1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/176
Sana01.02.2024
Hajmi4,78 Mb.
#149833
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   176
Bog'liq
Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

37-rasm. 
Biosfera chegaralari.


138
Stratosferadan so‘ng mezosfera (80 km balandlikkacha), termosfera – 
ionosfera (80 km dan 800 km gacha) va ekzosfera (800 km dan baland) 
joylashgan bo‘lib, gazlar konsentratsiyasining pastligi va beqaror harorat 
bilan farqlanadi. Mezosferada –90°C gacha sovuq, termosferada esa
+1000 dan +2000°C gacha issiq. 
Gidrosfera – Yerning suvli qobig‘i bo‘lib, u sayyoramizdagi barcha suv 
zaxiralarini o‘zida mujassamlashtirgan va Yer yuzasining 70% ini egallaydi. 
Yer yuzidagi barcha suvlarning 96,4% ini dunyo okeani, 3% dan ko‘prog‘ini 
yerusti va yerosti chuchuk suv havzalari tashkil etadi. Chuchuk suvning 
2/3 qismi Arktika, Antarktida, shuningdek, turli qit’alarning tog‘ cho‘qqilari 
muzliklarida to‘plangan.
Gidrosferaning barcha qatlamlarida hayot mavjud. V.I.Vernadskiy bios-
fera chegarasini okean tubidan sal pastroqdan o‘tkazgan, chunki okean 
tubi tirik organizmlar hayot faoliyati natijasidir. Plankton, nekton, bentos 
organizmlaridan tashkil topgan organizmlar jamoalari 10 km chuqurlikkacha 
tarqalgan. Dunyo okeanining eng chuqur joyi Tinch okeanidagi Mariana 
botig‘i (11 km) hisoblanadi.
O‘simliklar va o‘simliklar bilan oziqlanadigan hayvonlar okeanning 
yuqori qatlamlarida – 300 m gacha bo‘lgan chuqurlikda yashaydi. Bu esa 
avtotrof organizmlar uchun zarur yorug‘likning yetarli miqdorda suv orqali 
o‘tishi bilan bog‘liq. 
Suv muhitida hayvon turlari son jihatdan o‘simliklarga nisbatan ko‘p. 
O‘simliklar suv muhitining yorug‘lik yetib boradigan qismlarida tarqalgan. 
Biosferada gidrosfera muhum o‘rin tutadi, u Yerda hayotning barqarorligini 
ta’minlovchi asosiy manba sanaladi. Iqlim sharoitining mo‘tadilligi va 
suvning davriy aylanishini ta’minlaydi. 
Litosfera – Yerning qattiq qobig‘i. Tirik organizm turlarining ko‘pchiligi 
litosferaning bir necha o‘n santimetr chuqurlikdagi yuqori qatlamida yashaydi. 
Ayrim turlar esa bir necha o‘n metr chuqurlikkacha kirib borishlari mumkin 
(krot, chuvalchanglar, bakteriyalar, o‘simliklarning ildizlari). Litosferaning 
ayrim bakteriyalar topilgan eng chuqur qismi (yerosti suvlarida va neft 
quduqlarida) 3–4 km ni tashkil etadi.
Litosferada hayot chuqurlik ortgan sari kamayib boradi. Litosferada 
yorug‘likning kamligi, yuqori darajadagi harorat va zichlikning kattaligi tirik 
organizmlarning hayotini cheklovchi omil sanaladi. Har 100 m chuqurlikda 
harorat +3°С ga ortadi. Chuqurlik ortgan sari harorat ko‘tarilib boradi va 


139
+100°C da suv bug‘ga aylanadi. Shuning uchun litosferada tirik organizmlar 
tarqalishining quyi chegarasi uch kilometr chuqurlikda, harorat +100°C ga 
yetgan joy bilan belgilanadi. Litosferaning yuqori qatlamida tuproq hosil 
bo‘ladi. Litosferadagi tirik organizmlarning ko‘pchiligi aynan tuproqda 
yashaydi. 
Shunday qilib, tirik organizmlarning ancha qismi atmosfera va litosfera, 
atmosfera va gidrosfera chegaralarida yashab, sayyoramizning «hayot 
qobig‘i»ni hosil qiladi.

Download 4,78 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   176




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish