• O‘z fikringizni bayon eting. Tirik organizmlarning biosferada tarqalish chegaralarini va cheklovchi omillarini sxemada ifodalang. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
  • Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
  • Biosferaning tirik moddasi.
  • Qattiq moddalar
  • Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet110/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: biosfera chegarasi, atmo-
    s fera, litosfera, gidrosfera, parnik gazlari, troposfera, stratosfera, ozon qatla mi
    mezosfera, termosfera, ionosfera, ekzosfera.
    Bilimlaringizni qo‘llang. 
    1. Tirik organizmlarning atmosfera, gidrosfera, litosferada tarqalish chegaralarini 
    ayting?
    2. Yerning geologik qobiqlarida tirik organizmlar tarqalishi qanday omillar 
    bilan belgilanadi?
    3. Tirik organizmlar Yerning qaysi qobig‘ida ko‘p uchraydi? Buning sabablarini 
    tushuntiring?
    4. Nima uchun tirik organizmlar geologik qobiqlarda notekis tarqalgan?
    O‘z fikringizni bayon eting.
    Tirik organizmlarning biosferada tarqalish chegaralarini va cheklovchi omillarini 
    sxemada ifodalang.
    Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
    Jadvalni to‘ldiring.
    Yer qobiqlari
    Ta’rifi 
    Tarkibi 
    Biosfera uchun ahamiyati
    Atmosfera
    Litosfera
    Gidrosfera
    26-§. BIOSFERANING TARKIBI
    Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
    Yerning geologik qobiqlarida 
    tirik organizmlarning tarqalish qonuniyatlarini eslang. Ekotizimlarni 
    tashkil etuvchi komponentlarni aytib bering.
    Biosfera tarkibiga kiradigan moddalar tasnifi. Biosfera bir-biri bilan 
    chambarchas bog‘liq bo‘lgan xilma-xil komponentlardan tarkib topgan ulkan 


    140
    biosistemadir. V.I.Vernadskiy biosferani tashkil etuvchi komponentlarni 
    kelib chiqishiga ko‘ra guruhlarga ajratishni taklif etdi va yettita bir-biridan 
    farqli, lekin o‘zaro bog‘liq guruhlarni aniqladi.
    Biosferaning tirik moddasi. Bu atamani fanga V.I.Vernadskiy kiritgan. 
    Tirik modda biosferada tarqalgan barcha tirik organizmlar: produtsentlar, 
    konsumentlar, redutsentlar yig‘indisidir. V.I.Vernadskiy tirik modda haqida 
    quyidagi fikrlarni bildirgan: «Yer yuzida, pirovard natijaga olib keladigan 
    oqibatlari jihatidan, tirik organizmlardan ko‘ra qudratliroq kuch yo‘qdir». 
    Tirik modda o‘sish, ko‘payish, harakatlanish, Yer yuzi bo‘ylab tarqalish
    oziq va yashash joyi uchun kurash, tana shakli, o‘lchami, kimyoviy 
    tarkibining xilma-xilligi kabi xususiyatlarga ega. V.I Vernadskiy Yerning 
    paydo bo‘lishidan ko‘p o‘tmay hayot paydo bo‘lgan va u sayyoramizning 
    qiyofasini o‘zgartiruvchi asosiy omillardan biri bo‘lgan, deb ta’kidlaydi (38-
    rasm).
    Qattiq moddalar
    – Yerda hayot paydo bo‘lishidan avval, tirik 
    organizmlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda hosil bo‘lgan tog‘ jinslari. 
    Qattiq moddalarga minerallar (olmos, zumrad, kvars) va tog‘ jinslari 
    (granit, marmar) misol bo‘ladi. Bu moddalarning hosil bo‘lishi tog‘larning 
    yemirilishi, vulqonlarning otilishi bilan bog‘liq (39-rasm). 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish