimlar kompyuterli loyihalashning tarkibiy strukturaviy qismi bo‘lib, loyihalovchi tashkilotning tashkiliy strukturasi bilan chambarchas bog‘lanadi; ularda ixtisoslashgan vositalar kompleksi yordamida kompyuterli loyihalashning funktsional tugal masalalar ketma-ketligi yechiladi.
    Vazifasi bo‘yicha nimtizimlarni loyihalovchi va xizmat ko‘rsatuvchilarga ajratishadi.
    Loyihalovchi nimtizimlar. Ular ob’yektga yo‘nalgan bo‘ladi va loyihalashning ma’lum bosqichini yoki o‘zaro bevosita bog‘langan loyihalash masalalarining bir guruhini amalga oshiradi.

    • Loyihalovchi nimtizimlarga misollar: buyumlarni eskiz loyihalash, korpus detallarini loyihalash, mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash.

    Xizmat ko‘rsatuvchi nimtizimlar. Bunday nimtizimlar umumiy tizimga ishlatiladi va loyihalovchi nimtizimlar o‘z funktsiyalarini bajarishda ularni qo‘llab- quvvatlashni hamda ularda olingan natijalarni shakllantirish, uzatish va chiqarishni ta’minlaydi.

    • Xizmat ko‘rsatuvchi nimtizimlarga misollar: avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki, hujjatlashtirish nimtizimlari, grafik kiritish-chiqarish nimtizimi.

    Kompyuterli loyihalashning tizimiy birligi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan modullarning mavjudligi hamda o‘zaro bog‘lanishni amalga oshiruvchi interfeyslar
    tizimi kompleksi bilan ta’minlanadi; modullar loyihalanadigan ob’yektni butunligicha belgilaydi. Loyihalovchi nimtizimlar ichidagi tizimiy birlik ushbu nimtizimda loyihaviy yechimi olinishi kerak bo‘lgan ob’yekt qismining yagona informatsion modeli mavjudligi bilan ta’minlanadi.
    Amaliy masalalarda loyihalanadigan ob’yekt modellarini shakllantirish va ulardan foydalanish avtomatlashtirilgan loyihalash tizim (yoki nimtizim)lari vositalari kompleksi (Kompyuterli loyihalash) bilan amalga oshiriladi.
    Kompyuterli loyihalash tizimining strukturaviy qismlari bo‘lib turli vositalar komplekslari hamda tashkiliy ta’minlash komponentlari xizmat qiladi. Vositalar kompleksi - Kompyuterli loyihalashning mos loyihalovchi va (yoki) xizmat ko‘rsatuvchi nimtizimlaridan foydalaniladigan, tirajlash uchun mo‘ljallangan va ma’lum klass (turkum) ob’yektlarini loyihalashga yo‘nalgan va (yoki) unifikatsiyalashgan protseduralarni bajarishga mo‘ljallangan komponentlar va (yoki) vositalar kompleksi majmuidir.
    Vositalar kompleksi tayyorlanadigan, tirajlanadigan va Kompyuterli loyihalash tarkibida qo‘llaniladigan sanoat buyumlariga kiradi va spetsifikatsiyalanadigan buyumlar kabi hujjatlantiriladi.
    Kompyuterli loyihalash vositalari kompleksi va komponentlarining turlari 1- rasm). Vositalar kompleksini ikki turga: bir turdagi ta’minlash vositalari kompleksiga (texnikaviy, dasturaviy, informatsion) va kombinatsiyalashgan vositalar kompleksiga ajratishadi.
    Bir turdagi ta’minot vositalari komplekslari bir turdagi ta’minlash komplekslaridan va (yoki) komponentlaridan tarkib topadi; kombinatsiyalashgan vositalar komplekslari esa - har xil turdagi ta’minlash komplekslari va komponentlari majmuidan tashkil bo‘ladi. Vazifasi ishlab-chiqarish- texnikaviy bo‘lgan mahsulotlarga taalluqli kombinatsiyalashgan kompyuterli loyihalash ikki turga bo‘linadi:

    • dasturaviy-metodik kompleks (DMK);

    • dasturaviy-texnikaviy kompleks (DTK).

    Dasturavi y metodik kompleks loyihalash ob’yekti (ob’yektning bir yoki bir necha qismi yoki bir butun ob’yekt) bo‘yicha tugal loyiha yechimini olish yoki unifikatsiyalashgan protseduralarni bajarish uchun zarur bo‘lgan dasturaviy, informatsion va metodik ta’minotlar (matematik va lingvistik ta’minotlar komponentlari bilan birga) komponentlarining o‘zaro bog‘langan majmuidan iborat.


    1-rasm. Kompyuterli loyihalash vositalari kompleksi va komponentlarining turlari


    Vazifasi bo‘yicha DMKlar u m u m t i z i m i y DMKlarga va b a z a v i y DMKlarga bo‘linadi; bazaviy DMKlar o‘z navbatida muammoga yo‘nalgan va ob’yektga yo‘nalgan DMKlarga bo‘linadi.

    Download 4.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




    Download 4.28 Mb.