• Quruqlik organizmlari
  • Energetik funksiya
  • Konsentratsiyalash funksiyasi
  • Tirik moddaning funksiyalari




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet113/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    Tirik moddaning funksiyalari. V.I.Vernadskiy tirik modda biosferani 
    o‘zgarti ruvchi kuch sifatida asosiy rol bajaradi, deb hisoblaydi. U o‘zining 
    42-
    rasm.
    Biosferada tirik organizmlarning tarqalishi.
    22000
    8000
    4000
    100
    0
    1
    1000
    Chuqurlik, m
    GIDROSFERA
    ATMOSFERA
    Ozon ekrani
    Quruqlik organizmlari
    Balandlik, m
    LITOSFERA
    G‘orlarda yashovchi 
    organizmlar
    Yerosti suvlaridagi 
    mikroorganizmlar
    Tuproqda yashovchi 
    organizmlar
    100
    10


    144
    mashhur «Biosfera» asarida tirik moddaning funksiyalarini ko‘rib chiqadi.
    Hozirgi vaqtda biosferaning quyidagi funksiyalari farqlanadi.
    Energetik funksiya tirik organizmlarning quyosh energiyasini o‘zlashtirib, 
    uni organik moddalarning kimyoviy bog‘lar energiyasiga aylantirishi va oziq 
    zanjiri bo‘ylab o‘tkazishida namoyon bo‘ladi. Tirik modda Yer va koinotni 
    fotosintez jarayoni orqali bog‘laydi. Energetik funksiya tufayli ekotizimlarda 
    yo‘qotilgan energiya o‘rnining qoplanishi va biosferada hayot davomiyligi 
    ta’minlanadi. Tirik moddada to‘plangan energiya hisobiga Yer yuzidagi barcha 
    hayotiy jarayonlar amalga oshiriladi. Energiya qisman issiqlik ko‘rinishida tar-
    qal sa, qisman qazilma ko‘rinishida to‘planadi (torf, neft, toshko‘mir va h.k).
    Konsentratsiyalash funksiyasi tirik organizmlarning hayotiy jarayon-
    larida ayrim moddalarni to‘plash xususiyatida namoyon bo‘ladi. Bu funksiya 
    tufayli tirik organizmlar tashqi muhitdan biogen elementlarni o‘zlashtiradi 
    va to‘playdi. Tirik modda tarkibida vodorod, uglerod, azot, kislorod, natriy, 
    magniy, kremniy, oltingugurt, xlor, kaliy, kalsiy miqdori anorganik tabiatga 
    nisbatan yuqori bo‘ladi. Tirik organizmlarda uglerod miqdori ko‘p. Metallar 
    orasida miqdori jihatdan kalsiy birinchi o‘rinni egallaydi. Ohaktosh konlari 
    hayvonlarning ohakdan iborat skeleti qoldiqlari hisoblanadi. Bulutlar, diatom 
    suvo‘tlar, nursimonlar kremniy to‘playdi, qo‘ng‘ir suvo‘tlarda yod, umurtqali 
    hayvonlar skeletida esa fosfor ko‘p miqdorda to‘planadi. 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish